67
VI BOB. SAFLANISH VA QAYTA SAFLANISH
MASHQLARI
1-§. Safda turish mashqlarining turlari va ularning
mohiyati
Saflanish va qayta saflanish mashqlariga turli
saflanishlar,
qayta saflanishlar, tuzilishlar,
saf tortib turishlar, burilishlar
kiradi. Bu mashqlar mashg‘ulotlar
jarayonida bolalarni oqi-
lona va tashkiliy ravishda joylashtirish va yurg‘izish uchun xiz-
mat qiladi. Shuningdek, ular intizomlilikni, birgalikda kelishib
harakat
qilishni, tarbiyachining ko‘rsatmalarini bajara bilish ma
horatini tarbiyalash vositasi bo‘lib, “qator”, “kolonna” “doira”,
“ilon izi”, “diagonal”, “bo‘lim” (zveno) va boshqa tushuncha-
larni o‘zlashtirishga yordam beradi.
Safda turib bajariladigan
mashqlar tik, to‘g‘ri qaddi-qomatning yengil va chiroyli yura
bilishni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan eng oddiy saflanish
mashqlari o‘tkaziladi.
Saflanish mashqlarining turi
1.
Bir, ikki, birnecha doira shaklida saflanish.
2.
Yarim doira shaklida.
3.
Ketma-ket bo‘lib saflanish.
4.
Bir qator bo‘lib saflanish.
5.
Ketma-ketlikda ikkita, uchta bo‘lib saflanish.
6.
Diagonal bo‘lib saflanish.
7.
Shaxmat uslubida saflanish.
Qayta saflanishlar
1.
Bir doiradan birnecha doira hosil qilish.
2.
Bir ketma-ketlikdan 2–3–4 ketma-ket hosil qilish.
3.
Tarqalib turish (bironta predmetlar yonida turish).