152
maydoncha ustiga osilib qolganday bo‘ladi. Bu o‘yinni ancha
xavfsiz qiladi. Standart o‘lchamli basketbol xalqasi to‘siqning
pastki chegarasidan 20 sm narida, yerdan 1,7-2
metr balandlikda
mustahkamlanadi. Maydoncha chegaralaridan 1 metr masofada
skameyka, ustun va hokazolar bo‘lmasligi kerak. To‘siqdan 1,5
metr narida maydoncha ichida jarima to‘pi tashlash chiziqlari
chiziladi. Bolalar yerga urilganda yaxshi qaytadigan to‘plar (ay-
lanasi 40x50 sm) bilan basketbol o‘ynaydilar. O‘yinning maqsa-
di – o‘yin uchun
ajratilgan vaqt mobaynida, to‘pni olib yurib
va uning komandadagi sheriklariga oshirib,
boshqa komanda
savatiga mumkin qadar ko‘p to‘p tashlashdan iborat. Koman-
da tarkibi 5 tagacha kishidan iborat. O‘yin 3-5 minutdan ikki
taym o‘ynaladi. Savatga to‘p tushurilgani uchun 2 ball beriladi.
Qo‘ldagi to‘p bilan 3 qadamdan ko‘p
qadam tashlash mumkin
emas. To‘pni maydonchadan urib qaytarib, to‘p bilan harakat-
lanish mumkin. O‘yinchilarni turtish, kiyimlari va qo‘llaridan
ushlab olish, chalish mumkin emas. Qoidani buzgani uchun to‘p
olib qo‘yiladi va boshqa komanda o‘yinchisi
tomonidan yon
chiziqdan o‘yinga kiritiladi. O‘yin qoidalarini qo‘pol ravishda
buzganligi uchun o‘yinchi 1–3 minutga maydondan chiqarib
yuboriladi. Lekin bunda uning o‘rniga boshqa o‘yinchi
tushib
o‘ynashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: