83
Elektron jadvaldan
maqsadli foydalanish
Ushbu buyruqlar tanlanganda qalamcha belgisi paydo bo‘ladi. Chiziqlar chizmoqchi
bo‘lgan qirralar ustiga sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.
7.1-mashgʻulot
Ultimate League
nomli elektron jadvaliga munosib sarlavha qo‘shing. Sarlavhangiz
quyidagi talablarga javob berishi kerak:
• matnning qolgan qismiga nisbatan kattaroq o‘lchamda bo‘lishi;
• qalin shriftda bo‘lishi;
• qator kataklarni birlashtirgan holda joylashishi.
7.2-mashgʻulot
Ultimate League
nomli elektron jadvaldagi qolgan yorliqlar va ma’lumotlarning
shrift turini o‘zgartiring.
Elektron jadvalga mos matn turidan foydalaning. Har bir katak uchun turli mavzu
va shrift sozlamalarini qo‘llashdan saqlaning.
7.3-mashgʻulot
Ultimate League nomli
elektron jadvaldagi yorliqlar va ma’lumotlar kiritilgan
kataklarga chegara chiziqlarini qo‘shing.
Ushbu chegara chiziqlari ko‘rinishlari sizning elektron jadvalingizga mos kelsin.
Umumiy natija atrofidagi chegarani boshqalarnikidan katta va qalin qilib qo‘ying.
@edurtm_uz
84
Elektron jadvalni baholash
Ishni tugatgandan keyingi
baholash jarayoni juda muhimdir. Elektron jadval qanchalik
yaxshi ishlashi va uni yanada yaxshilash uchun nimalar qilish mumkinligi haqida o‘ylab
ko‘riladi. Masalan, quyidagi savollarga javob izlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: