Maktabgacha yoshdagi bolalarda kasblar olami haqidagi tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari


Kasbiy psixologiyaning metodologik asosi


Download 108 Kb.
bet11/16
Sana10.04.2023
Hajmi108 Kb.
#1348130
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ab

Kasbiy psixologiyaning metodologik asosi – bu shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi ya’ni ular o‘z yo‘nalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy holatlarga, hayotiy muhim kasbiy voqealarga bog‘liq bo‘ladi.
Kasbiy shakllanish – bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya’ni kasbiy ta’lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm hamda mahorat bosqichlarini ajratish mumkin.
Kasbiy psixologiyaning asosiy konseptual qoidalari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.

Asosiy tushunchalar

Konseptual qoidalar

Kasbiy shakllanish

Kasbiy shakllanish – bu shaxsning kasb tanlash jarayonidagi kasbiy ta’limga tayyorlanish, shuningdek kasbiy faoliyat jarayonidagi rivojlanish hisoblanadi .

Kasbiy shakllanish bosqichlari



Kasbiy shakllanish-getroxron jarayon bo‘lib, ayrim paytlarda pasayish va sakrash xususiyatiga ega. Individning shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillarining o‘zaro aloqalariga ko‘ra kelishmovchilik va inqirozlar kiritiladi. Bu individual to‘laqonli jarayonini ijtimoiy vaziyat va asosiy faoliyat bilan bog‘liq bosqichlarga ajratish mumkin. Ular sirasiga kasbiy tayyorgarlik, kasbiy adaptatsiya, birlamchi va ikkilamchi professionalizatsiya va kasbiy mahoratlar kiradi.


Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling