Onlayn
int.
Online
internetga ulanganlik holati;
elektron pochta serveriga ulanganlik holati.
Onlayn munosabatlar
mad.
Online relationship
internet orqali turli muloqot resurslarida uchrashgan
va ko‘p hollarda bir-birini faqat internet orqali
taniydigan insonlar o‘rtasidagi munosabatlar.
Onlayn protsessing
int.
Online processing
foydalanuvchiga asosiy kompyuter bilan bevosita
aloqada bo‘lish imkonini yaratuvchi ishlov berish usuli;
kirish va chiqish maʼlumotlarini darhol qayta
ishlaydigan operatsion tizim.
Onlayn xavfsizlik
xavf.
Online safety
internetda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
Onlayn yuborish
int.
Online send
elektron pochta akkauntiga ulangan holda elektron
xatni yozilgan vaqtning o‘zidayoq jo‘natish.
Operator
Operator
ikkita qiymat yoki o‘zgaruvchilar orasida
foydalaniladigan buyruq.
Operatsion tizim (OT)
Operating system
kompyuter va boshqa hisoblash qurilmalarini
boshqaruvchi tizim;
kompyuterning qurilma va dasturlarini boshqarib,
interfeysni tashqi foydalanuvchi bilan bog‘laydigan
dasturiy taʼminotlar to‘plami.
Operatsiya
Operation (computer)
berilgan vazifani bajarish uchun amalga oshiriladigan
harakat.
Optik disk
Optical disk
katta hajmdagi maʼlumotlardan bevosita foydalanish
imkonini beruvchi maʼlumot saqlash qurilmasi.
Maʼlumotlar magnitli muhitda emas, balki lazer
yordamida saqlanadi va o‘qiladi.
Optik maʼlumot tashuvchi
Optical storage media
maʼlumotlarni CD, DVD, BluRay kabi optik diskda
saqlaydigan vosita.
Optik tola
tar.
Fibre optic
maʼlumotlarni yorug‘lik sifatida uzatadigan kabel turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |