74
Modellashtirish
Elektron jadval formulalar yordamida ba’zi ma’lumotlarni (kiritilgan raqamlarni)
o‘zgartirish va yana nimalar o‘zgarishini ko‘rsatadi. Bu “modellashtirish” deyiladi.
O‘yinlar konsoli (Games Console) elektron jadvali ochiladi.
Modellashtirish 1: ma’lumotlarni oʻzgartirish va nima boʻlishini kuzatish
Agar hafta davomida umuman pul sarflanmasa va barcha cho‘ntak puli tejalsa, nima
bo‘ladi?
Buni sinab ko‘rish uchun haftalik xarajat 0 ga o‘zgartiriladi. Keyin haftalar soni
o‘zgargan yoki o‘zgarmagani tekshiriladi.
Avval:
Haftalik xarajat = 3500 so‘m
Haftalar soni = 123
4.4-mashgʻulot
4.3-mashgʻulotda kiritilgan qiymatlarning har biri uchun kutilgan natijalarni
yozing.
Javobni oldindan aniqlab oling (kerak bo‘lsa, kalkulyatordan foydalaning).
4.5-mashgʻulot
Elektron jadvalga qiymatlarni kiriting. Kutgan javobingizni oldingizmi yoki yo‘qmi
– qayd qiling.
Agar kutgan javobingiz chiqqan bo‘lsa, juda yaxshi. Kutgan javobingiz chiqmasa,
bu ham muammo emas. Bu siz elektron jadvalni qayta ko‘rib chiqishingiz va
xatolarni aniqlab olishingiz kerakligini anglatadi. Agar buni uddalay olmasangiz,
o‘qituvchingizdan yordam so‘rang.
Do'stlaringiz bilan baham: