Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishning oʻrni va ahamiyati 1 Maktabgacha yosh davrida iqtisodiy tarbiyaning takomillashuvi


Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari


Download 248.5 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi248.5 Kb.
#1583171
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maktabgacha taʼlim tashkilotida iqtisodiy tarbiyani tashkil qilish

2.2 Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari
Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, mazkur atamalarning hayotimizga kirib kelishi va qisqa vaqt ichida teran ildiz otib ketishida muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning xizmatlari katta. Uning asarlari va nutqlarida mustaqqillik tufayli hayotimizning barcha sohalarida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, jumladan milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz, urf-odat, ananalarimizni tiklanishi, milliy g‘ururimiz, milliy o‘zligimizni anglashimizning tiklanishi vat obora yuksalayotganligi faxr-iftixor bilan qayd qilinadi.
Xo‘sh, qadriyatlar tushunchasining o‘zi nima? Uning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo shuni qayd etish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun tushunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaga turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Faylasuf ensiklopediyasi»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflanadi:
«Qadriyatlar falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, biror obyektning ijobiy va salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongining normativ belgilovchi – baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi».
Shunga yaqin nuqtai nazar O‘zbek Sovet ensiklopediyasida ham bayon etilgan: «Qadriyatlar (falsafa sotsiologiyada) – voqelikdagi muayan xodisalarning inson, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha».
Taniqli faylasuf olim V.P. Tugarinovning fikricha, «qadriyatlar muayan jamiyat va sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal nematlari bo‘lgan tabiat va jamiyat xodisalarining mohiyati yoki hodisaning bir jihatidir. Bu nematlarning qadriyatlar deyilishiga sabab – kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.
Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotda muhim bo‘lish boshqa barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqqa chiqaradi,… qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot nematlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir».
Olim «qadriyat» va «baho» tushunchalarini bir-biridan farqlash zarurligini o‘qtiradi. Qadriyat real yoki orzusidagi hodisa (bor narsa yoki ideal)dir, yuaho esa shu hodisaga munosabatni bildiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub holda hisoblash, uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga – ijobiy va salbiy bahoga bog‘liq.
Darhaqiqat, qadriyatlarning hayotdagi o‘rni va ahamiyati baholash tufiayli belgilanadi. Baholash esa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi. Malumki, jamiyat azolarining ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari xilma-xil bo‘lib, ko‘pincha ular bir-biriga zid kelishi mumkin. Shuning uchun ham muayan ijtimoiy guruhlar, millatlar, sinflar uchun oliy qadriyat bo‘lib, hisoblanib kelingan tabiat va jamiyat hodislaari boshqalar uchun qadriyat bo‘lmasligi ham mumkin va aksincha.
O'rta asrlarda yashab ijod etgan olim va mutafakkirlar o'z ilmiy asarlari orqali mamlakat rivojida iqtisodiyotning ahamiyati, rolini falsafiy jihatdan yoritib berdilar.
Eramizdan oldingi mingginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusidagi juda ko'p afsonalar, rivoyatlar ay tilgan bo'lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto"da kiritilgan.
‘'Avesto’'da insonning barkamol bo'lib yetishishida uning so'zi, fikri, ishi birligiga katta e'tibor qaratiladi. "Avesto"da mamlakatni iqtisodiy jihatdan ta’minlashda asosan:
Shahar va qishloqlarni obod qilish;
Bog'larni ko'paytirish;
Chorva va yaylovlarga e'tibor berish;
Kishilarni madaniy turmush tarziga undash g'oyalari o'rin egallaydi.
Shuningdek:
yer, suv, zamin;
kiyim-kechak;
oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga e'tibor berish lozimligi ta'kidlanadi. Zardushtiylik ta'limotida inson shaxsining takomili, tabiatni muhofaza qilish, o'z ehtiyojlarini qondirish me'yorlarini tarbiyalash masalalari o'rin egallaydi. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo'lgan muayyan talablar o'z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida faqat sharq xalqlarining emas, balki g'arb mamlakatlarining muqaddas merosi bo'lib qoldi. Bu davrda G'arb bilan Sharqni, Uzoq Sharq mamlakatlari bilan O'rta yer dengizini bog'lovchi buyuk savdo yo'li - "Buyuk Ipak yo'li" rivojlanib, madaniy boyliklarni almashuv madaniy taraqqiyot yuzaga keldi.
Sharq uyg'onish davrida qishloq, hunarmandchilik va savdo- sotiqning rivojlanishi yo'l berdi. Natijada Yaqin va O'rta Sharq davlatlari bilan savdo ishlari olib borildi. Buning natijasida ko'plab sug'oriladigan yerlar ochildi, sug'orish inshootlari yaratildi. Paxta, zig'ir, kanop ekilib, ularning Movarounnahrda, asosan, Xorazm, Urganch, Farg'ona, Samarqad va Buxoroda to'qimachilik mahsulotlari ayniqsa, Samarqand va Buxoro shoyisi dunyosi mashhur bo'ldi. Bu davrlarda pul muammosi
rivojlandi. Jamiyat siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida o'zgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga o'z ta’sirini ko'rsatdi.
Sharq mutafakkir va olimlardan Al-Xorazmiy Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy Ibn Sino, A.Navoiy, A.Temur kabi qomusiy olimlar Inson va uning kamoloti ta’lim-tarbiya iqtisodiyot va tabiat masalalari haqida fikr yuritadilar.
Al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari insonni aqliy kamolotga yetaklash kabi falsafiy qarashlari bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim belgilari va omillarini o'z ilmiy asarlarida yoritib berdi.
Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyas haqida fikr yuritib, har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga boiadi. Og'ir mehnat sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand mehnatini keltiradi. Beruniy "Minerologiya” asarida qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid qarashlari mamlakat iqtisodiyotini kengaytirish masalalarini ilgari suradi. Ibn Sino materiyanining eng sodda boiaklarga boiinmaydigan shakli to'rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat, ularning o'simlik, hayvonot olamiga ta'siri bebaho boyliklarni asrab-avaylash kerakligi to'g'risida o'zining “Aqsom ul-ulum ul-aqliya" (aqliy bilimlar tasnifi) asarida fikr yuritadi.
Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko'tarishgda savdoning ahamiyatini tushunib bozorlar, rastalar, turli- tuman ustaxonalar barpo ettirib xalq hunarmandchilik san’atini taraqqiy ettirdi. Shuningdek, xalq farovonligi, mamlakat obodonchiligi yo'lida suv omborlari, to'g'onlar qurishga, yangi yerlarni o'zlashtirishga e’tibor berdi. Amir Temurning soliqlar haqida qoidasi muhim ahamiyatga egadir. Ma’naviyatimizning buyuk siymosi Alisher Navoiy shahar va mamlakat obodonchiligiga katta hissa qo'shib, shifoxonalar, madrasa qurdirib, ularni kerakli jihozlar, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlarga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh bilan ta’minladi.
Binolar qurilishi, dehqonchilik ishlarini yo'lga qo'yish, mamlakat iqtisodiyotiga o'z hissasini qo'shgan. Navoiy turli soha olimlariga homiylik qilib, o'ylab ilmiy risolalar bitirishga bevosita rahbarlik qilganligi shu asrda davlatchilikni boshqarishda bosh vazifa bu iqtisodiyotni rivojlantirish muhim masalalardan biri ekanligini ta’kidlanadi.
Talabalar uchun "Ixlosiya'' madrasasi, darveshlar uchun "Xalosiya" xonaqoni, bemorlar uchun "Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome yoniga Qorixona (Dor ul-hufroz) qurilib, ular uchun nafaqa ajratib, ularni kitoblar va zaruriy ashyolar bilan doimiy ravishda ta’minlab borilgan.
Alloma tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ham farovonligini, turmush darajasini o'stirish bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini ko'tarishga olib keldi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, diyorimizda yashab o'tgan har bir olim-u fuzalolar mamlakat taqdiriga befarq bo'lmay, o'z asarlari va hayot faoliyatlari bilan mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga o'z hissalarini qo'shganlar.
O'zbekiston diyorimiz mustaqillikka erishgandan so'ng Davlatimiz rahbari tomonidam buyuk bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Mamlakatimizda yangidan qad rostlagan ta’lim muassasalari, maskanlari (maktab, litsey-kollej, maktabgacha ta'lim muassasalari, oliy ta'lim);

XULOSA
Mazkur iqtisodiy ta'lim darajasini 6-7 yoshdagi bolalarda aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: intervyular, shaxsiy suhbatlar, kuzatish. Ularga "Odamlarga pul nima uchun kerak?", "Reklama nima uchun qilinadi?","Nega kitob, o'yinchoq, buyumlar, tabiatni muhofaza qilishimiz kerak?"," Do'konga borsang oilaga nimalarni sotib olish kerak?" kabi savollar bilan murojaat qilish orqali bolaning iqtisodiy tafakkurini aniqlash mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, bolaning kelajak hayotdagi faolligi, uning farovon va to’kin yashashi haqidagi tasavvurlari, bilim, malaka va ko’nikmalari kichik yoshdan shakllantirilib borilishi lozim. Ko’rsatkichi past darajadagi bolalar bilan individual ishlash, ularni kelajak hayotga tayyorlash maqsadga muvofiq. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tomondan tarbiya-lashda san’atning har xil turlari va janrlaridan (musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati, adabiyot va h. k.) foydalaniladi.
San’at yuksak estetik zavqning, kishi xursandchiligining tuganmas manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda u har bir kishining rivojlanishi, ma’naviy boyishi uchun ham vositadir. Badiiy asar kishining his-tuyg‘ulariga ta’sir etsa, hissiy kechinmalar kishida fikrlashni uyg‘otadi. Badiiy asardan haya-jonlanish fikrlashni faollashtiradi. Qiziqarli ertak yoki rasm bolada fikrlar o‘yinini uyg‘otadi. Bu to‘g‘rida S. Y.Marshak shunday degan edi: «Qizil shapkacha» ertagini bolalar qatorasiga 20 marta eshitishga tayyorlar. Bunga sabab ertak o‘z tuzilishi bo‘yicha aniq, uning mantiqi va motivi izchil, har qanday bola o‘zini ertakdagi qahramon o‘rniga qo‘ya oladi va «Qizil shapkacha»ni o‘ynay oladi. San’atning hamma turlari-adabiyot, musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, teatr, kino bolalarga tushunarlidir. San’atdan bolalar bog‘chasini bezashda, ta’lim berishda, bolalarning mustaqil faoliyatlarida foydalaniladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ganch, chinni, yog‘och, loy, plastilindan xilma-xil buyumlar, o‘yinchoqlar yasash mumkin. Bolalar o‘yinchoqlarining yaxshi namunalaridan guruh xonasini bezatishda foydalansa bo‘ladi. Gilamchilik, to‘qimachilik, kulolchilik, zardo‘zlik, kashtachilik, popopchilik, badiiy oyna, metall patnislar, to‘qilgan va tikib gul solingan buyumlar va boshqalar tasviriy san’atning manzarali shakliga kiradi. Bundan tashqari, bog‘chada har bir viloyat, o‘lka, respublikaning milliy madaniyatidan foydala-nish kerak. Ta’lim-tarbiya ishlarida o‘zbek xalq amaliy san’ati namunalaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir. O‘zbek naqshlari tushirilgan chiroyli guldor matolar qo‘g‘irchoqlar uchun ko‘ylak, oyna pardalari, dasturxon kabilar uchun ishlatilishi mumkin. Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoliyatlarda qo‘yilgan vazifani bajarishda mustaqillik,ijodkorlikka intilish namoyon bo‘la boshlaydi. Bolalar o‘yinga tushganda, ashula aytganda, sahnalashtirish o‘yinlarida obrazlarning ifodali bo‘lishiga ongli ravishda intila boshlaydilar. Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahra-monlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar,yomonlikni qoralaydilar.
Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san’at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo‘ladi. Shunday qilib, maktabgacha tarbiya yoshi davri tarbiyaviy ta’sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o‘rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir.
Bolalar daromadlar va xarajatlar haqidagi bilimlarni o‘zlashtirgach, oila budjetini planlashtirish masalalarini o‘rganishga kirishishlari mumkin. Aynan shu bosqichda xar bir bola qimmatbaho buyumlar sotib olishga bo‘lgan o‘z talablarini oila budjetiga mos kelish-kelmasligini anglashi va meyoridan ortiq talablaridan ixtiyoriy ravishda voz kechishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiy tarbiya oilada ongli munosabatlar va bolalar ehtiyojlarini to‘g‘ri shakllantirish shakliga aylanadi.



Download 248.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling