Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar
1. 
Kichik guruhlarda qanday saflanish mashqlari olinadi?
2. 
O‘rta va katta guruhlarda qanday saflanish va qayta 
saflanishlar o‘tkaziladi?
3. 
Qaysi guruhlarda saflanishda bolalar bo‘yiga e’tibor 
beriladi?


78
VII BOB. MAKTABGACHA TA’LIM 
MUASSASALARIDA VA OILADA ASOSIY HARAKAT 
MASHQLARI
1-§. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim 
muassasalarida va oilada asosiy harakatlarini
rivojlantirishning ahamiyati
Asosiy harakatlarning ahamiyati. Inson o‘z faoliyatida 
foydalanadigan yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashish 
kabi turli hayotiy zarur harakatlarga asosiy harakatlar, deyiladi. 
Bu harakatlarning doimiy zarur komponenti muvozanatni his 
etishdir.
Asosiy harakatlar dinamik xarakterga ega. Ular ko‘p miq- 
dordagi muskullarni ishga soladi va barcha funksional jarayon- 
larni faollashtirib, organizmga yaxlit ta’sir etib, bolaning 
jismoniy rivojlanish va sog‘lomlashishiga yordam berib, butun 
organizmning hayot faoliyatini oshiradi.
Asab tizimining boshqarish faoliyati asosiy harakatlarning 
takomillashuvini belgilaydi. Ayni paytda teskari bog‘liqlik 
– mashqlar ta’sirida asab tizimi faoliyatining takomillashuvi 
sodir bo‘ladi.
Asosiy harakatlarning rivojlanishi maqsadni ko‘zlab 
rahbarlik qilingan sharoitda bilish, irodaviy, emotsional, ruhiy 
tarbiyalash jarayonlari bilan bog‘liqdir.
Asosiy harakatlar bolada turlicha mo‘ljal olishni 
tarbiyalashga xizmat qiladi: fazoda – harakat yo‘nalishini, 
predmetlarning uzoqligini va joylashish o‘rnini, predmetlar 
o‘rtasidagi fazoviy nisbatlarni, ko‘z bilan mo‘ljallashni 
rivojlantirish; vaqtda – mashqlarni bajarish davomiyligi va 
uning ayrim fazalarining izchilligini, harakatlarni belgilangan 
yoki individual sur’atda bajarish; jamoa bo‘lib harakat qilish 
chog‘ida mo‘ljal olish – barcha guruh saflanayotgan va qayta 


79
saflanayotganda, tarqalib harakat qilayotganda o‘z o‘rnini 
topish: birgalashib harakat qilayotgandagi turli vaziyatlarda 
mo‘ljal ola bilish. Ularning hammasi tashqi sharoitni hisobga 
olish va shu asosida bir maqsadda harakat qilishga yordam 
beradi.
Asosiy harakatlar estetik his-tuyg‘ularni tarbiyalashda 
ham muhimdir: ular chiroyli, to‘g‘ri qomatning shakllanishiga, 
harakatlarning aniq, ifodali va uyushgan bo‘lishiga, jamoaviy 
harakat qila olishga va fazoda to‘la foydalanishga yordam 
beradi. Asosiy harakatlar siklik va asiklik turlarga bo‘lina oladi. 
Birinchi sikldagi harakatlarning xarakterli xususiyati butun 
gavda va uning alohida qismlari to‘xtovsiz ravishda dastlabki 
holatga (masalan, yurish, yugurish) qaytayotganda bir xil 
siklning doimiy bajarilishi bilan amalga oshiriladi.
Siklik tipdagi harakatlar tez o‘zlashtiriladi va avtomatlasha- 
di. Bu sikllarning muntazam takrorlanishi bilan izohlanadi. Ular 
mazkur siklning harakat elementlari izchilligi tizimida mustah- 
kamlanadi. Harakatlarning almashinishi va ularni takrorlashda 
tegishli muskul sezgilari bilan sikllar takrorlanish izchilligining 
bog‘liqligi mazkur harakatning ritmliligini hosil qiladi.
Asiklik tipdagi harakatlar takroriy sikllarga (uloqtirish, sak 
rashlar) ega bo‘lmaydi. Har bir shunday harakat o‘zida harakat 
fazalarining muayyan izchilligini saqlaydi, ayrim fazalarni ba- 
jarishning muayyan ritmiga ega bo‘ladi. Asiklik harakatlar siklik 
harakatlarga qaraganda o‘zlashtirishning juda izchil bo‘lishini 
talab qiladi. Ularni bajarishda harakatlarning birmuncha mu- 
rakkab koordinatsiyasi, diqqatini yig‘ish va irodaviy zo‘r berish 
zarur bo‘ladi.
Asosiy harakatlar ta’lim va tarbiya jarayonida asta-sekin yu 
zaga keladigan shartli reflekslardir. Maktabgacha bo‘lgan davr 
ichida aso s iy harakatlar rivojlanadi, takomillashadi, harakat 
stereotiplari sifatida mustahkamlanadi.
Harakatlarning muayyan izchillikda ko‘p martalab 
takrorlanishi, masalan, yurish, yugurish, uloqtirish va hokazo 
mashqlarda alohida elementlarning har biri o‘rtasida muvaqqat 
bog‘lanishlar paydo bo‘ladi. Dastlabki harakatni bajarishda 
boshlanadigan bo‘g‘im-muskul signalizatsiyasi bevosita 


80
keyingi tizimga mustahkamlanadigan, avtomatlashadigan 
barcha signallarni uyg‘otadi. Bolalarda shu tufayli hosil 
bo‘ladigan dinamik stereotiplar juda barqaror bo‘ladi.
Biroq bolalarni asosiy harakatlarga o‘rgatish va ularni 
rivojlantirishda chidamli dinamik stereotipni shakllantirish, 
tezda qayta qura olish, tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitga 
moslashish qobiliyatiga alohida e’tibor berishni talab etadi. Bu 
mashqlarni turli variantlarini bajarish topshiriqlarni, harakat 
sur’atini ular bajaradigan sharoitni o‘zgartirish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling