Maktabgacha va


• elektron jadvalda grafik tuzish. Kirish


Download 6.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/159
Sana12.09.2023
Hajmi6.45 Mb.
#1676196
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   159
Bog'liq
7-sinf Informatika AT fani

• elektron jadvalda grafik tuzish.
Kirish
Elektron jadval — ma’lumotlarni saqlashning tizimli usuli. Hisoblash amallarini bajarish 
uchun elektron jadvalga 
formulalar kiritiladi. Elektron jadvaldan grafik yaratishda ham 
foydalanish mumkin. Modul ko‘nikmalarini egallash jarayonida 
loyiha koʻrsatmalariga 
tayanib yangi elektron jadval yaratish, xususan, ko‘rsatmadagi loyihadan foydalanish 
va uning ishlashini 
baholashni o‘rganasiz. Va nihoyat, elektron jadvalni birlamchi 
loyihangizga qarab baholaysiz.
Elektron jadval ma’lumotlarni 
modellashtirish maqsadida ham qo‘llanadi. Ya’ni 
jadvaldagi ma’lumotlarni o‘zgartirish orqali muayyan harakatni bajarmay turib, 
natijasidan xabardor bo‘lasiz. Bu “modellashtirish” deyiladi.
Ma’lumotlar: 
elektron jadvalda 
saqlanadigan va 
hisob-kitoblarni 
amalga oshirishda 
ishlatiladigan 
ma’lumotlar.
Formula: 
kompyuterga 
ma’lumotlar bilan 
nima ishlar qilish 
kerakligini aytib 
beradigan qoida. 
U belgilar yoki 
so‘zlardan iborat 
bo‘ladi. Masalan, 
“+” yoki “–”, yoki 
SUM funksiyasi. 
Formulalar har 
doim = belgisi bilan 
boshlanadi. Misol 
uchun: =10+2 va 
=SUM(A1:B1).
Formulalar: bir 
necha formula bor 
ekanini anglatadi. 
Loyiha 
koʻrsatmalari: 
muayyan bir tizim 
tavsifi. Loyiha 
ko‘rsatmalari tizim 
loyihasini yaratish 
uchun ishlatiladi.
Tekshirish: 
tizimdagi turli 
ma‘lumotlarni sinab 
ko‘rib, ishlashiga 
ishonch hosil qilish.
Model: natijani 
oldindan 
ko‘rish uchun 
ma’lumotlarni 
o‘zgartirish imkonini 
beruvchi tizim.
Tizim loyihasi: 
tizimning vazifalari 
va ish usuli aks 
etgan reja.
Kalit soʻzlar
1-amaliy koʻnikma
Elektron jadvalni loyihalash
Elektron jadval tuzishni boshlashdan oldin uning maqsadi va ishlash usulini aniqlab 
olish kerak. Bu jarayon tizimni loyihalashtirish deb ataladi. Tizimni loyihalash natijasida 
tizim loyihasi ishlab chiqiladi.
Elektron jadvalni rejalashtirish uchun birinchi navbatda 
ssenariy kerak bo‘ladi. 
Tasavvur qiling, siz hozirgina yangi o‘yin konsoli haqida maqola o‘qidingiz. Shu 
konsolni sotib olish uchun kerakli summani to‘plashga qancha vaqt ketishini 
hisoblashda sizga elektron jadval qo‘l keladi. O‘quvchilar har hafta belgilangan 
miqdorda cho‘ntak puli oladi. 
@edurtm_uz


65
Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
Ssenariy: biror 
vaziyatning tavsifi, 
masalan, elektron 
jadval nima 
qilishini tavsiflash.
Maqsad: erishish, 
amalga oshirish 
rejalashtirilgan 
narsa, vazifa, 
muddao.
Kalit soʻzlar
1.1-mashgʻulot
Ultimate League kompyuter o‘yinlari musobaqasi bo‘lib, odamlar unda ishtirok 
etish uchun pul to‘laydi.
G‘oliblarga pul mukofoti beriladi (1-o‘rin uchun 1 000 000 so‘m, 2-o‘rin uchun
500 000 so‘m, 3-o‘rin uchun 200 000 so‘m).
O‘tgan yili Ultimate League musobaqasida 280 kishi qatnashdi. Tashkilotchi 
kompaniya hech bo‘lmaganda musobaqa xarajatlari qoplanishi (ya’ni qancha 
pul sarflansa, shuncha pul ishlanishi)ga ishonch hosil qilish maqsadida har bir 
ishtirokchidan qancha miqdorda kirish haqi olinishi kerakligini aniqlamoqchi.
Ushbu elektron jadvalning maqsadlarini yozing.
1.2-mashgʻulot
Elektron jadvalga kiritilishi va hisoblanishi kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar 
ro‘yxatini yozing.
1.3-mashgʻulot
Elektron jadvalni to‘ldirishda foydalanish uchun formulalarni yozing.
Agar bu tushunchalarni yaxshi bilmasangiz, tashvishlanmang. Tizimingizni 
yaratish jarayonida loyiha rivojlanaveradi. Hammasini boshidanoq bilmaslik – 
tabiiy holat.
+ qo‘shish belgisi
– ayirish belgisi 
/ bo‘lish belgisi 
* ko‘paytirish 
belgisi 
Maslahat
Ushbu moduldagi har bir ko‘nikma misollari qancha muddatda o‘yin konsoli sotib olish 
uchun yetarli mablag‘ to‘plashni hisoblab beruvchi elektron jadval tuzishni ko‘rsatib 
beradi. Ish uslubini tushunish uchun ko‘rsatmalarni o‘rganib chiqish talab qilinadi.
Shuningdek, har bir ko‘nikma bo‘yicha mashg‘ulotlarda Ultimate League nomli 
kompyuter o‘yini musobaqasi uchun yangi elektron jadval yaratiladi. 
Maqsadlar
Har hafta beriladigan cho‘ntak puli miqdori qayd qilinadi. Keyin o‘yin konsoli narxi 
yoziladi. O‘yin konsolini sotib olish uchun qancha muddat pul tejash kerakligi 
hisoblanadi.

Download 6.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling