Maktabgacha va


Download 6.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/159
Sana12.09.2023
Hajmi6.45 Mb.
#1676196
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   159
Bog'liq
7-sinf Informatika AT fani

Decrease 
decimals 
tugmasi 
bosiladi. 
Maslahat
3.1-mashgʻulot
Oldinroq kerak bo‘ladi deb o‘ylagan formulalaringizni qayta ko‘rib chiqing — 
ulardan birortasini o‘zgartirish kerakmi? Siz kiritmagan birorta formula bormi? 
Ushbu o‘zgarishlar va yangi formulalarni aniqlang.
3.2-mashgʻulot
Ultimate League
 nomli elektron jadvalingizni oching.
Umumiy sovrin qiymatini hisoblash uchun quyidagi formulani kiriting: birinchi 
sovrin + ikkinchi sovrin + uchinchi sovrin.
Kerakli haftalar soni o‘yin konsoli narxining haftalik tejaladigan mablag‘ miqdoriga 
bo‘lish orqali hosil qilinadi: = F3/B5
@edurtm_uz


71
Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
Elektron jadvalni sinovdan oʻtkazish
Elektron jadval yoki biror tizimni yaratishda uning ishlashiga ishonch hosil qilish 
kerak. Agar tizim ishlamasa, berilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Noto‘g‘ri 
ma’lumotlardan foydalanish noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga olib keladi.
Formulalardan foydalanishda ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani, ya’ni to‘g‘ri natijani 
chiqarib berayotgani tekshiriladi. Tizimni tekshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
• 1-bosqich: nima tekshirilmoqchi ekani aniqlanadi. Masalan, qaysi formula sinab 
ko‘riladi. 
• 2-bosqich: Ularni qanday tekshirish aniqlanadi. 
Buning quyidagi usullari mavjud:
• natija to‘g‘riligini boshqa usul bilan aniqlash orqali tekshirish (masalan, 
kalkulyatordan foydalanib);
• natija ham o‘zgarishiga ishonch hosil qilish uchun formulada ishlatilgan qiymatlarni 
o‘zgartirish.
Agar 2-bosqich natijalari formulalar to‘g‘ri ishlayotganini ko‘rsatsa, bu juda yaxshi – 
barakalla!
Agar 2-bosqich natijalari xato mavjudligini ko‘rsatsa, bu ham yaxshi! Endi formulalarga 
nima bo‘lganini aniqlab, keyin o‘sha muammo bartaraf etilsa bas. 
Agar sizda umumiy sovrin qiymatini hisoblash uchun yorliq mavjud bo‘lmasa, uni 
yarating.
3.3-mashgʻulot
Ultimate League nomli elektron jadvalga umumiy daromadni hisoblash uchun 
quyidagi formulani kiriting: ishtirokchilar soni * ishtirok etish narxi.
3.4-mashgʻulot
Ultimate League nomli elektron jadvalida ishlab topilgan foydani hisoblash uchun 
quyidagi formulani kiriting: daromad – umumiy sovrin miqdori. 
Bu uchta katak 
bir-birining yonida 
joylashgan. 
Shuning uchun 
SUM funksiyasidan 
foydalanish 
mumkin.

Download 6.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling