Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Download 4.53 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- V BOB. IKKI YOSHDAN UCH YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISH 1-§. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni
Nazorat uchun savollar
1. Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun qanday jihozlar bo‘lishi kerak? 2. Maktabgacha ta’lim muassasasi zali qanday jihoz- lanadi? 3. Bolalar o‘ynaydigan maydonchada qanday inventarlar bo‘lishi kerak? 61 V BOB. IKKI YOSHDAN UCH YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISH 1-§. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni jismoniy tarbiyalash va rivojlantirish Hayotining dastlabki ikki yili uchun xarakterli bo‘lgan jismoniy rivojlanishning jadal sur’ati uchinchi yilda sustlashadi. Bolaning vazni yiliga o‘rta hisobda 2 kg, bo‘yi 7–8 sm ortadi. Uch yoshida bolaning bo‘yi 93–94 sm, vazni 14, 2–14, 6 kg atrofida bo‘ladi. Tananing mutanosibligi o‘zgaradi (asosan, o‘sish oyoq hisobiga bo‘ladi), bolalarning qomati xushbichim bo‘la boshlaydi. Suyak qotishda davom etadi, barcha organlarning funk- siyasi takomillashadi, bu esa bolani jismoniy jihatdan chidamliroq qiladi. Markaziy asab tizimining faoliyati takomillashadi, bu esa ish qobiliyatininng ortishida namoyon bo‘ladi, bolalar faoliyati- ning bir xil turi bilan 20 minutgacha shug‘ullana oladilar. Bola endi o‘zini tuta oladi, hatto bir joyi og‘risa ham yig‘lamasligi mumkin. Bolalar muassasasiga ikki yoshdan keyin kelgan bola- lar kun tartibiga, hayotning umumiy tarziga ancha tez ko‘nikib ketadilar. Kichkintoy hayotining uchinchi yili – mavjud harakat sifatlari faol takomillashadigan davr bo‘lib, bunda qo‘l va panja harakatlari muvofiqroq bo‘lib qoladi. Bolalar mustaqil ovqatlanadigan bo‘ladilar, qalamni to‘g‘ri tutadilar, tugmani qadashni va yechishni biladilar. Qo‘l va oyoq harakatlari mu- vofiqligi rivojlanib, yurishlari takomillashadi. Bolalar yurib ketayotganlarida buyumlarni o‘ynay oladilar, velosiped mi- nishni o‘rganadilar. Bola o‘z harakatini tashqi sharoitlar bilan muvofiqlashtiradi, masalan, musiqa ohangiga qarab harakatini 62 o‘zgartiradi. Yugurish, tepalikka chiqish, biror narsani irg‘itish singari harakatlari takomillashadi. Bola uzoq vaqt jim o‘tira olmaydi, ko‘p harakat qiladi, le- kin bir xil harakatlardan tez charchaydi. O‘yin va mashqlarni tanlashda bolalarning yosh xususiyatlarini, xususan skeletining mo‘rtligi va egiluvchanligini, mushagi yetarli rivojlanmaganligi- ni, tez charchashini hisobga olish zarur. Ba’zi harakatlar bolalarga zararlidir. Bolalarga qo‘lda osilib turishni (ota-onalar bunga ko‘pincha yo‘l qo‘yadilar), balandlikdan sakrashni taklif qilish, bir xil harakatlarni uzoq vaqt takrorlashni talab qilish yaramaydi. Kattalar bolalar e’tiborini o‘z vaqtida bunday harakatlardan ko‘ra osoyishta o‘yinlarga qaratishlari lozim. Tarbiyachi bolalar harakatlarini rivojlantirish uchun xilma- xil vositalardan foydalanadi. Bular orasida – tartib jarayonlari: yuvinish, kiyinish, ovqatlanish ham bor. Ana shu jarayonlar vaqtida bola bajaradigan xilma-xil va murakkab harakatlarning asta- sekin va tez-tez takrorlanishi uni chaqqonroq qiladi. Harakatlarni rivojlantirishning samarali vositasi – o‘yin fao liyatidir. O‘yin vaqtida bolalar xilma-xil harakatlarni bajaradi- lar, biror hayvonni tasvirlab emaklaydilar, bir-birlarini quvib yetadilar va hokazo. Sayr vaqtida ularga ko‘pincha to‘siqlardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Harakatlarni rivojlantirish uchun bolalarning jismoniy tarbi ya mashg‘ulotlarida turib, o‘tirib va yotib bajaradigan umumiy mustahkamlovchi mashqlar g‘oyat muhimdir. O‘yin xonasida bolalar bemalol yugurishi, koptok o‘ynashi va boshqa harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanishi uchun yetarli joy bo‘lishi lozim. Ular harakatlarni rivojlantirishga yordam beruvchi o‘yinchoqlardan: turli hajmdagi koptoklar, uch g‘ildirakli velosipedlar, har xil aravalar, avtomobillardan foydalanishlari lozim. Uchastkada maxsus narsalar – olti burchakli taxta, zarur kenglikdagi taxtachalar bo‘lishi lozim. Maktabgacha yoshda bolalar ta’lim-tarbiyasida qo‘yiladigan davlat talablaridan kelib chiqqan holda 2–3 yoshdagi bolalar uchun jismoniy rivojlanish bo‘yicha asosiy harakatlarga quyi- dagi indikatorlar belgilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling