61
Multimediadan maqsadli
foydalanish
O‘ylab ko‘ring
Quyidagi savollarning javobini daftaringizga yozing.
1. Nima uchun auditoriya va maqsad taqdimot yaratishda eng muhim omil sanaladi?
Taqdimotda
barcha narsa
toʻgʻri qoʻshilganiga
ishonch hosil
qilish uchun
uni toʻgʻridan-
toʻgʻri loyiha
xususiyatlari fayli
bilan taqqoslash
mumkin.
Shuningdek,
barcha linklar, slayd
oʻtish effektlari va
animatsiyalarni oʻz
ichiga olgan sinov
jadvalini yaratish
orqali sinab koʻrish
mumkin.
Maslahat
Sizning taqdimotingiz:
• avvaldan belgilangan maqsadlar va auditoriyaga mos kontentni oʻz ichiga
olgan boʻlishi;
• toʻliq avtomatlashgan boʻlishi;
• shuningdek, taqdimotdagi barcha slaydlarda menyu slaydiga qayta
yoʻnaltiruvchi link boʻlishi kerak.
2-mashg‘ulot
Taqdimotingiz kontenti haqida qaror qabul qiling va uning loyiha xususiyatlarini
ishlab chiqing. Slayd oʻtish effektlari va animatsiyalar, shu jumladan, ularning
barcha triggerlari va vaqtlarini rejangizga kiriting.
3-mashg‘ulot
Taqdimot loyihasi asosida multimediali taqdimot yarating. Kelgusida yangi
taqdimot tayyorlash va qoʻshimcha slaydlar qoʻshishni osonlashtirish maqsadida
master slayd yaratib, sinovdan oʻtkazing.
4-mashg‘ulot
Hayvonot bogʻi direktoriga taqdimotingiz boʻyicha hisobot yozing. Unda
taqdimotni yaratishda foydalangan tanlovingiz, uning auditoriya uchun mosligi va
maqsadga muvofiqligini izohlang. Hisobotda taqdimot kontenti, formati, slaydlar
oʻtishi va animatsiyalar haqida ham soʻz yuriting.
5-mashg‘ulot
Taqdimotga ovozli nutq yozish uskunasidan foydalangan holda egallagan
koʻnikmalaringizni sinab koʻring.
@edurtm_uz