Maktabgacha va


Download 6.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/159
Sana12.09.2023
Hajmi6.45 Mb.
#1676196
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159
Bog'liq
7-sinf Informatika AT fani

44
3.1-mashg‘ulot
My_Favourite_Things_v1.pptx taqdimot hujjatini oching. Birinchi slaydga oʻtish 
vaqtini tajriba uchun sozlab, 0.5 soniyani, 1 soniyani, 1.5 soniyani kiriting. Qaysi 
birini yaxshi deb hisoblasangiz, shuni tanlang.
3.2-mashg‘ulot
Design_Favourite_Things_v1.docx nomli loyiha hujjatini tanlang. Slayd oʻtishlariga 
vaqt qoʻshing.
3.3-mashg‘ulot
My_Favourite_Things_v1.pptx nomli taqdimot hujjatini yana oching. U yerdagi har 
bir slaydga oʻtish effektlarini qoʻshing.
Slaydlar avtomatik tarzda keyingisiga oʻtishi uchun har bir slayd namoyishiga vaqt 
kiritiladi. Auditoriya taqdimotni oʻqib, tushunishiga ketadigan vaqtni aniqlab olish 
kerak. Buning uchun har bir slayddagi matnni oʻqib, qancha vaqt sarflanganini 
hisoblash kerak. Keyin esa shu vaqt oraligʻi, masalan, 30 soniya qiymati 
After 
maydoniga kiritiladi. 
Har bir slayd oʻtishiga tovush effektlarini ham qoʻshsa boʻladi. Lekin tovush effektlari 
auditoriyani chalgʻitishi mumkin. Shuning uchun tovushni ehtiyotkorlik bilan tanlash 
kerak. Har bir slayd oʻtishida tovush qoʻshilishi shart emas. Lekin vaqti-vaqti bilan, 
oʻrinli ishlatish yaxshi natija keltiradi. Masalan, keyingi slaydda qiziqarli narsani 
namoyish qilish uchun baraban guldurosi tovushi auditoriya e’tiborini tortishga yordam 
beradi.
Slayd oʻtish effektiga tovushni qoʻshish uchun 
Sound maydonining oxiridagi strelka 
belgisi bosiladi. Tovush variantlari menyusi ochiladi.
@edurtm_uz


45
Multimediadan maqsadli foydalanish
Animatsiya effektini qo‘shish
Animatsiya effektini slayd kontentidagi rasm, tasvir va boshqa istalgan elementga 
qoʻshish mumkin. Animatsiya taqdimot qiziqarliroq chiqishini ta’minlaydi. Odatdagi 
(oʻrtacha) taqdimot zerikarli boʻladi. Shuning uchun auditoriya e’tiborini tortuvchi 
elementlar taqdimotni yanada maroqli qiladi.
Taqdimotda animatsiyalardan e’tibor bilan foydalanish zarurligini yodda tutish kerak. 
Masalan, butun slaydni jimirlaydigan (chalgʻituvchi) kontent bilan toʻldirish qiziqarli 
tuyulishi mumkin, ammo tomoshabinlarni mazmunni qabul qilishdan chalgʻitadi, xayolini 
olib qochadi. Animatsiyalar auditoriya taqdimot mazmunini anglashiga toʻsiq boʻlmasin va 
noqulaylik tugʻdirmasin.
3.4-mashg‘ulot
Taqdimotni toʻliq avtomatlashtiring. Keyingi slaydga oʻtish uchun sichqoncha 
tugmasini bosish talab etilmasin, har bir slayd 30 soniya ekranda turgach, 
keyingisiga almashsin.
3.5-mashg‘ulot
Birinchi taqdimotingizga baraban effektini qoʻshing. Qoʻshilgan tovushni loyiha 
rejangizga ham kiritishni unutmang.
Taqdimotni My_Favourite_Things_v2.pptx nomi bilan saqlang.

Download 6.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling