Maktabgacha va


Duration maydoniga istalgan vaqt  kiritiladi. Kirish va chiqish animatsiyalari uchun mos vaqt 0.5–1 soniya orasida boʻladi.  Ajratib ko‘rsatish


Download 6.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/159
Sana12.09.2023
Hajmi6.45 Mb.
#1676196
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   159
Bog'liq
7-sinf Informatika AT fani

Duration maydoniga istalgan vaqt 
kiritiladi. Kirish va chiqish animatsiyalari uchun mos vaqt 0.5–1 soniya orasida boʻladi. 
Ajratib ko‘rsatish animatsiyasi uchun kontentni tushuntirishga yordam beradigan 
vaqtni toʻgʻri tanlash kerak. Bu tinglovchilar e’tiborini qancha vaqtgacha kontentga 
qaratish rejalashtirilganiga bogʻliq.
Taqdimot kontentiga qoʻyilgan barcha animatsiyalarning aniq koʻrinishini tomosha qilish 
uchun animatsiya oynasi ochiladi. 
Bu vazifani bajarish uchun 
Animation Pane
tugmasi bosiladi. U ekranning oʻng 
tomonida ochiladi. Unda animatsiya uchun moʻljallangan barcha kontent roʻyxati, 
shuningdek, animatsiyalar tartibi koʻrsatiladi. Qanday animatsiyalar oʻrnatilganini 
koʻrish uchun kontentning har bir elementi bosilsa kifoya.
@edurtm_uz


50
Auditoriya va maqsadni bilish
Taqdimotni yaratishda auditoriya va maqsad diqqat markazida boʻlishi kerak. 
Taqdimotning auditoriyasi va maqsadiga qarab kontentning tarkibi va stili (masalan, 
oʻtish va vaqt kabi) boʻyicha tegishli qaror qabul qilishni unutmaslik kerak. 
5.1-mashg‘ulot
My_Favourite_Things_v3.pptx nomli taqdimot hujjatini oching. Keyin quyidagilarni 
bajaring:
1. Sarlavhangiz birinchi slaydda paydo boʻlishi uchun Float in animatsiyasini 
qoʻshing.
2. Sarlavhani ekranning yuqorisidan Float in qilib oʻrnating.
3. Animatsiya davomiyligini 1 soniyaga sozlang.
4. Animatsiyani sichqoncha bilan bosilganda ishga tushadigan qiling.
5.2-mashg‘ulot
Design_Favourite_Things_v1.docx loyiha hujjatini oching. Animatsiyani moslash 
uchun vaqt va boshqa sozlamalarni kiriting.
5.3-mashg‘ulot
My_Favourite_Things_v3.pptx nomli taqdimot hujjatini oching. Yaratgan 
taqdimotingizga vaqt va moslashtirishlarni kiriting.
5.4-mashg‘ulot
Sherigingiz bilan taqdimotga qoʻshgan animatsiyalaringiz va ularning har birini 
qanday sozlaganingiz haqida fikr almashing. Qaysi animatsiyalarni tanlaganingizni 
izohlang.
Animatsiyalar joylashtirilgan tartib notoʻgʻri deb hisoblansa, animatsiya oynasi 
yordamida osongina tahrirlash mumkin. Notoʻgʻri joylashgan kontent tanlanadi. Keyin 
uni toʻgʻri joyga koʻchirish uchun 

Download 6.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling