Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishning oʻrni va ahamiyati 1 Maktabgacha yosh davrida iqtisodiy tarbiyaning takomillashuvi
II BOB. MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASALARIDA IQTISODIY TARBIYANI TASHKIL ETISH
Download 248.5 Kb.
|
Maktabgacha taʼlim tashkilotida iqtisodiy tarbiyani tashkil qilish
II BOB. MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASALARIDA IQTISODIY TARBIYANI TASHKIL ETISH.
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalashda maqol va hikoyalarning oʻrni Kelajagimiz bo‘lgan yosh barkamol avlod jamiyatning ishlab chiqarish,ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotida qatnasha olish uchun mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik , farovonlik bo‘lishi zarur. Ijtimoiy farovonlik-bu iqtisodiy ijtimoiylikning umumiy shart –sharoiti va turmush tarzini bildiradi.Farovonlik iste’mol bilan cheklanmay, hayot kechirishning naqadar qulayligini ham talab qiladi.Hamma narsa yetarli bo‘la turib turmush taxlikasi bo‘lsa farovonlik ta’minlanmaydi. Ijtimoiy farovonlikning muhim tomoni aholining savodxonlik darajasidir.Bu o‘qish yoshidagilarning qancha qismi amalda o‘qishi, har bir kishining o‘rtacha necha yil ta’lim olishi, ishlaydiganlarning qanchasi savodxon bo‘lishini bildiradi.Farovonlik ko‘rsatkichi sifatida aholi jon boshiga ta’lim –tarbiya harajatlari, kommunal xizmatlar , toza ichimlik suvi, gaz, elektro energiya, kanalizatsiya va boshqa xizmatlardan foydalanish kiradi. Davlatimizning maqsadi-milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va shu asosda xalq farovonligini ta’minlashdir. Demak, farovonlik bo‘lgan joyda iqtisodiyot tez suratlar bilan rivojlanib boradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ilk iqtisodiy bilimlar berish asosan o‘rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berish, ularning mantiqiy fikrlash doiralarini o‘stirish, ishbilarmonlik, tejamkorlik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. O‘rta guruh bolalariga ilk iqtisodiy tushunchalarni berish quyidagi bilimlar: 1-Inson va uning ehtiyojlari; 2-Inson va iqtisod; 3-Pul, mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlash; asosida tashkil etiladi. I bo‘limda- Inson va uning ehtiyojlari haiqda tushuncha berishda , Inson uchun bo‘lgan hayotiy ehtiyojlar (kiyim-kechak,oziq-ovqat va hokazo), tejamkorlik haqida ( suvni, vaqtni tejash), maktabgacha ta’lim muassasalaridagi va uydagi jihozlardan (o‘yinchoq, kitob va hokazo) tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish vaqt haqida ilk tushuncha berish orqali vaqt tejash orqali tushunchalar beriladi. Bu tushunchalarni berish orqali tevarak –atrofdagi buyum va xom-ashyolar, ularning xilma-xil sifatlariga, uy-ro‘zg‘or buyumlari (ko‘rpa-to‘shak, ko‘pacha, yostiq, choyshab , idish –tovoqlar) ularni bir-biridan farqlash va umumlashtirish, ustki kiyimlar turlari haqida tasavvurlarini aniqlash va kengaytirishadi.Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi-suv, havo, yer tog‘risida tasavvurlari shakllantiriladi.Vaqtni chamalash va bolalarning vaqtni ifodalovchi kun-tun kabi so‘zlarni nutqda to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish asosida vaqt haqida tasavvurlari mustahkamlanadi.Shuningdek, sutka qismlari ( kechasi, kunduzi, ertalab, kechqurun, bugun, kecha, ertaga) tushunchalarini farqlash va to‘g‘ri qo‘llay olishga, harakat tarzini ifodalashga ( tez, sekin) o‘rgatiladi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida “ Non va suv biz uchun aziz”, “Uy-ro‘zg‘or buyumlari”, “Oshxona buyumlari” kabi mavzularda suhbatlar o‘tkaziladi. II bo‘limda inson va iqtisod haqida tushuncha berishda mehnat inson hayotidagi asosiy faoliyat ekanligi, kattalar mehnatiga hurmat va qiziqish hissini tarbiyalash, o‘zbek xalqining milliy hunarmandchiligi, duradgor mehnati, dehqon mehnati haqida qisqacha ma’lumot beradi. Bolalar o‘z tarbiyachisi , enaga, oshpaz, haydovchi, bog‘bon mehnati bilan tanishtirish jarayonida ularda inson va uning mehnatiga hurmat hissi shakllantiriladi.Mehnat qurollariga nisbatan ehtiyot bo‘lib, tejamkorona munosabatda bo‘lishga tarbiyalanadi.Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida quyidagi: “Duradgor mehnatini kuzatish”, “Dehqonlar mehnati haqida”, “Haydovchi mehnati haqida”, “Bog‘bon”, “Oshpaz”, “Quruvchi” mehnati haqida suhbatlar o‘tkaziladi.Bolalarni xo‘jalik mehnat qurollari bilan yaqindan tanishtirladi. III. Pul- mahsulotlarni sotib olish va ayri boshlash bo‘limida bolalarga bozor , uning turlari , sotuvchi, xaridor, bozorda oldi-sotdi ishlarini amalga oshiruvchi vosita -pul to‘g‘risida tushuncha beriladi.Milliy pul , uning turlari, vazifalari haqida bolalarga iqtisodiy bilim beriladi.Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida: “Do‘kon ” ta’limiy o‘yini , oziq-ovqat do‘koniga sayr o‘tkaziladi. Katta guruhda quyidagi: -Inson va uning hayotiy ehtiyojlari; -Inson va iqtisodiyoti; -Pul, narx mahsulotlari sotib olish va ayirboshlash; -Ishlab chiqarish,mehnat faoliyati. bo‘limlar asosida iqtisodiy bilim beriladi, bolalarga iqtisodiy ongni shakllantirish,mustaqil fikr yurita olish, puldan to‘g‘ri foydalana olish, pul qiymati,milliy valyutamiz, davlatimiz rivojidagi kuchi, xizmati haqida tushuncha beriladi. I-bo‘limda –insonlarning tabiiy ehtiyojlari ( ichimlik suvi, yerga o‘simlik va hayvonatlar dunyosi) va imkoniyatlari, moddiy ma’naviyat ehtiyoji va uni qondirish usullari, vaqtni tejash, undanunumli foydalana olish , suvning inson hayoti uchun zarurligi, yer yuzidagi eng bebaho boylik, uni asrash bizning burchimiz ekanligi, quyosh, oy harakatlari haqida tushuncha beriladi. Insonlarning transport va aloqa vositalari bo‘lgan ehtiyoji haqida tushuncha beriladi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida “Aloqavositalari” , “Havo” transporti haqida suhbatlar o‘tkazib , Yengil transport turlari harakati kuzatiladi va kompyuter bilan yaqindan tanishtiraladi. II-bo‘limida Inson va iqtisodiyot-Inson shaxsi, unga zarur bo‘lgan sog‘lom muhit, sog‘liqni saqlash, kattalar mehnati ,ularning dam olishlari uchun davlatimiz tomonidan qilinayotgan g‘amxo‘rliklar haqida tushuncha beriladi.Maktabgacha ta’lim muassasi shifokori va hamshirasi mehnati bilan tanshtirilib, bolalar sog‘lig‘i uchun barcha sharoitlar mavjudligi, fitoborlar tashkil etilganligi , baseyn va sog‘lomlashtiruvchi jihozlarning bolalar uchun, ularni sog‘lom o‘sishlari uchun yaratilganligi tushuntirladi.Buning uchun quyidagi “Shaxsiy gigiyena” , “Vitaminlar”, “Salomatlik-tuman boylik”, “Sog‘ tanda-sog‘lom aql” mavzularida suhbatlar o‘tkaziladi. III-bo‘limda –Tovarni ishlab chiqarish, ularning turlari, pul, uning turlari , insonlar uchun pulning zaruriyati , mahsulotlarni sotish va sotib olish , savdo turlari –chakana , ulgurji savdo, mahsulotlarning narxi va uni nimaga bog‘liqligi, arzon va qimmatbaho mahsulotlar haqida tushuncha beriladi. Bular , dastavval , ishlab chiqaruvchi kim? Tadbirkor, ishbilarmon, biznesmen kabi tovar egalari haqida “pul”-nima?, milliy pulimiz haqida to‘liq ma’lumot beriladi . Bozor haqidagi tushunchalarni kengaytirib boorish, bozordagi oldi-sotdi, tovar ayirboshlash naqd pul, narx-“tannarx”, “foyda”,” zarar” ishlab chiqarish shakllari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beriladi. Atrof –olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida: “Pul nima?” ,“Pulni saqlash” ,“Oziq-ovqat do‘koniga sayr” tashkil etiladi. IV-Ishlab chiqarish, mehnat faoliyati bo‘limida. Mehnat insonlarning asosiy faoliyati ekanligi, mehnat turlari, ishlab chiqarish korxonalari, qurilishlar, bog‘bon, pillakor , chorvachilar mehnati bilan yaqindan tanishtirish.Mebel, avtomobil, televizo‘r, chinni, nonvoyxona korxonalari, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, mehnat quroli va asboblari haqidagi bilimlarini takomillashtirish.Ular ishlab chiqaryotgan mahsulotlari mamlakat aholisi uchun ahamiyati haqida ma’lumot beriladi. Korxona ,tashkilotlar va ularning turlari haqida korxona moliyaviy ta’minoti, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan, ashyolar firma haqida tushuncha shakllantiriladi.Mehnat turlaridan aqliy va jismoniy mehnat soha vakillarining tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma’naviy ne’matlar tushuntiraladi.Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida T ikuvchi Mehnatlari va xo‘jalik mehnat qurollari (ketmon, Shifokor belkurak chelak, tesha) bilan yaqindan tanishtiraladi. Duradgor Chorvador Bog‘bon Maktabgacha tayyorlov guruhidagi bolalarga iqtisodiy bilimlar berish mazmun jihatdan bir muncha kengaytirilib , bunda “mulk” oila byudjeti, “bank”, “import”, “eksport” kabi tushunchalar berildi. I-bo‘limda Inson va uning tabiiy ehtiyojlari bo‘limiga “mulk” va uning turlari, insonlarning hayot kechirishlari uchun yaratilgan moddiy ehtiyojlardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanish ko‘nikma, malakalari takomillashtiriladi, turli vaziyatlarda o‘zlarini boshqara olishva ulardan chiqa olish, mulkiy munosabatlarning uyg‘unlashuvi , egalik qilish, sotish, ijaraga qo‘yish,to‘lov evaziga mulkdan vaqtinchalik foydalanish va mulkni boshqarish iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda ekspert va importing roli haqida ma’lumot beradi. II-bo‘limda Iqtisodiy resurslar ya’ni moddiy , mehnat va information axborot resurslari va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish , inson mehnati bilan yaratilgan barcha moddiy,ma’naviy resurslari ishbilarmonlik bilan boshqara olish va uni reklama qila olishning ahamiyati haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi. III-bo‘limda –Pul, narx, mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlashda: bozor va uning turlari (kiyim-kechak, oziq-ovqat, mashina, mol, dehqon, yoyma bozorlar va ularning faoliyati) haqida, narxning paydo bo‘lishi, biror narsani sotib olish ustida fikr yuritish, kerakli tovar haqida ma’lumot –axborotlar olish, oila va uning daromadi, oilada turmush tarzini o‘zgartirish, oila va aholining xarid qilish qobiliyati baho-narx-navo daromadidan kelib chiqishi, iqtisodiy sharoit, tabiiy omillar, ilmiy-texnika taraqqiyoti, madaniy omillarning insonlarning dunyoqarashiga ta’siri, korxonalarning tashqi iqtisodiy aloqalari ularning olib boradigan tashqi iqtisodiy operatsiyalari bu eksport bo‘lib hisoblanishi, korxonalar tomonidan xorijiy mamlakatlarga xomashyo, tayyor tovarni yetkazib berishi ekanligi haqida. Inport-har bir korxona tomonidan ichki iste’mol bozorida bo‘lmagan tovarlarni chetda xarid qilishga asoslanadi.Bank, plastic kartochka va uning turlari , qimmatbaho qog‘ozlar faoliyatida haqida tushuncha beriladi. IV bo‘limda –Ishlab chiqarish va uning turlari , ishlab chiqarish va mehnat jarayoni: yer, ishchi kuchi, ishlab chiqarish texnologiyasi moddiy xom-ashyo omillari, tadbirkorlik manbalari, mahsulot va buyumlar , turli mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasi (inson hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan mahsulot va tovarlar), qurilish mollari va jihozlari, imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari, ishlab chiqarish va ta’limot , ishlab chiqaryotgan mahsulotlarni uy ro‘zg‘orga kerakli mahsulotlar, texnika asboblari, mashinalar, matolar, ip, ipak tolalari, o‘quv qurollari va kitoblar, dehqonlar, chorvadorlar, bog‘bonlar , paxtakorlar, xalq xo‘jalogining muhim tarmog‘inihisiblangan qurilish ashyolari, o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishtirish.Buning uchun atrof-olam bilan mashg‘ulotlarida quyidagi mavzularda : “Ishlash uchun uchun kimga nima kerak?“ , “Bog‘bon-bog‘bon”, “Nimaning o‘rni o‘zgardi” o‘yinlar, “Tejamkorlik yaxshi odat ”, “Pul nima ?”, “Bozor turlari”, “O‘yinchoqlar va ularning yaratilishi”, “Bank nima”, “Do‘kon turlari”, “Nima qayerda ishlab chiqiladi?”, “Ishlab chiqarish va uning turlari” mavzularida suhbatlar o‘tkaziladi. Biz yuqorida “oila daromadi”, “Oila farovonligi”, “oila ehtiyojlari” kabi iboralarni qo‘lladik. Maktabgacha yoshdagi bolalarning iqtisodiy bilimlarni shakllantirishda oila ham muhim rol o‘ynaydi. Xonadonning maqsadi-o‘z iste’molini yuqori darajaga ko‘targan hoda kelajakni ta’minash uchun jamg‘arma hosil etishdir. Buning uchun oila a’zolarining moddiy-ma’naviy ehtiyojlarini jamlang‘an mablag‘ni maqsadli sarflash asosida ” oila jamg‘armasi”ni yaratish lozimdir. Oilada tadbirkorlik faoliyati “Milliy hunarmandchilik do‘konlari”, “Badiiy dekorativ ashyolar” qurilish detallari, uy va qishloq xo‘jalik asboblari, bolalar o‘yinchoqlari, milliy xarakterdagi oziq-ovqat tovarlari (qandolatchilik, konditer mahsulotlari , turli xildagi yormalar va pishiriqlarva hakozo) ishlab chiqarish sohalari keng tarqalgan. Olia a’zolarning iqtisodiy ongi , iqtisoiy ko‘nikma, malakalarning o‘sib borishi maktabgacha yoshdagi bolalarning dunyoqarashi, tasavvurlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oiladagi bola tarbiyasi tashqai sharoitlar:uy-ro‘zg‘or madaniyati, umummadaniy, gigiyenik va estetik talablarga rioya qilinishi ham ta’sir ko‘rsatadi.Har qaysi oilada bolaning to‘g‘ri rivojlanishi uchun o‘yin va mashg‘ulotlar uchun joy ajratilishi, o‘zining karovoti, sochig‘i, idish-tovog‘i, ustki va oyoq kiyimlarini toza va ozodatartibli saqlashlari , o‘yinchiq, kitoblarva boshqa jihozlar tejamkorona munosabatda bo‘lishi kerak.Oilada iqtisodiy mulk, oila mulkiga nisabatan o‘g‘rimunosabat asoslari shu tariqa tarkib toptiriladi.Oilada pul mablag‘larini shakllanish, sarflarni har bir oila a’zolarining ehtiyojlari va umumiy ehtiyoji (gaz, elektr, isitish, suv, soliq va boshqalar) larning hisobiga olib oqillik bilan rivojlantirish uyushganlik va tartibga o‘rgatadi, turmush madaniyatii oshiradi. Oila budjetida hisobga olishning yo‘qligi, oldin ko‘ra bilmaslik, uy xo‘jaligini uyushtira bilmaslikka olib keladi.Oilada bolalar amaliy ishlarni hal etishga jalb qilish, ularga vaqti-vaqtida va doimo topshiriqlarni berish, o‘yinchoq va kitoblarni yig‘ishtirish , o‘z o‘rnini solish va yig‘ishtirish, o‘simlik va uy hayvonlarini parvarish qilish, suv , gaz elektr energiyasi, pul, kiyim-kechak boshqa jihozlardan to‘gri foydalanish, ortiqcha o‘ylab ko‘rishlikka o‘rgatib boriladi. Bozor iqtisodiyoti oila tarbiyasida keng qo’llanib kelingan milliy qadriyat sifatidagi tajribalariga suyanishni ham taqozo etadi. Masalan, o’zbek oilalarida bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalab kelganlar, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaganlar. Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o’rni kelganda, so’mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o’ldig’i kabi iqtisodning ziddi isrovdur. Alloh. Taolo isrof qiluvchilarni suymas». Ota-bobolarimizning o’z farzandlarini tejamkor bo’lishga undaganlarini xalq og’zaki ijodi misolida ham ko’rishimiz mumkin. Masalan, tejamkorlik mavzui xalq maqollarida ham o’z aksini topgan. Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-avlodga o’tib, xalqning dilida saqlanib kelgan. Xalqimizning asrlardan asrlarga o'tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o'zi tug'ilib o'sgan ona yurtiga yehtirom, o'z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o'tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko'rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida ye'tibor berish singari ko'plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil yetadi. Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatnrng necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi. Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi. O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko’rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi. Xalqimiz juda qadim paytlardan boshlaboq ko’chmanchilikdan o’troq hayot kechirishga o’tgan, shunday hayot tarziga o’rgangan. Odamlar o’zi o’rnashib qolgan yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni odat qilganlar. Chunki mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil insonlarning rizqi, tirikchiligina muhim manbayi hisoblangan. Bunday o’troq hayot tarzi odamlarni jamoa bo’lib, bir-biriga yelkadosh bo’lib yashashiga, mehnat qilishi mehnat mahsullarini o’zaro ayirboshlash orqali savdo munosabatlari kirishishiga olib kelgan. Shu tariqa qishloq xo’jaligi hamda shahar madaniyati yuksala borgan. Yurtimizda bunyod etilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg’ilon, Termiz va Qo’qon singari o’nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o’lchanishi ham bejiz emas. Demoqchimizki, xalqimiz o’zi tug’ilib o’sgan yer-zaminga qattiq bog’langan, uni e’zozlashni bolaligidan o’rganib, his qilib o’sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o’z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bog’liq milliy an’ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehmondo’stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo’lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an’ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o’tgan o’lmas ma’naviy merosimiz sanaladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko’lamli jarayon birgina o’zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko’rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu esa O’zbekistonni o’zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o’zaro hurmat, birodarlik, bag’ri kenglik fazilatlarining namoyon bo’lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan ezgu g’oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro’l o’ynamoqda. Yurtimizda bunyod yetilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg'ilon, Termiz va Qo'qon singari o'nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o'lchanishi ham bejiz yemas. Demoqchimizki, xalqimiz o'zi tug'ilib o'sgan yer-zaminga qattiq bog'langan, uni ye'zozlashni bolaligidan o'rganib, his qilib o'sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o'z yurtiga cheksiz sadoqati, yehtiromi bilan bog'liq milliy an'ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko'rsatish, mehmondo'stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo'lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini - oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an'ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o'tgan o'lmas ma'naviy merosimiz sanaladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan ye'tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini ye'zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko'lamli jarayon birgina o'zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va yelatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko'rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu yesa O'zbekistonni o'zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o'zaro hurmat, birodarlik, bag'ri kenglik fazilatlarining namoyon bo'lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan yezgu g'oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro'l o'ynamoqda. Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi Mohichehra Yoqubovna Ro'zieva rahbarligida 4-kurs BTU talabalar hamkorligida “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturi talablarini ijro etish, Konstitutsiyamizning 23 yilligi, universitetimizning 85 yillik yubleyi munosabati bilan “Milliy qadriyatlar - qadrda” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirnining badiiy kompazitsion qismiga navbatni berib, ishtirokchilar muvaffaqiyatlar tilaymiz. Muxlis va tinglovchilarga esa, a'lo kayfiyat, ma'naviy estetik zavq yor bo'lsin deymiz” Boshlang’ich ta’lim asoslari kafedrasida ko’plab yillar davomida o’z faoliyatini ko’rsatib kelayotgan, yangi avlod darsliklarining muallifi bo’lgan bu inson o’zining quvonch va hayajonga boy mulohazali fikrlari bilan barcha talaba va ustozlar yuragida milliy qadriyatlarimizga hurmat, tanlagan kasbidan minnatdorlik hissi va haqiqiy fahr tuyg’usini uyg’ota oldi. Avvalo barcha ustozlar va talabalar bu mashaqqatli va sharafli yo’lda hech qachon izlanishdan charchamasliklarini aytdi. Bu borada uzoq yillar tinimsiz mehnat qilib izlanishlar olib brogan respublikamizda alohida e’tiborga ega ustoz O.Safarovning faoliyatlari haqida gapirar ekanlar, bu inson chin ma’noda barchamiz uchun haqiqiy ibrat maktabi ekanligini aytdilar. Bolalarni qadrlagan, bolalar olami bilan yashay olgan, ularning har bir harakatidan mazmun topa olgan bu inson ruhlari bugun har qachongidada shod bo’lganligini va o’z shogirdlaridan mamnun bo’lganligini e’tirof etdilar. Jamiyat taraqqiyotining muayan bosqichlarida ijtimoiy hodasilarga munosabat xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xususan, mustaqqilligimizning birinchi kunidan boshlab, hayotimizning barcha jabhalarida «qadriyatlar», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy g‘urur», «milliy iftixor» kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas. Zotan, mustaqqillik Ayni paytda milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tushunchalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ammo shuni takidlash joizki, qatag‘on siyosati va tuzumi davrida bu atamalarni ishlatish u yoqda tursin, ularni hatto o‘zbekcha lug‘at boyligidan surib chiqarishga harakat qilgan edi. Bunga dalil sifatda 1988 yili O‘zSE Bosh tahririyati chop etgan 50 ming so‘zlik «O‘zbekcha-ruscha lug‘at»ga ham «qadriyat», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy iftixor» kabi tushunchalarning kiritmaganligini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, 1981 yili Moskvada «Rus tili» nashriyoti tomonidan chop etilgan, 60 ming so‘zni qamrab olgan ikki jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da ham bu so‘zlar uchramaydi. Shunisi borki, hatto bazi ruscha – o‘zbekcha lug‘atlarda ham «qadriyat» so‘zi qo‘llanilmagan. Jumladan, 1976 yili «Fan» nashriyotida chop etilgan «ijtimoiy – siyosiy terminlar lug‘atida» «sennost» so‘zining to‘rtta alohida lug‘at maqolasi tarzida belgilangani holda ularning birortasi «qadriyat» ma`nosi o‘z ifodasini topmagan. Lekin lug‘atlarda «millatchi», «millatchilik» so‘zlari bor. Xo‘sh, sababi nimada? Bizni fikrimizcha, bunday vaziyat o‘z-o‘zidan yoki tasodifiy tug‘ilgani yo‘q. Bu mustabit tuzumning mintaqamiz xalqlarini o‘zlarining ko‘p asrlik tarixi, boy va noyob milliy merosi, qadriyatlari, ma aviyatidan judo etib, manqurtlarga aylantirishga qaratilgan siyosati natijasidir. Hukmron siyosat tarafdorlari «milliy istiqlol», «milliy iftixor», «milliy g‘urur» kabi atamalarni kishida millatchilik kayfiyatini uyg‘otadagin tushunchalar deb baholadilar va ularni ifoda etuvchi mahalliy millat vakillari millatchilikda aylanib, tazyiq ostiga olingan. Shuning uchun milliy manaviyat va hurfikrliligini madh qiladigan tushunchalar ko‘p yillar davomida ijtimoiy – siyosiy, manaviy-mafkuraviy hayotimizda ishlatilmay kelindi. Hatto ularni milliy so‘z boyligimizdan chiqarib tashlash xavfi tug‘ildi. Istiqlol xalqimizga so‘z va fikr erkinligi bilan bir qatorda, ilgari taqiqlanib kelingan ko‘pgina milliy tushunchalar ham hayotimizga qaytardi. Endilikda «qadriyatlar», «mustaqqillik», «istiqlol», «milliy iftixor» kabi tushunchalar o‘zining asl mazmuniga ega bo‘lmoqda. Download 248.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling