Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


uchun umumrivojlantiruvchi mashqlarni tanlash va ularni


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

uchun umumrivojlantiruvchi mashqlarni tanlash va ularni 
o‘tkazish
Katta guruhda bolalar umumrivojlantiruvchi mashqlarni 
faqat tarbiyachining ko‘rsatmasi bilangina bajarmay, uning 
tushuntirishi orqali ham bajaradilar. Bunga ularning oldiga 
qo‘yilgan harakat topshiriqlarini tushuna olishlari, asosiy 
harakatlar yo‘nalishi (yuqoriga, pastga, yon tomonlarga, o‘ngga, 
chapga) haqida aniq tasavvurga ega ekanliklari asosiy holatlar, 
butun gavda va uning ayrim qismlari harakatlarini bilishlari, 
o‘z harakatlarini nazorat qila olishlariga yordam beradi. Katta 
guruhda gimnastika bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida har-
xil narsalardan foydalaniladi. Tayoqcha, halqa, koptok, arqon, 
arg‘amchi kokillar (o‘rilgan birnecha chilvirlar), katta keglilar, 
kublar ko‘proq qo‘llaniladi. Bolalarning o‘zlari jihozlarni bilib-
bilib olib keladilar, tarqatadilar va yig‘ishtirib oladilar.
Tayoqchalarni ushlash usullari xilma-xil bo‘lib boradi: 
tayoqcha uchidan, o‘rtasidan, bir qo‘l bilan tayoqchaning bir 
uchidan, ikkinchi qo‘l bilan o‘rtasidan va hokazo ushlanadi. 
Ushlashning ana shu barcha usullarida tayoqcha ustki yoki 
pastki tomondan va yuqori tomondan ushlanadi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarning tayoqcha bilan bajaradigan mashqlarida 
ushlash asosan o‘zgarishsiz amalga oshiriladi.
Uzun tayoqchalar (2,5–3 m), katta halqalar (diametri 1,5 
m) bilan mashq qilish maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni 
bajasishda bir jihozda bir vaqtning o‘zida bir nechta yoki 
ko‘p bolalar harakat qiladilar. Har bir bola o‘z harakatlarini 


118
shug‘ullanuvchi boshqa bolalarning harakatlari bilan moslashti- 
rishlari kerak bo‘ladi.
Inventarlar bilan mashq bajarish vaqtida tarbiyachi aytil- 
gan yo‘nalishda buyumlarni aniq ko‘chirish, buyumlarning 
shuningdek, qo‘l, oyoq va gavda dastlabki, oraliq va oxirgi 
holatining aniq bajarilishiga erishadi.
Oddiy koptoklardan tashqari, og‘irligi 1 kg keladigan 
to‘ldirma to‘plardan ham foydalaniladi. To‘ldirma to‘plar bilan 
bajariladigan mashqlar ikkinchi chorakdan boshlab o‘tkaziladi 
va har bir mashg‘ulotda 3-4 mashq bajariladi. Bu mashqlar har 
bir guruh muskullarini harakatga keltirishi kerak. Bu to‘pni bir 
joydan ikkinchi joyga olib qo‘yish, dumalatib borish, to‘pni 
olib borib qo‘yish, to‘ldirma to‘pni uzatish, har xil tomonga 
egilishlar, gavdani burish, ikki qo‘llab koptok ushlagan holda 
cho‘qqayib o‘tirish mashqlaridir. To‘ldirma to‘pni oshirib otish 
katta guruhda kamdan kam qo‘llaniladi.
Katta guruhda mashg‘ulot o‘tkazish uchun barcha 
muskullarni o‘stiruvchi mashqlardan 6-8 tasi tanlab olinadi va 
ular murakkabligiga qarab 6-8 martadan takrorlanadi. Har bir 
mashg‘ulotda 1-2 tadan ortiq yangi mashqdan foydalanmaslik 
kerak. Tarbiyachi mashg‘ulotlar orasida nafas olib, to‘g‘ri nafas 
chiqarishni bolalarga aytib o‘tadi.
7 yoshga qadam qo‘ygan bolalarning umumrivojlantiruvchi 
mashqlarni yuksak darajada ijro etishlarini ta’kidlab o‘tish 
zarur. Aniq maromli harakatlar bolalarni qiziqtiradi, ular 
bunday harakatlarni ishtiyoq bilan bajaradilar, gavdani zarur 
holatda to‘g‘ri tutishga o‘zlaricha, mustaqil ravishda harakat 
qiladilar, yo‘nalishni aniq oladilar, jamoa mashqlarni bajarishda 
harakat ko‘lamining yaxshi bo‘lishiga, harakatlarning bir biri- 
ga muvofiq bo‘lishiga intiladilar.
Bolalar ayniqsa musiqa jo‘rligida bajariladigan mashqlarni 
juda yaxshi ijro etadilar. Harakatlarning mayin va ifodali 
bo‘lishi ortadi. Bularning bari bolalarda o‘z harakatlarini be- 
malol boshqara olish imkoniyati o‘sib borayotganligini, olingan 
harakat topshirig‘iga to‘la muvofiq keladigan tarzda harakat qi- 
lishlarini ko‘rsatadi.


119
Shuni nazarda tutish kerakki, mashqlardagi fiziologik 
hamda emotsional vazifalar o‘zgarib turgan taqdirdagina puxta 
o‘zlashtirib olingan gimnastik mashqlar o‘zining yaxshi samara- 
sini beradi. Mana shuning uchun ham mashq tanlaganda uning 
xilma-xil bo‘lishiga, harakatlar ko‘lami va sur’atining o‘zgarib 
turishiga, mashqlarni baho olish uchun va musobaqada qatna- 
shish uchun turli usullarda bajarilishiga va boshqa shu kabi to- 
monlarga ahamiyat berish lozim.
Mazkur metodik usullarning hammasi umumiy rivojlanish 
mashqlariga barqaror qiziqish uyg‘otishda yaxshi yordam 
beradi. Bolalar tomonidan jismoniy mashqlarni muntazam ra- 
vishda takrorlab turish zarur ekanligini tushintirish ham bunga 
yordam beradi. Ular bu mashqlarni faqat o‘zlariga yoqqanligi 
uchun emas, balki ularning foydali bo‘lganligi, bajarish zaru- 
rligi uchun ijro etishlarini tushunib olishlari kerak. Harakat- 
larni muttasil ravishda doimo murakkablashtirib borishga, 
ularga akrobatik alomatlarni kiritishga, kuch talab qilinadi- 
gan mashqlarni ko‘paytirishga hech qanday zaruriyat yo‘q. 
Agar puxta o‘ylangan va tekshirilgan, shifokor va pedagoglar 
sinovidan o‘tgan, yetarli asos bo‘lmasa jismoniy tarbiyaning 
yangi vositalaridan foydalanishning iloji yo‘q. Tayyorlov gu- 
ruhida muskullarning, gavdaning turli qismidagi muskul va 
bo‘g‘imlarning: qo‘l va yelka-o‘mrov muskullarining, oyoq, 
gavda, bo‘yin muskullarini muayyan ravishda rivojlantirishga 
qaratilgan mashqlarni o‘rganish va takomillashtirish davom 
ettiriladi.
Ayrim mashqlar bilan bir qatorda bolalarga bir-biri bilan 
hech qanday oraliqsiz qo‘shilib ketadigan bir qator mashqlarni 
bajarishni ham taklif etib ko‘rish kerak. Bolalar endilikda bir 
qancha umumiy rivojlanish mashqlarini bir-biriga muvofiqlashti 
rishni biladigan va buni qanday izchillikda bajarishni eslab qo- 
lishga qodir bo‘ladilar.
Mashg‘ulotlarda ikki bola baravar bajaradigan, ya’ni juft-juft 
bo‘lib bajariladigan mashqlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan 
topshiriqlarni tez-tez berib turish kerak. Bunday mashqlarni 
bajarishda har ikkala bola faol qatnashadi. Ular faoliyatining 


120
xususiyati bir bo‘ladi (har ikkala bola o‘rtada yotgan tayoq yoki 
arqonchani o‘tirgan joyida o‘z tomoniga oyoqlari bilan tortib 
olishga harakat qiladi). Boshqa hollarda esa bolalar mashqlar- 
ni bajarishda bir-birlariga yordam beradilar (bir bola mashq ba- 
jarayotgan o‘rtog‘ining oyog‘idan ushlab turadi, ikkinchisi esa 
gimnastika skameykasida ko‘ndalang yotgan holda engashadi). 
Birgalikda bajariladigan mashqlar bolalarni o‘z kunini to‘g‘ri 
taqsimlashga, bunda uchraydigan muayyan qarshiliklarni 
hisobga olishga o‘rgatadi.
To‘ldirma to‘plar bilan o‘tkaziladigan mashqlar tobora ko‘p 
roq foydalaniladi. Ularni bir-biriga otib ilib olish, to‘p ustida 
muvozanat saqlab yotish, koptokni belga qo‘yib va oyoqlar 
orasiga qisib, bir joydan ikkinchi joyga olib borish singari 
mashqlar kiritiladi va hokazo.
Tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlar uchun umumrivoj-
lantiruvchi xususiyatga ega mashqlardan ko‘pi bilan 6-10 xil 
mashq tanlanadi. Bu mashqlar taxminan 6-8 martadan, asosan, 
yaxshi kayfiyat bilan jadal sur’atda bajariladi. Bolalar nafas 
olish maromini harakatlarning bajarilish xususiyati bilan 
muvofiqlashtirish, ularni bir-biriga moslashtirishni bilishlari 
kerak.
Katta va tayyorlov guruh bolalari uchun mashqlarni tanlash- 
da ularni o‘ziga xos psixalogik va fiziologik xususiyatlarni 
hisobga olgan holda mashql arni barcha muskullarni o‘stiruvchi 
mashqlardan 5-6 tadan tanlanadi va ular murakkabligiga qarab 
8 martadan takrorlanadi.


121

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling