Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda oilaning o’rni tinglovchi: N. Nazarova


Download 231.52 Kb.
bet12/22
Sana26.12.2021
Hajmi231.52 Kb.
#182871
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYALASHDA OILANING O’RNI

Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o'zagini tashkil etadi. Oilada uyushtirilajak axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa a'zolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to'g'riso'zlik, mehnatsevarlik, sahovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g'urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida oiladagi sog'lom muhit, oila a'zolarining psixologik jihatdan o'zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondoshuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo'llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan farzandlariga nisbatan qo'yilayotgan talablar oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari, mehnatda erishgan yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati borasidagi suhbat yoki hotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy e'tiqodning shakllanishini ta'minlaydi.


Download 231.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling