Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Katta guruh bolalari uchun mashqlar kompleksi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Katta guruh bolalari uchun mashqlar kompleksi
“Tayoq bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi 
mashqlar”.
1. 
D.h.: to‘g‘ri turish, oyoqlar yonma-yon holda, tayoqlar 
oldinda ikkita qo‘lda.
B.: 1-2 tayoqni yuqoriga ko‘tarish, oyoqlar uchida
ko‘tarilib cho‘zilish, 3-4 tayoqni pastga tushirish, dastlabki 
holat (8 marta).
2. 
D.h.: xuddi shuning o‘zi.
B.: 1-2 tayoqni yuqoriga ko‘tarish pastga oldinga tushirish

marta sekin va 4 marta tez bajariladi.
3. 
D.h.: oyoqlar birga, tayoq yelkalar orasida.
B.: 1-2 o‘ngga burilish, to‘g‘ri turish. 3-4 chapga burilish, 
to‘g‘ri turish. Har tomonga 6 martadan bajarish, boshni eg- 
maslik.
4. 
D.h.: xuddi shuning o‘zi, oyoqlar yelka kengligida.
B.: 1-2 oldinga engashish. 3-4 rostlanish (8 marta takror- 
lash).
5. 
D.h.: tik turish, oyoqlar birga, tayoq pastga tushurilgan.
B.: 1-2 o‘tirib, tayoqni sekin polga qo‘yish, 3-4 turish. 5-6 
o‘tirib tayoqni olish, rostlanish. Dastlabki holatga qaytish. (6-8 
marta takrorlash).
6. 
D.h.: chalqancha yotib, tayoqlar bosh tamon uzatilgan.
B.: 1-4 bir vaqtni o‘zida qo‘l va oyoqlarni ko‘tarib, oyoqlar 
uchini tayoqqa tekkizish. Dastlabki holatga qaytish. 4-6 marta 
takrorlanadi.
7. 
D.h.: Po‘lda chalqanchasiga yotish tayoq qo‘llarda.
B.: 1-2 polga yotgan holda tayoqni ikkala qo‘lda ushlab, 
tizzalarini bukib unga tekkizish.
Tayyorlov guruhi bolalari uchun umumrivojlantiruvchi 
mashqlar kompleksi
1. 
D.h.: tik turish, tovonlarni juftlab oyoq uchlarini ochish, 
qo‘llar bosh orqasida.
B.: 1-2 qo‘llarni yon tomonga, yuqoriga qilib uzatish, 3-4 
oyoq uchlarida ko‘tarilish. Dastlabki holatga qaytish (8 marta).
2. 
D.h.: shuning o‘zi, qo‘llar pastga tushirilgan.


122
B.: 1-4 qo‘llar bilan navbatma-navbat va baravariga oldinga 
va orqaga aylanma harakat qilish (8 marta).
3. 
D.h.: oyoqlarni chalishtirib chordona qurib o‘tirish, 
qo‘llar belda.
B.: 1-2 o‘ngga burilish, o‘ng qo‘lni yon tomonga uzatish 
va unga tikilish. 3-4 to‘g‘ri o‘tirish. Yuqoridagi harakatlarning
o‘zini chap tomonga bajarish (har bir tomonga 6 martadan). 
5. Dastlabki holat.
4. 
D.h.: chalqancha yotib, qo‘llarni gavda bo‘ylab uzatish.
B.: 1-4 oyoqlarni juft holatda, asta-sekin yuqoriga ko‘tarish 
va ohista tushirish. Dastlabki holat (6 marta).
5. 
D.h.: qorin bilan yotib, qo‘llarni oldinga uzatish.
B.: 1-4 qo‘llarni yon tomonga uzatish va belga qo‘yish, 
bosh- ni yuqoriga ko‘tarish (6 marta).
6. 
D.h.: shuning o‘zi, qo‘llar bosh orqasida.
B.: 1-2 qo‘llarni yuqoriga uzatib, chalqanchasiga yotib 
olish va yana qorin bilan yotish, bunda qo‘llar bilan yordam ber 
maslik kerak (6 marta).
7. 
D.h.: tik turish, qo‘llar pastga tushirilgan.
B.: 1-2 oldinga engashish, qo‘llarni oyoq uchlariga tekkiz- 
ish. 3-4 dastlabki holat (4-6 marta).

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling