Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Tushunarlilik va individuallilik prinsipi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Tushunarlilik va individuallilik prinsipi bolaning yosh 
xususiyatlar imkoniyatlarini hisobga olishni hamda shu bilan 
bog‘liq ravishda uning kuchiga yarasha topshiriqlar belgilashni 
ko‘zda tutadi. Bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimida bu 
prinsipga rioya qilish, ayniqsa, zarur, chunki turli mashqlarni 
bajarish bolaning hali mustahkam bo‘lmagan organizmining 
hayotiy muhim funksiyalariga bevosita ta’sir qiladi va jismoniy 
yuklamalarning haddan oshirilishi salomatligiga yomon ta’sir 
etishi mumkin.


23
Tushunarlilikning optimal darajasi bolalarning yosh im- 
koniyatlariga va topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga muvofiq 
belgilanadi.
Tushunarlilik qiyinchiliklar yo‘q degan ma’noni 
bildirmaydi, balki, aksincha ularni bolaning jismoniy va ruhiy 
zo‘r berish orqali muvaffaqiyatli yengishni ko‘zda tutadi. 
Chin ma’nodagi tushunarlilik pulsometriya, xronometriya va 
hokazolarni qo‘llanishi bilan amalga oshiriladigan shifokor-
pedagog nazorati bilan tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.
Tushunarlilikning asosiy shartlaridan biri izchillik va jismoniy 
mashqlarni tobora murakkablashtirib borish hisoblanadi. Izchil- 
lik harakatining turli shakllari o‘rtasidagi aloqadorlik, ularning 
o‘zaro harakati hamda struktura jihatdan umumiylikda ifodala- 
nadi. Amalda bunga materialni mashg‘ulotlararo to‘g‘ri taqsim- 
lash orqali erishil adi. Birmuncha qiyinroq vazifalarni bajarish- 
ga o‘tishda asta-sekinlikka rioya qilish ham muhim ahamiyatga 
ega. Shu ma’noda ko‘plab harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish 
maqsadida tayyorlov va ko‘makchi mashqlardan maqsadga 
muvofiq foydalanish zarurligini ta’kidlash lozim.
Individuallashtirish kishi (bola)ning o‘ziga xos funksional 
imkoniyatlarini hisobga oladigan alohida ta’sirlarni ko‘zda tu- 
tadi (harakatlarni o‘zlashtirish turlicha kechadi, organizm jis- 
moniy yuklamani turlicha qabul qiladi, moslashish dinamikasi 
ham turlicha va hokazo).
Biroq individuallashtirish – bu faqat u yoki bu bolaning 
tipologik xususiyatlarini hisobga olishdan iborat emas (ularni 
ta’lim va tarbiyaning optimal maqsadlarida hisobga olish 
mumkin emas, biroq ularni belgilovchi xususiyatlarni bila 
olmaydi). Individual ishlashning maqsadi tug‘ma fazilatlarini 
rivojlantirish, yangi ijobiy sifatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash, 
zarurat bo‘lganda asab tizimining tipologik xususiyatlarini 
maqsadga muvofiq tarzda o‘zlashtirishdan iboratdir.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling