Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda oilaning o’rni tinglovchi: N. Nazarova


Download 231.52 Kb.
bet17/22
Sana26.12.2021
Hajmi231.52 Kb.
#182871
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYALASHDA OILANING O’RNI

Mehnat tarbiyasi ham oila tarbiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri sanaladi. Shaxsning mustahkam harakter va qat'iy iroda egasi bo'lib voyaga etishida mehnatning roli kattadir. Bolalarni oilada to'g'ri tarbiyalashda oila ho'jaligining odilona tashkil etilishi, bolalarni oila ho'jaligini yuritish ishiga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Bolalar tomonidan bajariladigan oilaviy yumushlar ularning jismoniy va aqliy kamoloti darajasidan ortiq bo'lmasligi, ularning tezda toliqishlari yoki mayib bo'lishlariga sabab bo'lmasligi lozim. Bolalar zimmasiga ularning yoshi, rivojlanish darajasi, jismoniy quvvatiga muvofiq yumushlarning taqsimlab berilishi, berilgan topshiriqlarning bajarilishi va ularning sifatini kattalar tomonidan nazorat qilib turish, bajarilgan topshiriqlarning haqqoniy bahosi unda o'z kuchiga bo'lgan ishonchni yuzaga keltiradi. Oilada tashkil etilgan mehnat bolalarni farosatli bo'lish, ishni rejali olib borish, vaqtdan unumli foydalanish, tejamkor bo'lishga o'rgatadi.


Download 231.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling