Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Download 4.53 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Nafas olish. Bolada ko‘krak qafasi tuzilishidagi mavjud
yosh xususiyatlari asorati (qovurg‘aning biroz og‘ishi yuqorida turuv- chi diafragma) tufayli nafas olish chuqur bo‘lmaydi. Jismoniy mashqlar ko‘krak qafasi harakatchanligining kuchayishiga, nafas olishning chuqurlashishiga, o‘pkaning hayotiy ko‘lamining kengayishiga, qonning kislorod bilan to‘yinishiga yordam beradi. Ular yurak-qon tomir tizimi faoliyatini takomillashtiradi, organizmning energiya bilan ta’minlanishini kuchaytiradi va shu asnoda uning ish qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun bolaning to‘g‘ri nafas olishi barcha mashqlarni bajarishida muhim rol o‘ynaydi. Bolalarni harakat fazasini nafas olish fazasi bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borish va shu asnoda nafas olish apparati ishini takomillashtirishga o‘rgatish lozim. Bolalar bog‘chasi tarbiyachisi turli mashqlardagi to‘g‘ri nafas olish va nafas chiqarish paytlarini aniq tasavvur qilishi shart. Yelka kamari muskullarini rivojlantirish mashqlaridagi nafas olish qo‘llarini yon tomonga, orqaga uzatgan, yelkadan kengroq qilib yuqoriga ko‘targan chog‘dagi ko‘krak qafasining kengayishiga to‘g‘ri keladi; nafas chiqarish esa ko‘krak qafasining qo‘llarni pastga tushirgan, oldinga o‘tkazib chapak chalgan holdagi qisqarishi bilan bog‘liqdar. Oyoq va qorin muskullarini mustahkamlovchi mashqlarda nafas olish – oyoqlarni rostlash, nafas chiqarish esa ularni tizzadan bukish, cho‘qqayish paytida kechadi. Gavdaga mo‘ljallangan, orqa muskullarini va umurtqa egiluvchanligini mustahkamlovchi mashqlarda nafas olish oldinga engashib, rostlangan choqqa to‘g‘ri keladi, nafas chiqarish esa gavdani oldinga-pastga engashtirishga to‘g‘ri keladi; yon tomonlarga engashishlarda nafas olish bir tomonga, masalan, o‘ngga engashganda, boshqa tomonga (chapga) 106 engashganda nafas chiqarishga to‘g‘ri keladi yoki bir tomonga engashganda nafas chiqariladi, rostlanganda nafas olinadi. Gavdani to‘la burganda bir tomonga burilish chog‘ida nafas olinadi, ikkinchi tomonga burilib, nafas chiqariladi (navbati bilan har tomonga). Yarim burilishlarda nafas olish bir tomonga burilgan paytga to‘g‘ri keladi, nafas chiqarish esa tik to‘g‘ri turgan holatga to‘g‘ri keladi, xuddi shuning o‘zi boshqa tomonga burilganda amalga oshiriladi. Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarni burundan nafas olishga o‘rgatish lozim. Bu o‘pkaga havoning bir tekis kirib turi- shini ta’minlaydi, bundan tashqari havo burundan o‘tayotganda iliydi va tozalanadi. Jismoniy mashqlarni muntazam qo‘llash zarur shartli reflek- torli aloqalarning hosil qilinishiga yordam beradi va bolalarda asta-sekin ritmik nafas olish stereotipi tarkib topadi. Bolalarga qo‘yiladigan talablarni murakkablashtirish. Ikki yoshli bolalarni harakatlarga o‘rgatishda murakkab bo‘lmagan mashqlardan foydalaniladi. Bunda kichkintoylarda harakat koordinatsiyasining yetarlicha rivojlanmaganligi va ularning harakat aktini bo‘la olmasliklari hisobga olinadi. O‘yin usullari, emotsional-obrazli mashqlarni qo‘llash, bolalarning “Qushcha”, “Shaqildoq” va shu tipdagi harakatlarni tarbiyachi bilan bir vaqtda bajarishlari juda samarali bo‘ladi. 3 yoshli bolalar bir qadar harakat tajribasiga ega bo‘ladilar, tushuntirishlarni tinglay oladilar, harakatlarni kuzata oladilar, ularni yetarlicha to‘g‘ri idrok qila oladilar. Bu esa mashqlar hajmini oshirishga, ularni xilma-xilligiga, mashqlarni aniq ba- jarishga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirishga imkon beradi. 4 yoshli bola yetarli barqaror diqqatga ega bo‘ladi, harakatlarni bajarishga oid talablarni tushunadi, mustaqillikka intiladi, o‘z harakatlarining natijalari bilan qiziqadi. Ana shu o‘zgarishlarni hisobga olib, mashqlarni murakkablashtirish, yuklamani oshirish, qaddi-qomatni tutishga katta talablar qo‘yish, ta’limning ko‘rgazmali va og‘zaki usullaridan foydalanish to‘la mustaqil harakat qilishga imkon berish mumkin. 107 5 yoshli bolalarda aniqlik, koordinatsiya, harakatlarda ishonchlilik hosil qilingan bo‘ladi. O‘quv vazifalarini tushunish, harakatlarni yaxshi sifat bilan bajarishga intilish qaddi- qomatga aniqlik, harakatlarning maqsadga yo‘nalganligiga, mustaqillikka qo‘yiladigan talablarni oshirish imkonini beradi. 6 yoshli bolalar yaxshi qaddiqomatga, harakat ko‘nik- malarining katta zaxirasiga, o‘z-o‘zini nazorat qilish va harakat sifatini baholash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Ular og‘zaki ko‘rsatmaga to‘g‘ri amal qiladilar, harakatlarni aniq, ishonch bilan bajaradilar, bajarish jarayonini fazo atamalaridan foydalangan holda tushuntiradilar (“Bayroqchalarni yuqoriga ko‘tarish, shundan so‘ng ularni o‘ngga, pastga uzatish, yana yuqoriga ko‘tarish va chapga, pastga uzatish kerak”). Bolalar ijodiy topshiriqlarni emotsional idrok etadilar: harakatlarni o‘zgartiradilar, turlicha kombinatsiyalaydilar, yangilarini o‘ylab topadilar. Umumrivojlantiruvchi mashqlar nihoyatda xilma-xil. Ular bolalar tomonidan buyumlar yordamida va buyumlarsiz ham ba jariladi. Bunday mashqlar faqat poldagina emas, balki maxsus gimnastik asboblarda ham bajariladi (masalan, yerdagi va devor narvonchalarida, taxtalar ustida). Download 4.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling