Bolalarga oilaviy tasir etishning “avtoritar” shakli : bolalarga nisbatan xaddan tashqari taqiqlarning ko’pligi bilan xarakterlanadi. “Xukmron “ ota-onalar boladan to’liq bo’ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan kam o’tkaziladi. Bunday oilalarda tarbiyalangan bolalar o’zlariga nisbatan ishonchsiz, mustaqil fikri yo’q, yakkalanuvchanlikka moyil bo’ladi. Oilada farzand tarbiyasida bolalar hayotini to'g'ri yuritish ularni vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o'yin, mehnat va o'qish faoliyatlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Farzand tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo'nalishlari — jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g'oyaviy ta'lim berish, ularda faoliyat ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.Oila muhitida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya o'zida bolani jismoniy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o'rgatish, o'z sog'ligi uchun g'amho'rlik qilish va mas'uliyatli bo'lishni ta'minlashga qaratilgan harakatlarning mazmunini ifoda etadi. Inson salomatligini saqlashda ertalabki badan tarbiyaning ahamiyatini bolalarga tushuntirish hamda ularning ertalabki badan tarbiya bilan shug'ullanishga ko'niktirib borish ota-ona nazoratini talab etadi. Badan tarbiya bolani saranjomlik, intizomga ham o'rgatib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |