Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

(1,2-rasm).
1-rasm.
2-rasm.
1–Ertalabki gimnastika uncha uzoq vaqt davom etmaydigan 
yurishdan boshlanadi. Bunday yurish bir xil va zerikarli 
bo‘lmasligi kerak. U turli tarzda: ketma-ket bo‘lib turib, juft- juft 
bo‘lib turib, tarqalib yurib va boshqa istalgan tartibda saflangan 
holda bajaradilar. Yurishdan asta-sekin yengil yugurishga (zal 
bo‘ylab 1,5–2 marta doira yasab) yugurishdan esa yana sekin 


229
yurishga o‘tiladi. Mana shu sekin yurish vaqtida qayta saflanish 
amalga oshiriladi.
2–Yil boshida bolalar umumrivojlantiruvchi mashqlarni 
bajarish uchun ko‘pincha davra qurib turadilar. Yilning ikkinchi 
yarmida ularni zvenolarga bo‘lib ham shug‘ullantiriladi.
3–Ertalabki gimnastika mashqlar kompleksidagi umumiy 
rivojlanish mashqlarining joylanish sxemasi avvalgi guruhlarda 
qanday bo‘lsa bunda ham shunday: dastlab yelka-o‘mrov va 
qo‘l muskullarini mustahkamlovchi mashqlar keyin esa oyoq 
va gavda muskullarini mustahkamlovchi mashqlar bajariladi. 
Mashqlar kompleksining mazmuni bolalar shu yil yoki o‘tgan 
yili mashg‘ulotlarda o‘rgangan mashqlaridan iborat bo‘ladi. 
O‘rta guruhdagi ertalabki gimnastikada har turli dastlabki 
holatlar (tik turish, o‘tirish, cho‘kkalab turish) va qo‘lning har 
xil dastlabki holatlari (yon tomonlariga, oldinga uzatish, belga, 
yelkalarga qo‘yish va boshqalar) dan foydalaniladi. Mashqlar 
uchun mayda buyumlar (kubiklar, ro‘molchalar va boshqalar) 
dan tashqari o‘rtacha hajmdagi to‘plar, keglilar ham qo‘llaniladi. 
Turli muskul guruhlari uchun mo‘ljallangan mashqlar 4–6 
martadan takrorlanadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlardan 
so‘ng turgan joyda sakrash mashqlari o‘tkaziladi. Bu mashqlar 
tobora har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: oyoqlar kerilgan–
oyoqlar juftlangan atrofga burilishlar bilan polda yotgan lenta 
ustidan oldinga orqaga hatlab kegli atrofida oldinga surilib 
sakrash kabi. Sakrash me’yori har safar 15–20 tadan. Sakrash 
mashqlari turgan joyda yugurish yoki zal atrofida yugurish 
bilan almashtirilishi mumkin. Bunday yugurishdan keyin sekin 
yugurishga o‘tiladi. Ertalabki gimnastikada ba’zan sakrash va 
yugurish o‘rniga oddiy lekin his-hayajonli ruhdagi harakatli 
o‘yin o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ertalabki gimnastikaning 
har bir mashqlar kompleksi bir hafta mobaynida takrorlanadi. 
Ayrim mashqlarni tarbiyachining xohishi bilan almashtirish 
mumkin. Ertalabgi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari nafaqat 
bola balki katta yoshdagi kishilar uchun ham juda foydali 
hisoblanadi.


230

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling