Maktabgacha va


Maslahat Ma’lumotlarni toʻplash shaklini tuzish


Download 6.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/159
Sana12.09.2023
Hajmi6.45 Mb.
#1676196
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   159
Bog'liq
7-sinf Informatika AT fani

Maslahat
Ma’lumotlarni toʻplash shaklini tuzish
Ma’lumotlarni kiritish uchun ma’lumotlar bazasi kerak. Buni amalga oshirish uchun 
dastavval ma’lumotlar to‘planadi. Buni elektron yoki qog‘oz shaklda bajarsa bo‘ladi.
Ma’lumot to‘plash shakli quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
• mos sarlavha (masalan, ma’lumotlarni to‘plash shakli nima haqida ma’lumot 
to‘playdi);
• kiritiladigan har bir ma’lumotning nomi;
• javoblar uchun yetarli joy;
• tanlovlar cheklangan bo‘lsa, barcha ehtimoliy variantlar.
Bu shakldan saqlanadigan kontentning har biri uchun alohida foydalaniladi. Masalan, 
onlayn do‘konda sotuvdagi mahsulotning har biri o‘z shaklida yoziladi. Kutubxonadagi 
har bir kitobning o‘z shakli bor.
Ma’lumotlarni to‘plash shaklini tuzish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Microsoft Word dasturida yangi hujjat ochiladi. 
2. Hujjat “Kitob shakli” kabi mos nom bilan saqlanadi. 
6-amaliy koʻnikma
Ishtirokchilar soni 
280 ga sozlanadi. 
Ishtirok narxi sof 
daromad 2 000 000 
so‘mga yetgunga 
qadar o‘zgartiriladi. 
Maslahat
5.3-mashg‘ulot 
uchun haftalik 
xarajat 0 qilib 
belgilanadi. 
Keyin cho‘ntak 
puli miqdori 
o‘zgartiriladi. 
Maslahat
@edurtm_uz


79
Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
3. Sahifaning yuqori qismiga sarlavha qo‘yiladi. Formatni o‘zgartirish, masalan, 
qalin shriftda markazda tekislangan holda joylashtirish mumkin. Mos formatlash 
tanlanganiga ishonch hosil qilish kerak. Hujjatning rang-barangligi emas, balki 
mazmuni muhim ekanini yodda tutish kerak.
Masalan:
Kitob uchun ma’lumotlarni toʻplash shakli
4. Agar bu shakl boshqalar tomonidan to‘ldirilsa, nima qilish kerakligini aytib berish 
uchun (qisqacha) annotatsiya yoziladi.
Masalan:
Iltimos, ushbu formani kitoblaringizdan biri uchun to‘ldiring. Ajratilgan bo‘sh joylarga 
so‘ralgan ma’lumotlarni yozing.
5. Birinchi maydon nomi yoziladi. Uning yoniga javob yozish uchun bo‘sh joy 
qoldiriladi. Bu kvadrat yoki nuqtalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Masalan,
Kitob nomi:
yoki
Kitob nomi: ……………………………………………………………………………………

Download 6.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling