Maktabgacha yoshdagi alohida ta’lim extiyojga EGA bo‘lgan bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish masalari


Download 33.55 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi33.55 Kb.
#1467722
  1   2
Bog'liq
алоҳида таълим эҳтиёжига эга ьақола 2022 йил


Maktabgacha yoshdagi alohida ta’lim extiyojga ega bo‘lgan bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish masalari
Omarova Zevinisa Kasimovna
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
direktor mutaxassislarini qayta
tayyorlash malakasini oshirish
instituti “Maktabgacha ta’lim
metodikasi” kafedrasi katta
o’qituvchisi
Telefon +998(97)7418388
Zebo0212@mail.ru
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, ta’lim, tarbiya, ijtimoiy moslashuv, pedagogik shart-sharoitlar.
Qisqacha mazmuni: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni ijimoiy-hissiy rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik omillari va shart-sharoitlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Yurtimizda olib borilayotgan inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan faol ijtimoiy siyosatda alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning huquq-manfaatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.10.2020 yildagi 4860 sonli “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorining 3 ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan maktabgacha talim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotida inklyuziv guruxlarni tashkil etish ko‘rsatib berilgan. Shu boisdan ham, mamlakatimizda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhitni shakllantirish kerakligi ko‘rsatib berilgan
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqildi
inklyuziv ta’lim tizimini maktabgacha ta’lim tashkilotilarida tajriba-sinov tariqasida olib borish to‘g‘risida so‘z borgan
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarini ishlab chiqib xar bir tashkilot amalga oshirilishini ta’minlash zarurligi ko‘rsatib berilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi davr bola rivojlanishining ilk va hal qiluvchi davriga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, “bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo‘lib, huddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy, mehnat va estetik rivojlanishiga poydevor qo‘yiladi”1. Shu boisdan ham yurtimizda maktabgacha ta’lim va tarbiya — “bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi2” sifatida taraqqiy etib bormoqda.
Ma’lumki, yurtimizda aloxida ta’lim extiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari sirasida qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasida o‘ziga xos o‘rni va roliga ega bo‘lib kelmoqda. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, shuningdek, ular asosida ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya va korreksion ishlarni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya va korreksiya-pedagogik yordam berilishini ta’minlash”3 mazkur ta’lim tashkilotlari vazifalaridan biri sifatida belgilab qo‘yilgan.
Bugungi kunda aloxida ta’lim extiyojga ega bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan talablar maktabgacha ta’lim pedagogikasi maxsus pedagogika bilan uzviy bog‘liq alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berishning yangi pedagogik texnologiyalari, modellarini va metodikasini yanada takomillashtirish vazifalarini qo‘ymoqda. Alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari sharoitida ijtmoiy-hissiy rivojlanishini sifatli va samarali amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning hissiy rivojlanishini tadqiq qilgan N.Baxrieva “emotsional tajriba va qiziqishlarga asoslangan holda bolaning turli faoliyatlar jarayonida bilish, anglash, aniqlab olish qobiliyati shakllanadi, turli emotsiyalar mazmunini tushunish va ifodalash, kattalar ko‘magida ularni differensiatsiyalash, o‘z emotsional holatini baholash va boshqarish amalga oshiriladi va olamga, boshqa kishilarga, o‘ziga nisbatan emotsional-pozitiv munosabat shakllanadi. Natijada bolaning jamoada o‘zini erkin his qilishi, boshqalar bilan muloqot qilishi va munosabatga kirishishi yengillashadi, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoitlar yanada kengayadi”4 deb yozadi. Demak bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy-hissiy rivojlanishi uning faol ijtimoiy moslashuvi bilan ham uzviy bog‘liqdir. Ya’ni, “ijtimoiy-hissiy rivojlantirish jarayonida bolaning o‘ziga, boshqa insonlarga, uni o‘rab turgan atrof-olamga nisbatan ijobiy munosabati, kommunikativ va ijtimoiy kompetentligi shakllanib boradi”. Shuningdek, “emotsiyalarning sifati muloqotga kirishish va munosabat o‘rnatishning samaradorligini belgilovchi muhim omil”lardan birini tashkil etadi5.
Alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarda hissiyotlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bevosita eshitish funksiyalarining qay darajada buzilganligi bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Ularga xos umumiy xususiyatlar esa, boshqalar bilan muloqot imkoniyatlarining cheklanganligi, anglab yetishga qiynalishi, o‘z hissiyotlarini so‘z bilan ifodalay olmasligi bilan bir qatorda, boshqa shakllarda ifodalash ko‘nikmalarining yetarli shakllanmaganligi, eng asosiysi, mazkur bo‘shliqlar uning ijtimoiy-ahloqiy hissiyotlari rivojlanishini sog‘lom bolalarga nisbatan kechiktirishida, to‘laqonli bo‘lmasligida namoyon bo‘ladi6.
O‘z navbatida ijtimoiy-hissiy rivojlanish bunday bolalarning yangi hatti-harakatlarning yangi turlarini o‘rganishiga, hayotning hissiy tarafiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga hamda yangi hayotiy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishiga turtki beradi va rag‘batlantirib boradi.
Alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarni hissiy-ijtimoiy rivojlantirishning bir qator pedagogik omillari mavjud bo‘lib, ular sirasida quyidagilar alohida ahamiyat kasb etadi:

  • Psixodiagnostikaning samarali metodlaridan foydalangan holda, bolaning boshlang‘ich (masalan, oila muhitida) ijtimoiy-hissiy shakllanganlik darajasini, shuningdek, undagi mavjud hissiy rivojlanishga moyillik va ijobiy omillarni to‘g‘ri belgilash;

  • Dastlabki, ta’lim-tarbiya va korreksion dasturlarda bolada ijtimoiy hissiyotlarni bosqichma-bosqich nafaqat ifoda shakllari, balki kelib chiqish sabablari va turlari bilan imkon qadar kengroq tanishtirish, bolaning diqqati, xotirasi, tafakkuri, xatti-harakatlari rivojlanishini o‘zida hosil bo‘lgan bo‘lgan hissiyotlarni erkin ifodalashga yo‘naltirish maqsadini birlamchi qo‘yish;

  • Shuningdek, oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borayotgan hissiyotlarga mos holda, bolalar uchun umumiy va individual dasturlarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash, jumladan, dastlab odatiy hissiyotlarni tushunish va ifodalashni o‘rgatishdan boshlangan pedagogik jarayonni keyinchalik hissiyotlarni boshqarish va o‘rinli ifoda etish, boshqalar bilan madaniyatli muloqotga kirishish hamda faol ijtimoiy moslashuv tomon umumiy va har bir bola uchun o‘ziga xos tarzda takomillashtirib borish;

  • Maktabgacha ta’lim tashkiloti shart-sharoitlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, bolaga tabiiy (pedagogik jamoa, tengdoshlari bilan muloqot) va sun’iy (faol va interfaol metodlar) muloqot muhiti uchun keng “maydon” yaratish, bunda o‘z navbatida pedagoglarning, mutaxassislarning kasbiy bilimi va mahorati muhim ahamiyat kasb etadi;

  • Bola uchun muhim ijtimoiy makon bo‘lgan oilada ijtimoiy-hissiy muloqot uchun zarur shart-sharoitlarni oila a’zolari bilan hamkorlikda shakllantirish, jumladan, ota-onalarni ta’lim tashkilotidagi jarayonlarga jalb etishning alohida dasturini ishlab chiqish

Maqolada bayon qilingan mavzu yuzasidan alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarni qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari sharoitida faol va samarali ijtimoiy-hissiy rivojlantirish borasida quyidagi tavsiyalarni lozim deb topdik:

  • Maktabgacha yoshdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlantirish jarayonlarining metodik ta’minotini yanada yaxshilash, jumladan, xorijiy ilg‘or tajribalarga asoslangan yangi modellarini, psixodiagnostik metodlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

  • bolalarni ijtimoiy – hissiy rivojlantirida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy-estetik tarbiya vositalaridan samarali foydalanish, jumladan, katta yoshdagi guruhlar tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Baxtli bolalik” rasmlar ko‘rik-tanlovi, o‘tkazib borish shular jumlasidandir;

Xulosa sifatida aytganda, alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish maktabgacha ta’lim tashkilotining bugungi kunda (alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarning ijtimoylashuv, integratsiyalashuv, ijtimoiy moslashuv ) dolzarb muammolaridan biridir. Bu bilan birga ta’lim tashkilotidagi pedagogiklar masalalarni ijobiy xal etish va bu yo‘nalishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlarini takomillashtirish, mazmuni jihatdan moslashtirish yangilash amaliy sa’yi-harakatlarni talab etmoqda.



Download 33.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling