Maktabgacha va


Download 6.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/159
Sana12.09.2023
Hajmi6.45 Mb.
#1676196
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   159
Bog'liq
7-sinf Informatika AT fani

52
1-mashg‘ulot
Oʻqituvchingiz bergan Zoo_Advert.pptx va Zoo_Design_ Specification.docx 
hujjatlarini oching. Loyiha xususiyati taqdimot koʻrinishining toʻliq dizayni 
hisoblanadi, lekin ushbu taqdimot toʻliq emas. Kontent har bir slaydga qoʻshilgan. 
Demak, endi multimedia elementlarini kiritishingiz kerak.
2-mashg‘ulot
Loyiha xususiyatidan foydalanib har bir slaydga muvofiq oʻtish effektlarini 
qoʻshing. Oʻzingiz yoqtirgan vaqt sozlamalarini kiritib, taqdimotga moslang.
3-mashg‘ulot
Loyiha xususiyatidan foydalanib har bir slaydga muvofiq animatsiya qoʻshing. 
Oʻzingiz yoqtirgan vaqt sozlamalarini qoʻshib, taqdimotga moslang.
4-mashg‘ulot
Tanlagan oʻtish va animatsiya effektlaringiz tegishli auditoriyaga mosligi va 
taqdimotni yanada jozibali koʻrsatishini sherigingiz bilan muhokama qiling.
@edurtm_uz


53
Multimediadan maqsadli foydalanish
1-masala
Multimedia taqdimotlari bilan bogʻliq koʻplab qoʻshimcha koʻnikmalar bor. Siz ushbu 
boʻlimda yana uchta muhim koʻnikmalar: Slide Master yordamida taqdimot yaratish, 
slaydlarga ovozli nutq faylini qoʻshish va slayd-shou sozlamalaridan foydalanish haqida 
bilib olasiz.
Slide Master orqali taqdimot yaratish
Slide Master — taqdimot shabloni boʻlib, har bir slayd uchun ishlatiladigan dizayn 
va format sozlamalarini yaxshilash imkonini beradi. U orqali har safar yaratilayotgan 
taqdimotga yangi slayd qoʻshganda maket va format sozlamalarini qayta sozlash shart 
emas. Agar Slide Masterdan foydalanilsa, sozlamalar avtomatik tarzda qayta qoʻllanadi. 
Taqdimotda turli maketlar va formatlardan bir necha marta foydalanish uchun bir 
nechta asosiy slayd yaratsa boʻladi.
Bu vazifa 
View
menyusidagi 
Slide Master
tugmasi orqali amalga oshiriladi. 
View menyusidan 
Slide Master
buyrugʻi topiladi. Bu yerda master slaydga tegishli 
koʻplab buyruqlar bor. Bundan tashqari, ekranning chap tomoni boʻylab qator slayd 
shablonlari chiqadi. Bu shablonlarni sozlash yoki yangisini yaratish mumkin. Odatda 
tayyor berilgan shablonlarni sozlash osonroq.

Download 6.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling