Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasi
Download 99 Kb.
|
1543673430 72948
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
10 ichida sanash. Ikki to‘plamdagi elementlarni solishtirish asosida ikkinchi beshlik sonini hosil qilishi va 10 gacha sanashni o‘rgatish uchun o‘rta guruhda birinchi beshlik sonini hosil qilish namoyish etiladi.
O‘rta guruhda bo‘lganidek, har bir kelgusi son qanday hosil qilinishini ko‘rsatish uchun bundan oldingi son qanday hosil qilinganini takror ko‘rsatish lozim. Shunday qilib, hamma vaqt 3 tadan kam bo‘lmagan ketma-ket sonlar taqqoslab ko‘riladi. Bolalar ko‘pincha 7 va 8 sonlarini adashtiradilar, bu o‘z navbatida 7 va 8 elementlardan iborat to‘plamlarni taqqoslash bo‘yicha juda ko‘p mashq qilishni taqozo etadi. Т urli o‘lchovda yoki turli maydonni egallovchi predmetlar to‘plamini taqqoslash ko‘nikmasi sanoq ahamiyatini va taqqoslanadigan ikki to‘plamlar elementlarini bittalab solishtirishda aniqlash usullarini tushunish, teng. ko‘p, kam munosabatlarini aniqlash imkonini beradi. Masalan, qaysi olmalar ko‘proq—qizillarimi yoki yashillarimi, qaysi gullar ko‘proq—sariqlarimi yoki oqlarimi—ana shularni aniqlash uchun, agar keyingilari birinchilarga nisbatan katta oraliq bilan joylashgan bo‘lsa, predmetlarni sanab chiqish va ular sonini yoki 2 guruh predmetlarini bir-biriga taqqoslash zarur. Bunda taqqoslashning ustiga qo‘yish, yoniga qo‘yish usullaridan foydalaniladi. Bolalar guruhlardan birida ortiqcha predmet paydo bo‘lganini, demak, bu guruhdagi predmetlar ko‘proq, boshqa guruhda esa bitta yetishmasligini, demak, bu guruhda predmetlar kamroq ekanligini ko‘radilar. Soni kamroq guruhga bitta predmetni qo‘shish yoki soni ortiqroq guruhdan bitta predmetni olib qo‘yish yo‘li bilan guruhlarni tenglashtirish natijasida bolalar taqqoslanayotgan sonlardan har birini hosil qilish usullarini o‘zlashtirib oladilar. Ko‘proq, kamroq munosabatlarining o‘zaro aloqasini ko‘rib chiqish bolalarga kelgusida sonlar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zaro simmetriklik xossasini o‘rganishga zamin yaratadi. Didaktik materialni almashtirib turish, xilma-xil topshiriqlar berish bolalarga har bir sonni hosil qilish usullarini yaxshiroq anglab olishda yordam beradi. Bolalarda 10 gacha sanash ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun turli xil mashqlardan. masalan, “Xuddi shuncha ko‘rsat” mashqidan foydalaniladi. 10 gacha bo‘lgan predmetlarni sanash. Predmetlarni sanash mashqlari murakkablashib boradi. Birdaniga turli xil predmetlarni 2 guruhini (6 ta piyola va 7 ta kosani sanang) yoki bir xil ko‘rinishga ega, ammo bir-biridan rangi, shakli yoki katta-kichikligi bilan ajralib turuvchi (7 ta katta va 8 ta kichkina tugmachalarni), 2 guruh predmetlarini hosil qilish mashqlari bilan birgalikda faqatgina ikkita guruhdagi predmetlarni sanashnigina emas, balki ularni ma’lum joyga, masalan, qog‘oz varag‘ining ko‘rsatilgan qismiga: yuqoriga, pastga, chapga, o‘ngga, o‘rtasiga joylashtirish topshirig‘i ham beriladi. Bir oz keyinroq tarbiyachi ko‘rsatmasi asosida, bolalar mana endi nima ish bajargan bo‘lsang, hammasi to‘g‘risida gapirib; ber! — deb so‘raydi. Nihoyat javoblar bajarilgan vazifa haqida hikoyaga aylanadi. Bolalar 6-10 Ularga? ko‘zlarini yumib, tugmachalarni qo‘llari bilan ushlab ko‘rib sanash, u qo‘lidan bu qo‘liga olib sanash topshiriqlari beriladi. Bundan tashqari, “Ketdik, ketdik, ketdik..”, “Nima o‘zgardi” o‘yinlari yordamida qo‘l bilan ushlab sanashni mashq qiladilar. Т ovushlarni sanashni esa predmetlarni sanash va sanab ajratish bilan bog‘laydilar. Bolalarga tovushlarni sanashni, xuddi shuncha o‘yinchoqlarni sanab ajratshni, keyinchalik ayni bir vaqtda tovushlarni sanab, o‘yinchqlarni ajratib qo‘yishni, sanashni; tugatgach, qancha tovush ehitganliklarini va nechta o‘yinchoq qo‘yganliklarini gapirib berishni taklif etiladi. Bolalar musiqa asboblari nomlari bilan tanishdi, aytilishini mashq qiladi. Pedagog: “Bu qaysi musiqa asbobi”— deb so‘raydi. Pedagog cholg‘u asboblardan birida 3 ta tovush hosil qiladi va bolalardan so‘raydi: “Topinglar-chi, men qaysi asbobda va nechta tovush chiqardim?” Bola sanab beradi: “Siz bir marta tayoqchani tayoqchaga, ikki marta barabanga urdingiz”, -deydi. “Sen hammasi bo‘lib nechta tovush eshitding?” - deb so‘raydi pedagog. “Men hammasi bo‘lib uchta tovush eshitdim”- deb javob beradi bola. Bolalar pedagog yoki boshqa bolalar tomonidan bajarilayotgan harakatlarni sanaydilar. Ular harakat miqdorini namuna hamda aytilgan songa qarab bajaradilar, Masalan: “Likopchada nechta tuxum bo‘lsa, shuncha marta salom ber, shuncha marta rahmat degin". Topshiriqlarni o‘yin xarakterida olib borish mumkin: “Topingchi, men Elmurodga koptokni necha marta tashlashni buyurdim?”, demak, Elmurod koptokni talaydi, bolalar esa uning harakatlarini sanaydilar. Ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha ma’lum miqdorda qadam tashlash bolalar uchun eng murakkab topshiriq hisoblanadi. Masalan, bolaga: “Oldinga 5 qadam yur, o‘ngga buril, yana 3 qadam tashla”, — deb aytiladi. Bolalar safda yurish bilanbirga bir vaqtda sanashni, fazoda mo‘ljal olishni mashq qiladilar, turli shakldagi sanashni nashq qilish bir-biri jupslashtirilgan topshiriq hosil qilinadi. Bunday mashqlar orqali idrok etiladigan to‘plamlar orasidagi miqdoriy munosabatning o‘rnatilishi sanash faoliyatini umumlashtirishga imkon beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016 2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017 Xasanboyeva.O.U. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” T. «Ilm ziyo» 2006 y SH.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”.“Tafakkur sarchashmalari”. T:. 2013 3.N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. TDPU nashriyoti T:. 2013 Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling