224
boshlaydi. Mashq bajarilayotgan vaqtida qachon nafas olish
va qachon nafas chiqarish qulay ekanligini
bolalarga eslatib va
ko‘rsatib turish, ular yugurgan, sakragan vaqtlarda nafas olish
va chiqarish qoidasini to‘xtatib,
uni buzmasliklarini kuzatib
turishi kerak.
Yurish, yugurish, sakrash va ertalabki gimnastika barcha
mashqlar kompleksining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xuddi mana shu mashqlar bola organizmiga eng ko‘p his-
hayajonli ta’sir ko‘rsatadi. Kichik-kichik
miqdorlarda har
kuni bajariladigan bunday mashqlar, mashq tufayli paydo
bo‘lgan ijodiy samaraga olib keladi.
Ertalabki gimnastikaning
boshlanishda katta qadam tashlab yugurish mashqi
qo‘llanilmaydi. Aksincha, bir me’yorda
mayda qadam tashlab
yugurish mashqi bajarilib, bunda oyoq uchlarida yugurishga,
qo‘llarini
erkin bukishga, gavdani to‘g‘ri tutib oldinga qaragan
holda yugurishga ko‘proq e’tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: