24
metodlari qo‘llanilganda uyushqoq- likni ko‘zda tutadi.
Chunonchi: frontal metod qo‘yilgan vazifani bir vaqtda,
ongli va ahil ravishda bajarishni talab etadi; guruhiy metod
mas’ul, mustaqil va o‘zaro yordamni rag‘batlantirishni talab
etadi; individual metod tarbiyachining ba’zi bolalarga zarur
yordam berishi va ancha tayyorgarligi
bor boshqa bolalarga
nisbatan talabchanlikni oshirishda ifodalanadigan differensial
rahbarligini talab qiladi. Ta’lim metodlarining yuqorida sanab
o‘tilgan
metodlardan foydalanish, bolalar bilan olib boriladigan
tarbiyaviy sog‘lomlashtirish vazifalarini samarali bajarishga
xizmat qiladi.
Talablarni asta-sekin oshirib borish prinsipi. Bu
prinsipning asosiy sharti bola oldiga
birmuncha qiyin vazifalar
qo‘yish va bajartirish hamda yuklama ko‘lamini va faolligini
asta-sekin oshirib borishdan iboratdir.
Hayot uchun muhim bo‘lgan rang-barang malaka va ko‘-
nikmalarga bajariladigan mashqlarni yangilab va o‘zgartirib
turish bilangina erishish mumkin. Mashqlarni yangilash
jarayonida harakat, malaka va ko‘nikmalarining hajmi
kengayadi va boyiydi. Bu bolaga
yangi harakat faoliyatini
o‘zlashtirishga, o‘zlashtirgan harakatlarni takomillashtirishga
yordam beradi.
Harakat faoliyati formalarini murakkablashtirish bilan
birga bolaning kuchiga yarasha beriladigan
jismoniy yuklama
asta- sekin oshib boradi. Bu jismoniy fazilatlarning rivojlanish
qo- nuniyatlari nisbatan bolaning kuchi, chidamliligi,
tezkorligi
bilan belgilanadi.
Izchillik, muntazamlilik va yuklamani dam olish bilan
almashtirib turish ham majburiy shart hisoblanadi. Yangi
birmuncha murakkab mashqlarni bajarishga o‘tish,
yuklamaga
nisbatan shakllanayotgan ko‘nikma va moslashishlarning
mustahkamlanishiga ko‘ra sekin-asta kechishi lozim: yangi,
yuqori darajada shug‘ullanganlikka erishish imkoniyatini
yaratadigan moslashishga oid o‘zgarish uchun muayyan vaqt
talab etiladi.
Ko‘rib o‘tilgan barcha prinsiplar o‘z mazmuniga ko‘ra
o‘zaro kirishuvchan va mushtarakdir. Ularning barchasi o‘zida
25
yagona va faqat shartli ravishda alohida
holda qaraladigan bir
jarayonning muayyan jihatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi.
Shuning uchun ko‘rsatib o‘tilgan barcha prinsiplar faqat o‘zaro
aloqadorlikdagina amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: