Maktabgacha va


• Elektron jadvalni ishlatish osonmi? •


Download 6.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/159
Sana12.09.2023
Hajmi6.45 Mb.
#1676196
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   159
Bog'liq
7-sinf Informatika AT fani

• Elektron jadvalni ishlatish osonmi?
• Dizayn yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun nima qilish mumkin?
• Elektron jadvalda ishlamaydigan element bormi?
• Formatlash natijasida foydalanish osonlashdimi?
• Yana qanday elementlarni qo‘shish mumkin? Masalan, shartli formatlash va 
boshqalar.
Yuqoridagi savollar elektron jadvalni baholashni boshlash uchun xolos.
Agar elektron jadval juda yaxshi ishlaydi deb o‘ylamasangiz yoki o‘zgartiriladigan 
qismlar mavjud bo‘lsa, buning yomon joyi yo‘q. Bu yomon natijaga erishilganini 
bildirmaydi, aksincha, kishi o‘z-o‘ziga nisbatan yaxshi tanqidchi ekanini anglatadi.
Elektron jadval birlamchi reja bilan taqqoslanadi. Bobning boshida maqsadlar ro‘yxati 
yaratilgan edi. Endi ushbu maqsadlarga qanchalik erishilgani tekshiriladi.
Dastlab quyidagi namuna asosida jadval yaratiladi. Ishlab chiqilgan loyiha maqsadlari 
birinchi ustunga joylashtiriladi (
1-amaliy koʻnikma loyiha maqsadiga qarang). 
2-ustunda ushbu maqsadlarga qanchalik erishilgani yoziladi.
Baholash: ishga 
nazar solib, 
ijobiy va salbiy 
tomonlarini 
aniqlash.
Kalit soʻz
7.4-mashgʻulot
Ultimate League
 nomli elektron jadvaldagi ba’zi kataklarning fon rangini 
o‘zgartiring.
Qaysi kataklarga rang berishingiz va qaysi ranglardan foydalanishingiz haqida 
yaxshilab o‘ylab ko‘ring.
Shrift rangi tanlangan fon rangi ustidan ko‘rinib tursin. Masalan, quyuq ko‘k fon 
ustiga quyuq ko‘k shriftda yozmang.
 8-amaliy koʻnikma
@edurtm_uz


85
Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
Loyiha maqsadlari
Maqsadga erishildimi?
Haftasiga qancha cho‘ntak puli 
olayotganingizni yozing. 
Ha, elektron jadvalim har hafta qancha pul 
olayotganimni kiritishga imkon berdi. Buni 
B3 katakda ko‘rishingiz mumkin.
Olgan puldan qancha tejaganingizni 
yozing.
Ha, jami tejalgan pulimni kiritishga imkon 
beradigan katak bor. Bu B4 katak.
O‘yin konsoli qancha turishini yozing. Ha, o‘yin konsolining narxi yoziladigan 
katak mavjud. Bu F3 katak.
O‘yin konsolini sotib olish uchun 
sizga qancha vaqt kerak ekanini 
aniqlang.
Ha. Elektron jadvaldagi haftalar sonini 
o‘zgartirishingiz mumkin. Shunda sizga 
qancha pul tejaganingiz ko‘rsatiladi. Bu 
jarayonni raqamlar o‘ylagan natijani 
bermaguncha davom ettirishingiz 
mumkin.

Download 6.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling