Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

O‘yinga rahbarlik qilish. O‘yinga tayyorgarlik va yig‘ilish 
endilikda na tarbiyachini, na bolalarni qiynaydi. Bolalar ancha- 
gina mustaqil va uyushgan, ular o‘yin uchun zarur sharoit (jihoz 
larni tayyorlash, maydonchani tozalash va hokazo)ni yaratishda 
yordamlashadilar.
O‘yinda mas’uliyatli vazifalarni bolalarning o‘zlari 
bajarishadi. O‘yinda tarbiyachining ishtirok etishi shart emas. 
U o‘yin davomida o‘yinga rahbarlik qilib, o‘yin qoidalarini 
eslatib, uning bajarilishini diqqat bilan nazorat qilib boradi, 
signallar berib turadi, shuningdek, bolalar harakatlarini 
to‘g‘riligini kuzatib boradi.
Biroq, ba’zan o‘yinda tarbiyachining ishtirok etishi shart 
bo‘lib qoladi. U mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olib tutib 
oluvchi qanday tez harakat qilishi, o‘yinda u yoki bu harakatni 
qanday qilib to‘g‘ri bajarishi kerakligini ko‘rsatishi mumkin.
O‘yinda tarbiyachining ishtirok etishi o‘yinni jonlantirib 
yuboradi, bolalar o‘yinga bajonidil kirishadilar.
Rollarga bo‘linish ko‘pincha tarbiyachi ishtirokida
ayniqsa teng kuchli zvenolarga bo‘linish vaqtida amalga 


139
oshiriladi. Rollarga bo‘linishda va boshlovchini tanlashda hazil 
sanoqlaridan foydalaniladi. Masalan:
Bir, ikki-o‘n olti,
O‘n olti deb
Kim aytdi?
Tishim bir tushib, chiqdi,
Yoshim yettiga yetdi.
Onaboshini mana shunday usulda ham tanlash mumkin. 
Bolalar doira bo‘ylab turadilar, tarbiyachi bolalardan birining 
ismini aytadi, u bola oldinga bir qadam tashlab, tezda o‘nlik 
ichidagi sonlardan birini aytadi va qaysi tomonga – o‘ngga, 
chapga sanab borishni aytib qo‘shimcha qiladi. Shunga muvofiq 
bola doira bo‘ylab kerakli raqamgacha sanab boradi. Aytilgan 
raqam kimga to‘g‘ri kelsa, o‘sha bola onaboshi bo‘ladi.
Katta guruhda o‘yinni tushuntirish oldingi guruhlardan 
faqat o‘yin davomida olib borilishi bilangina farq qilmaydi. 
Tarbiyachi o‘yinni boshidan oxirigacha tushuntiradi, ayniqsa 
uning qoidasiga bolalar e’tiborini jalb etadi. O‘yinning 
muvaffaqiyatli o‘tishi bolalarning o‘yin qoidasini qanchalik 
tushunganliklariga bog‘liq. Tarbiyachi savollar berish, qoidani 
qaytarish, mazmunini mustaqil so‘zlab berishni taklif etish 
orqali bolalar o‘yin, o‘yinning borishini va uning qoidasini 
tushunganliklari haqida qanoat hosil qiladi. Bolalarga tanish 
o‘yinlarni takrorlashda u bolalarga o‘yin va uning asosiy 
qoidasini so‘zlab bering deb iltimos qiladi. Tarbiyachi o‘yin 
oxirida yakun yasaydi, bolalarni yutug‘i, kamchiligini aytib, 
kim qoidalarni buzganini aytadi. Yakunlash katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling