Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
-§. Kichik va o‘rta guruh bolalariga
Download 4.53 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
4-§. Kichik va o‘rta guruh bolalariga
umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish Mazkur yoshdagi bolalar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlarini o‘tkazish vaqtida aniq topshiriqlar va taqlidiy hara- katlar mayda buyum va o‘yinchoqlardan foydalanish katta aha- miyatga ega bo‘ladi. Kichik guruhlar bilan o‘tkazilgan mash- g‘ulotlardan foydalanadigan buyumlar soni shug‘ullanayotgan bolalarning soniga barobar bo‘lishi kerak, aks holda, biror bolaga bayroqcha yoki koptokcha yetmay qolsa, bola qattiq xafa bo‘ladi va mashg‘ulotga qiziqmay qo‘yadi, yoki jahli chiqib predmetni o‘rtog‘ini qo‘lidan tortib olishga urinadi. Predmetlar bilan bajariladigan mashqlarning eng soddasi bayroqchalar yordamida bajariladigan mashqlardir. Xilma- xil va rang-barang bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar bolalarni o‘ziga jalb qiladi va ularga quvonch bag‘ishlaydi. Kichkintoylar bilan mashq o‘tkazish uchun sariq, yashil va ko‘k singari asosiy rangdagi bayroqchalardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalar umumrivojlantiruvchi mashqlarni bayroqchalardan tashqari shiqildoqlar, kichkina chambaraklar, kubiklar, o‘yin- choqlar, tayoqchalar bilan ham bajaradilar. Bu yoshdagi bolalarning o‘rtacha hajmdagi (18–20 sm) kop- tok bilan harakat qilishlari qulay bo‘ladi. Koptok bilan bajarila- digan mashg‘ulotlarning boshlanish qismida o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda bu mashqlardan keyin koptokni irg‘itish, ilib olish, yumalatish, nishonga tushurish mashqini tashkil etish qulay bo‘ladi va hokazo. Bunday hollarda mashg‘ulotning yakuniy qismida koptok bilan bajariladigan harakatli o‘yin o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Bir mashg‘ulotda birnecha mashqni qo‘shib o‘tkazilishi bolalar harakatini boyitadi, mashg‘ulotni o‘tkazish va tashkil etishni yengillashtiradi, uning zichligini oshiradi. Bu yosh guruhda qo‘l, oyoq, gavda muskullarini mus- tahkamlovchi, buyumsiz bajariladigan mashqlar hajmi biroz ko‘paytiriladi. 114 Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarganda bolalar erkin va chuqur nafas olishlari, mashq harakatlarini to‘g‘ri nafas ol- ish bilan qo‘shib olib borishlari kerak. Tarbiyachi bolalarga qay vaqtda nafas olib, qachon nafas chiqarish qulay ekanligini aytib turadi. Masalan, oldinga engashish va undan keyin rostla- nish harakati bo‘lsa, u holda nafas chiqarish engashish vaqtida, nafas olish esa rostlanish, ya’ni bolaning ko‘krak qafasi ken- gaygan vaqtida amalga oshirilgani maqsadga muvofiqdir. Bolalarga qachon to‘g‘ri nafas olib, qachon to‘g‘ri nafas chiqarish kerakligini yana bir marta mashg‘ulot jarayonida aniqlab olish uchun bolalarga ayrim tovushlarni va tovush turkumini talaffuz qilishni yoki “uf”, “uh”, “pastga” singari so‘zlarni aytish taklif qilinishi mumkin. Mashg‘ulotlarda ko‘pincha umumiy rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan mashqlar o‘tkaziladi. Bu mashqlarning har biri 4-6 martadan takrorlanadi. O‘rta guruhda 5-6 umumrivojlantiruvchi xususiyatga ega mashqlar tanlanadi, ularning har biri 4-6 martadan takrorlanadi. O‘rta guruhda inventarsiz bajariladigan umumrivoj- lantiruvchi mashqlar hajmi ortib boradi. Lekin, baribir bu mashqlarning kattagina qismi inventarlar bilan bajariladigan harakatlarga asoslangan bo‘ladi. Ilgari, sanab o‘tilgan jihozlardan tashqari, bunday mashqlarni bajarishda ko‘pgina kichkina koptoklar, arqonchalar, tayoqchalar, chambaraklar va ichi to‘ldirilgan to‘plar qo‘llaniladi. O‘rta guruhdagi bolalar zarur jihozlarni mutlaqo mustaqil ra- vishda olib keladilar. Har bir bola davradan chiqib shoshilmas- dan chambarakni, koptokni va boshqa shunga o‘xshagan zarur narsalarni oladida, yana o‘z joyiga borib turadi. Bunday vaqt- larda jihozlarni bir kichik jamoa bolalari, keyin esa ikkinchi kichik jamoa bolalari olishi qulaydir. Ikkinchi yarim yillikda jihozlarni tarqatish ishiga kichik jamoa boshliqlari ham jalb qilinadi. Mashqlarni bajarib bo‘lgandan keyin, bolalar kolonna bo‘lib saflanib turadilarda va buyumlar ni joyjoyiga qo‘yib o‘tadilar. 115 Tayoqlar va chambaraklar bilan bajariladigan mashqlar o‘rta guruhda asosan ikkinchi yarim yillikda, bolalar mustaqil saflanishni ancha bilib olganlaridan, hamda qo‘llarining asosiy holati va harakatini yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan keyin uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda o‘tkaziladi. Tayoq bilan bajariladigan mashqlar ichida eng ahamiyatlilari qo‘loyoqni yozish uchun uzatib, kerib qilinadigan harakatlar hisoblanadi. O‘rta guruhda polda yotgan tayoqlardan hatlab o‘tish va aylanib o‘tish mashqlaridan foydalanmaslik kerak. Yurish vaqtida bolalar chambarakni o‘ng yoki chap qo‘llarida osiltirib yoki yelkalariga osib ko‘taradilar. Chambarakni, shuningdek, bir qo‘llab yuqoriga ko‘targan holda olib yurish ham mumkin. O‘rta guruhda tarbiyachi bolalardan chambarak va tayoqning holatlari hamda harakat yo‘nalishlarida yuksak darajadagi aniqlikka erishishni talab qilmaydi. O‘rta guruhda uzun arqoncha bilan bajariladigan mashqlar keng tarqalgan. Uzun arqoncha bilan bajariladigan mashqlar- ni o‘rgatish vaqtida tarbiyachi ko‘pincha og‘zaki izohlash va ko‘rsatma berib turish usulidan foydalanadi. Oddiy koptoklardan tashqari og‘irligi 1 kgdan ortiq bo‘lmagan to‘ldirma to‘plardan foydalanish ham mumkin. Bunday mashqlar turli muskul guruhlarini qamrab oladigan bo‘lishi lozim. O‘rta guruhda to‘ldirma to‘plarni bir joydan ikkinchi joyga olib borish, yumalatish tashish, gavdani turli tomonga engashtirish va burish tavsiya etiladi. To‘ldirma to‘plarni bir-biriga irg‘itish, o‘ynash o‘rta guruhda qo‘llanilmaydi. Tarbiyachi bolalarning nafas olishini kuzatib boradi, nafasni to‘la chiqarish zarurligini eslatib, buni qay vaqtda amalga oshi- rilishini aytib turadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni reja-konspektini tuzish- da quyidagi talablarga amal qilish kerak: 1. Mashqlarni tanlashda bolalar yoshini, ruhiy xususiyatla- rini hisobga olish kerak. 2. Mashqlarni tanlashda ko‘proq bolalarni qaddi-qomatini to‘g‘ri shakllanishiga qaratilgan mashqlar bo‘lishi kerak. 116 3. Kichik va o‘rta guruh bolalariga mashqlar tanlashda ular taqlidiy xarakterga ega bo‘lishi lozim. 4. Umumrivojlantiruvchi mashqlar tanlashda bolalar gavda- sining hamma qismlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak: qo‘l va yelka-o‘mrov, oyoq va gavda muskullarini mustah- kamlovchi mashqlar. Download 4.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling