151
kuzatuvchanlik, muayyan harakat texnikas ini, harakatning
tezkor reaksiyasini egallashni talab qiladi.
Sog‘lomlashtirish, ta’limiy
va tarbiyaviy vazifalarning
birligi, ular yordamida hosil bo‘ladigan emotsional ko‘tarinkilik,
harakatlarni takomillashtirish mumkinligi, u yoki bu o‘yinlarni
birlashtiruvchi belgi hisoblanadi. Biroq, agar harakatli
o‘yinlarda bolalar ijobiy tashabbus ko‘rsatgan holda turli
harakatlardan foydalansalar, sport o‘yinlarida harakatlarning
bir qadar
chegaralanganligi kuzatiladi, bu mazkur o‘yinning
o‘ziga xos xususiyati va harakat faoliyati texnikasining aniqligi
bilan belgilanadi. Sport o‘yinlarida qatnashuvchilar soni aniq
belgilangan, ularning vazifalari taqsimlangan, o‘yin muddati
vaqti chegaralangan bo‘ladi. O‘yinlarni o‘tkazish
shartlari
maxsus tayyorlanadigan joyni, belgilangan maydonchani,
tegishli jihoz va inventarlarni talab qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘yinlarda bolalar sport o‘yinlari
texnikasining umumiy talablariga javob beruvchi to‘g‘ri ko‘-
nikmalarni egallaydilar. Bu ko‘nikmalar ko‘pincha o‘yinlarni
qayta o‘rganishni istisno etadi va maktabga tayyorlanish uchun
muhimdir.
Bolalarning sport o‘yinlarini (basketbol, voleybol, tennis)
o‘ynashi uchun ular to‘pni erkin egallash ko‘nikmasiga ega
bo‘lishi muhimdir. To‘p
bilan harakat qilish, tutib olish, ilib
olish va ushlab turish, to‘pni yo‘nalishini belgilab olish,
fazoda
to‘g‘ri mo‘ljal olish kabi zarur malakalarni rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: