Maktabgacha yoshdagi bolalarda kasblar olami haqidagi tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari
Download 108 Kb.
|
Ab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy psixologiyaning muhim jihatlari
Kasb tanlash bosqichi Kasbiy shakllanish yo‘li va tezligi bir guruh omillar bilan belgilanadi. Ularga yosh, individual-psixologik, kasbiy texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kiritish mumkin.
Kasblar turkumlari Kasbiy rivojlanish - bu yo‘nalish salohiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati samaradorligini oshirib borish bilan belgilanadi. Kasbiy shakllanishining psixologik jihati. Shaxsning kasbiy rivojlanish va kasbiy jihatidan o‘zini topa olish uchun o‘z ustida ishlashi va turli masalalarni hal qilish uchun bor kuchini sarflash, shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi destruktiv an'analarni o‘zlashtirishda kishilarga psixologik madad va yordam ko‘rsatish, kasbiy jihatdan o‘zini anglash imkon yaratish lozim. Insonning kasbni psixologik imkoniyatlarini kasbiy faoliyat mazmuni va talablari bilan bo‘lgan jihatlarini mustaqil anglab olishi, shuningdek ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda bajariladigan ishidan ma'no topishi, kasbiy jihatdan o‘zini asray olish lozim. Inson shaxsiga yo‘naltirilgan mahsuldor kasbiy faoliyatda doimiy o‘z-o‘zini o‘zgartirib turishi, tayyorgarligi va kasbiy imkoniyatini, o‘zini ruyobga chiqarishi, kasbiy hayotini boshqara olishi, kasbiy rivojlanish va lavozimda ko‘tarilishdagi destruktiv vaziyatlarni yengib o‘tish bilan bog‘liqdir. Professionalizatsiya destruksiyalari. Professionalizatsiya jarayonidagi miqdor va sifat o‘zgarishlar, shaxsning rivojlanishi va deformatsiyasi bilan kuzatiladi. Kasbiy psixologiyaning muhim jihatlari – bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat. Kasbiy psixologiyasining predmetining ta’rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq: Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash; Kasbiy psixologiya predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish; Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proyektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish; Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish; Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya’ni shaxsning deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar; Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish; Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash; Kasbiy maslahat, kasbiy ma’lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jihatlari, attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Download 108 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling