Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Download 4.53 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sakrashning har xil turlari mavjud
- Sakrash to‘rt bosqichdan iborat
Nazorat uchun savollar
1. Yugurish qanday tipdagi harakat? 2. Yugurish bola necha yoshga yetganda shakllanadi? 3. Bolalar necha yoshdan boshlab yugurish texnikasini egallab olishadi? 4-§. Sakrash mashqlarining turlari va ularni o‘tkazish metodlari Sakrash asiklik tipdagi harakatdir. Unda sikllar takrori yo‘q va sakrashning butun jarayoni bir tugal harakatdan iborat. Sakrashlarning organizmga fiziologik ta’siri juda katta, shu- ning uchun bolalar bilan mashq o‘tkazayotganda to‘g‘ri belgi- 88 langan me’yorga rioya qilish, tayyorgarlik mashqlarini qo‘llash va barcha bolalarni diqqat bilan kuzatib borish zarur. Sakrashlar shug‘ullanayotgan bolalarning butun organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu mashqlarni bajarish vaqtida qon aylanish va nafas olish kuchayadi, oyoq, qorin va butun gavda muskullari rivojla- nadi, oyoq to‘qimlari va tomirlari mustahkamlanadi. Bolalarda sakrash qobiliyatini o‘stirishda ularni harakatchan, chaqqon va epchil qilib o‘stirishda sakrash mashqlari katta ahamiyatga ega. Ertalabki gimnastika va jismoniy mashg‘ulotlarga kiritilgan har xil sakrash turlari bu mashqlarning fiziologik ta’sirini kuchaytiradi. Sakrashning har xil turlari mavjud 1. Turgan joyida sakrash. 2. Yurib turib sakrash. 3. Turgan joydan oldinga sakrash. 4. Yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash. 5. Tepadan pastga qarab yoki chuqurlikka sakrash va bosh- qalar. Sakrash turlaridan biri hisoblangan arqoncha bilan o‘ynab sakrash keng tarqalgan. Sakrash to‘rt bosqichdan iborat 1. Tayyorlov bosqichi – dastlabki holatda turish yoki yu- gurib kelish. 2. Asosiy bosqich – depsinish. 3. Parvoz etish. 4. Oxirgi bosqich – yerga tushish. Turgan joydan sakrashdagi tayyorgarlik bosqichi quyidagicha bo‘ladi: cho‘qqayib, gavda umumiy og‘irlik markazi pasaytiriladi, qo‘llar juda kuchli siltash maqsadida orqaga uzatiladi, oyoq muskullari keyingi bosqichda yaxshi qisqarishi uchun cho‘ziladi. Yugurib kelib sakrashda – tezlanuvchan yugurish, bir oyoq bilan tiralib itarilish metodi qo‘llaniladi. Asosiy bosqich itarilish va parvozdir. Itarilish parvozning dastlabki tezligi va to‘g‘ri yo‘nalishini ta’minlaydigan yozuvchi muskullarning kuchli qisqarishi bilan bog‘liqdir; parvoz 89 ko‘tarilish va yerga tushishga tayyorlanishda gavdaga kerakli holat baxsh etadi. Yakunlovchi bosqich – yerga tushish parvozning keskin chayqalmasdan va zarbsiz tugallanishidadir. Bunda muvozanatni saqlash uchun barcha harakatlar koordinatsiyasi zarur. Turgan joyidan (100 sm dan kam emas) va yugurib kelib (180–190 sm dan kam emas), uzunlikka sakrashda ikkala oyoqda, oyoq uchidan butun kaftga o‘tib yerga tushiladi. Turgan joyidan (ip, uncha katta bo‘lmagan kubik ustidan) va yugurib kelib (50 sm dan kam bo‘lmagan) balandlikka sakrashda avval oyoq uchida qo‘nilib so‘ng oyoq kafti to‘liq bosiladi, bu oyoq kaftining amortizatsiya rolini o‘ynashiga imkon beradi. Chuqurlikka sakrashda (sakrab tushishda) avval oyoq uchida tushiladi, so‘ng oyoq to‘la bosiladi. Yarim bukilgan oyoqlarda yumshoq tushish itarilish kuchi harakatini bo‘g‘indan bo‘g‘inga asta-sekin o‘tishini ta’minlaydi, ichki organlar va bosh miyani chayqalishdan, shuningdek, oyoq tagini qotib qolishdan saqlaydi. Tizimli mashqlar jarayonida bo- lalarda asta-sekin zarur harakat koordinatsiyasi shakllana boradi. Bunda propritseptiv sezish, vestibular apparat, ko‘rish bilan bog‘liq shartli reflektorli harakat reaksiyalari muhim rol o‘ynaydi. Sakrashlar bosh miya po‘stlog‘i rivojlanganligining muayyan darajasini oyoq va qo‘l suyaklarining mustahkamligini, qayishqoqligi va ko‘z mo‘ljalini talab qiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan barcha sifatlarning rivojlanishi mashqlar jarayonida kechadi: ular miya po‘stlog‘ining harakat markazlarini chiniqtiradi, ular funksiyasini va shu asnoda harakatlarni idora qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Sakrash ko‘nikmasining rivojlanishi u to‘la shakllanmas- dan oldin boshlanadi: bolalar bir yoshda kattalar ko‘magida ikki oyoqda yerdan ajralmasdan ritmik tarzda cho‘qqaya boshlaydi- lar, so‘ngra ritmik sakray boshlaydilar. 2 yoshga yetganda bolalar turgan joylarida mustaqil cho‘qqayib o‘tirish, prujinasi- mon harakatlar qilish, yerdan oyog‘ini biroz uzib yengil sakrash 90 malakalarini egallaydi. Bolalar chuqurlikka sakrash (sakrab tu shish) va turgan joyidan uzunlikka sakrash (polda yotgan ikki ip yoki ikki chiziq osha sakrash) ni balandlikka sakrashdan ko‘ra osonroq bajaradilar. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kamdan kam to‘g‘ri sakraydi- lar. Buning uchun ularda hali zarur koordinatsiya, muvozanat- ni saqlash, tayanch-harakat apparatlarining tayyorgarligi (suy ak-muskul tizimi va paylar yaxshi rivojlanmagan, tovon gum- bazi to‘la shakllanmagan bo‘ladi) bo‘lmaydi va shuning uchun prujinasimon xususiyatlar yetishmaydi. Tizimli mashg‘ulotlar natijasida 2,5 yoshli bolalarning uch- dan bir qismi turgan joyida oyoq uchida birmuncha aniq sakray oladigan va 20 sm balandlikdan sakrab tusha oladigan bo‘ladi. 3 yoshga yetganda bu malakani bolalarning 90 % egallaydi, biroq balandlikdan sakrashganda ularning barchasi oyoq kaftini to‘la bosib tushadilar. 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalar joyida turib uzunlikka sakrash malakasini egallay olmaydilar. Agar bu harakatga maxsus o‘rgatilsa, bolalar uni juda tez o‘zlashtiradilar. 2,5 yoshda bolalar turgan joyidan 10 sm dan 25 sm gacha, 3 yoshda esa 25–40 sm uzunlikka sakraydilar. Sakrashga o‘rganishda asosiy e’tibor yerga yumshoq tu- shishga qaratiladi. Bolalarni kelajakda sakrash texnikasini egal lashga tayyorlaydigan oddiy mashqlar asta-sekin joriy qilina boshlanadi (dastlabki holatlarda oyoqlarni parallel qo‘yish, oyoqni tizzadan bukish, “prujinasimon”, qo‘llarning erkin harakati). Sakrash masofasi ham uzayadi (70 sm dan kam bo‘lmaydi). Keyinchalik bolalar olti yoshga qadam qo‘yganlarida turgan joyidan va yugurib kelib uzunlikka (100 sm dan kam emas) va balandlikka (30–40 sm) sakrash texnikasi elementlarini o‘zlashtirib oladilar, qo‘l va oyoqlarini birmuncha muvofiq harakatlantiradilar. Biroq itarilish vaziyati yetarli darajada faol va keskin bo‘lmaydi. Sakrashga o‘rganishda yugurib kelishga (u qadamlarning tezlashishi bilan toq sanoqda: 3–5– 7–9 da tugaydi), o‘z vaqtida va kuch bilan itarilishga, turgan 91 joyidan balandlikka sakrashdagi kabi yumshoq tushishga e’tibor beriladi. Uzun, qisqa va aylanadigan arg‘amchilar bilan bajariladigan mashqlar kiritiladi. Yetti yoshga qadam qo‘ygan bolalar xilma-xil sakrash texnikasini yetarli darajada egallagan bo‘ladilar. Ularda qo‘l va oyoqlar harakatining yengilligi, ritmliligi, muvofiqligi birmuncha kuchli itarilish, parvoz uzoqligining ortishi, yerga tushishining yumshoqligi kuzatiladi. Sakrashni takomillashtirish uchun qisqa, uzun va aylan- tiriladigan arg‘amchilar bilan bajariladigan mashqlar, bir oyoqda navbati bilan sakrashlar, oyoqlarni to‘g‘ri va chalishtirilgan holda yengil sakrashlar, polga qator qilib predmetlardan sakrab o‘tish mashqlari; burilib va qo‘llarni turlicha harakatlantirib bajariladigan sakrashlar; oldinga, orqaga yon tomonlarga siljib sakrash va boshqalar tavsiya etiladi. Arg‘amchi bilan sakrash mashqlarini bajarish vaqtida bolalarda harakatlarni moslashtirish qobiliyati takomillashadi, chunki arg‘amchi bilan sakrash vaqtida qo‘l va oyoq harakatlarini aniq muvofiqlashtirib borish, bir maromda sakrash, aylanib turgan arg‘amchining yo‘nalishi hamda tezligi, sur’atiga muvofiq ravishda harakat qilish talab qilinadi. Arg‘amchi bilan sakrash mashqlari xilma-xil bo‘lib hayajon bilan bajariladi. Arg‘amchida sakrashni oldinga qarab sakrashdan boshlab o‘rgatiladi. Sakrashni turgan joyda, oldinga qarab yurish va yugurishdan keyin esa orqaga qarab sakrash, yonga qarab sakrash, diagonal yo‘nalishda sakrashlar. Arg‘amchi bilan sakrashlar bayramlarda bolalarni gimnastik chiqishlari vaqtida bunday mashqlardan keng foydalaniladi. Download 4.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling