Maktabgacha va
Download 6.45 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Informatika AT fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2-mashgʻulot Ultimate League
- 3.3-mashgʻulot
Decrease
decimals tugmasi bosiladi. Maslahat 3.1-mashgʻulot Oldinroq kerak bo‘ladi deb o‘ylagan formulalaringizni qayta ko‘rib chiqing — ulardan birortasini o‘zgartirish kerakmi? Siz kiritmagan birorta formula bormi? Ushbu o‘zgarishlar va yangi formulalarni aniqlang. 3.2-mashgʻulot Ultimate League nomli elektron jadvalingizni oching. Umumiy sovrin qiymatini hisoblash uchun quyidagi formulani kiriting: birinchi sovrin + ikkinchi sovrin + uchinchi sovrin. Kerakli haftalar soni o‘yin konsoli narxining haftalik tejaladigan mablag‘ miqdoriga bo‘lish orqali hosil qilinadi: = F3/B5 @edurtm_uz 71 Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish Elektron jadvalni sinovdan oʻtkazish Elektron jadval yoki biror tizimni yaratishda uning ishlashiga ishonch hosil qilish kerak. Agar tizim ishlamasa, berilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanish noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga olib keladi. Formulalardan foydalanishda ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani, ya’ni to‘g‘ri natijani chiqarib berayotgani tekshiriladi. Tizimni tekshirish quyidagicha amalga oshiriladi: • 1-bosqich: nima tekshirilmoqchi ekani aniqlanadi. Masalan, qaysi formula sinab ko‘riladi. • 2-bosqich: Ularni qanday tekshirish aniqlanadi. Buning quyidagi usullari mavjud: • natija to‘g‘riligini boshqa usul bilan aniqlash orqali tekshirish (masalan, kalkulyatordan foydalanib); • natija ham o‘zgarishiga ishonch hosil qilish uchun formulada ishlatilgan qiymatlarni o‘zgartirish. Agar 2-bosqich natijalari formulalar to‘g‘ri ishlayotganini ko‘rsatsa, bu juda yaxshi – barakalla! Agar 2-bosqich natijalari xato mavjudligini ko‘rsatsa, bu ham yaxshi! Endi formulalarga nima bo‘lganini aniqlab, keyin o‘sha muammo bartaraf etilsa bas. Agar sizda umumiy sovrin qiymatini hisoblash uchun yorliq mavjud bo‘lmasa, uni yarating. 3.3-mashgʻulot Ultimate League nomli elektron jadvalga umumiy daromadni hisoblash uchun quyidagi formulani kiriting: ishtirokchilar soni * ishtirok etish narxi. 3.4-mashgʻulot Ultimate League nomli elektron jadvalida ishlab topilgan foydani hisoblash uchun quyidagi formulani kiriting: daromad – umumiy sovrin miqdori. Bu uchta katak bir-birining yonida joylashgan. Shuning uchun SUM funksiyasidan foydalanish mumkin. Download 6.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling