Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

O‘yinga rahbarlik qilish. O‘yinni izohlab tushuntirish 
muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi o‘yinning nomini aytib, 
mazmunini tushuntirgach, qoidalarni bayon etadi. O‘yinni 
tushuntirar ekan, u har bir personajning harakati mazmunini, 
ma’nosini ta’kidlab, har bir harakat xususiyatining mohiyatini 
ochib beradi (tovuqlar tulki ularni olib qochishga urinmasligi 
uchun tez-tez harakat qilib, qo‘noqlariga chiqib oladilar). 
Bunda faqat eng asosiy ma’noni ochib berish kerak. Izoh esa, 
aniq va jonli bo‘lishi kerak. Tarbiyachi o‘yinni birinchi marta 
tushuntirib berayotganida, bolalarga qiyin bo‘lgan harakatlarni 
yoki o‘zi ko‘rsatib beradi, yoki buning uchun bolalardan birini 
tanlaydi.
Bolalar o‘yinni to‘g‘ri tushunganliklariga hamda uning 
harakat mazmunini yaxshi tasavvur etishlariga ishonch hosil 
qilish juda muhimdir. Boshlovchi o‘z vazifasini qanchalik 
to‘g‘ri tushunganini aniqlash zarur (uydan tashqariga chiqib 
olgandan keyin tutmaslik va hokazo).
O‘rta guruhda tarbiyachi boshlovchi vazifasini kamdan 
kam o‘ynaydi. Yil davomida u barcha bolalarni ham boshlovchi 
bo‘lishga o‘rgatadi. Tarbiyachi bolalarni boshlovchilik vazifasi- 
ga tanlar ekan, har bir bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga 
oladi. Masalan, yumshoq tabiat, uyatchan bolaga birdan bo‘ri 
yoki ayiq vazifasini bermaydi, chunki u vazifalar qat’iyat va 
tezkorlik bilan harakat qilishni talab qiladi. Bora-bora bolalarning 
o‘zlari ham boshlovchi tanlash ishiga jalb qilinishlari mumkin. 
Bolalarni mas’uliyatli vazifasini bajarishga sanoq yordamida 
tanlash mumkin.


137
4-§. Katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida 
harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodlari
Bolalarni hayotga tayyorlashda harakatli o‘yinlarni 
o‘tkazib turish shartdir. Harakatli o‘yin kunning har xil qismida 
va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi. Tarbiyachi 
tomonidan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar 20 minutgacha 
davom etadi. Ertalab, nonushtaga qadar bolalarni qiziqtiradigan, 
kam harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi.
Nonushtadan keyin o‘tiladigan mashg‘ulot (rasm chizish, 
narsa yasash, ona tili, sanoq va hokazo) boladan uzoq vaqt 
bir holatda turishni va diqqatni bir joyga to‘plashni talab etsa, 
unday vaqtda individual va kichik guruhlarga bo‘linib, uncha 
katta bo‘lmagan jadallikdagi harakatli o‘yinlarni (halqaga 
tashash, kegli, ashula aytib o‘ynaladigan o‘yinlar va hokazo) 
o‘ynash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar vaqtida 
tarbiyachi birnecha oddiy mashqlar (jismoniy tarbiya daqiqasi)
ni bajarish mumkin. Bu mashqlar xona bo‘ylab harakat qilishni 
nazarda tutmaslik kerak, ular stol atrofida o‘tirib yoki oraliqda 
(bo‘g‘imlarni aylantirish, qo‘llarni silkitish, boshni burish, 
cho‘qqayish, engashish, burilish va hokazo). Mashg‘ulotlar 
orasidagi vaqtda mashqlar bilan ko‘p shug‘ullanmaslik kerak. 
Bolalarda ham, tarbiyachida ham muomalali bo‘lish, fikr 
almashish, navbatdagi mashg‘ulotga tayyorlanish uchun bo‘sh 
vaqt qolishi kerak.
Sayr vaqtida (ham ertalabki, ham kechqurun) harakatli fao- 
liyat bilan faol shug‘ullanish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi 
sayr vaqtida bolalarning har xil o‘yinlar: harakatli, qurilish, 
mazmunli rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar o‘ynashlarini, 
sport mashqlarida qatnashishlarini kuzatib turadi. Yugurish
sakrash bilan bajariladigan jadal harakatli o‘yinlarni sokinroq 
o‘yinlar bilan navbatlashtirib turish muhimdir.
Maydonda tarbiyachi rahbarligida bolalar bilan 
o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar ikki reja asosida amalga 
oshiriladi. Tarbiyachi bolalarning qiziqishi bo‘yicha harakatli 


138
o‘yinlar o‘ynash uchun bolalarga mustaqil sur’atda uncha katta 
bo‘lmagan guruhlarga birlashishni taklif etadi, boshlovchi 
tanlashda ularga yordam beradi, qoidani eslatadi, boshlagan 
o‘yinni davom ettirganlarni rag‘batlantiradi, bunday o‘yinlarga 
tabiatan vazmin, uyatchan bolalarni kiritishga harakat qiladi. 
Shu bilan birga har kuni sayr vaqtida tarbiyaviy ishning rejasi 
ostida bitta yoki bir nechta harakatli o‘yinlar o‘tkazadi. Katta 
guruhda jamoa bo‘lib o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarni tashkil 
qilish ko‘p vaqt olmaydi. Bolalar bu o‘yinlarni yaxshi ko‘radilar. 
Ishoraga qarab o‘yinga hammalarining yig‘ilishlarini oldindan 
kelishib olish mumkin.
O‘yinda tarbiyachi hamma bolalarni ishtirok ettirishga 
intilar ekan, ularning ijodiy o‘yinlariga hurmat bilan qarashi 
kerak. Agar bolalardan birontasi o‘yin vaqtida o‘zining ijodiy 
o‘yini bilan band bo‘lsa, uni harakatli o‘yinga ishtirok etishga 
majbur qilmaslik kerak. U bilan biroz qiyinroq individual holda 
o‘ynash mumkin.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling