Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar
1. 
Qanday mashqlar saflanish mashqlari, deyiladi va 
ularning ahamiyati nimada?
2. 
Qanday saflanish turlarini bilasiz?
3. 
Qayta saflanishlarga qanday harakatlar kiradi?
4. 
Guruhlar bo‘yicha qanday saflanishlar tavsiya etiladi?
2-§. Saflanish va qayta saflanish mashqlarini tuzish
va ularni o‘tkazish
I va II kichik guruhlarda saflanish va qayta saflanish 
bo‘yicha kichik guruhlar va bunda guruh bilan (tarbiyachi 
yordamida; mo‘ljalga qarab mustaqil ravishda) aylana bo‘lib 
bir qator bo‘lib saf tortish, safda o‘z joyini topish, o‘z joyida 
qadamlab burilish.
O‘rta guruh bolalari bilan saflanish va qayta saflanish. 
Dastur bo‘yicha quyidagi saflanish va qayta saflanishlar tavsiya 
etiladi: mustaqil ravishda kichik guruhlar va butun guruh bo‘lib 
kolonnaga saflanish, doiraga juft bo‘lib sherengaga saflanish, 
zvenolarga qayta saflanish, mo‘ljal bo‘yicha tekislanish, 
chapga, o‘ngga, orqaga (krugom) aylanish.
Katta guruhlarda saflanish va qayta saflanish. Mustaqil 
ravishda kolonnaga, qatorga, ikki kolonnaga juft bo‘lib, ikki va 
undan ko‘proq aylana bo‘ylab tizilib saflanish. Bir kolonnadan 
birnecha (3–4) kolonnaga qayta saflanish. Chapga va o‘ngga 


76
qadam tashlab burilishlar qilish, kolonnada oldinma-ketin 
tizilib tekislanish, qatorda chiziqqa, oyoq uchlariga qarab 
tekislanish, kolonnada qo‘llarini oldinga cho‘zgan darajada 
oraliqni saqlash, qator va aylana bo‘lib turganda, yon tomonga 
qo‘l cho‘zilganda bir-biriga xalaqit bermaydigan masofadagi 
oraliqda turish.
Tayyorlov guruhlarida saflanish va qayta saflanish. 
Mustaqil, tez va uyushqoqlik bilan bittadan, ikkitadan saflanish, 
aylana bo‘lib, birnecha kolonna bo‘lib, bir qator bo‘lib 
saflanish, kolonnada bir qator turgan joyda tekislanish. Bitta 
kolonnadan yurib turib birnecha kolonnaga, bitta aylanadan 
birnecha aylanaga qayta saflanish. Burilishlarni (o‘ngga va 
chapga) bajarish. “Bir-ikki” deb sanash, bir qatordan ikki qator 
bo‘lib qayta saflanish. Uch kolonna bo‘lib, saflanayotganda, 
yon tomonga qadamlar qo‘yib, saflar orasini ochish va yopish. 
Harakat vaqtida maydon burchaklarida burilishlar qilish, yurib 
kelib, hammaning baravariga to‘xtashini mashq qilish.
Ertalabki gimnastika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining 
birinchi qismi uchun quyidagi mashqlarni tavsiya etish mumkin.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling