Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiylashuvi karimova Gulshoda Andijon pedagogika instituti talabasi
Download 31.57 Kb.
|
1 2
Bog'liqMAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIYLASHUVI tezis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIYLASHUVI Karimova Gulshoda Andijon pedagogika instituti talabasi Annotatsiya: Ushbu tezisda maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy o’rta talimga tayorlash va maktabgacha talim tizimida shaxsiyatning ijtimoiy rivojlanishi kabi masalalar yuzasidan atroflicha fikr yuritilgan bo’lib, zamonaviy tendensiyalar asosida bola shaxsini ijtimoiylashuvi hodisasini tadqiq etish borasida xulosa va tafsiyalar berilgan. Аннотация: В данной дипломной работе подробно рассмотрены вопросы подготовки дошкольников к общему среднему образованию и социальному развитию личности в системе дошкольного образования. Abstract: In this thesis, the preparation of preschool children for general secondary education and the social development of personality in the preschool education system are discussed in detail. Kalit so’zlar: maktabgacha talim, rivojlanish, axloq, ijtimoiylashuv, jamiyat, psixologik, ota-ona. Ключевые слова: дошкольное образование, развитие, нравственность, социализация, общество, психология, родители. Key words: preschool education, development, morality, socialization, society, psychological, parents. Hozirgi taraqqiyotimizning talablari asosida ta’lim standartlari takomillashtirilib, dasturlar modernizatsiya qilinib, ta’lim muassasalariga etkazilib berilmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga ko'ra, axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi davlat muassasasi shaklida tashkil etildi. Ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimining joriy etilishini ta'minlash, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalari uchun o'quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash va ishlab chiqarish markazning asosiy vazifalaridan etib belgilandi. Maktabgacha ta'limni rivojlantirish jamg'armasi o'z faoliyatini boshlaydi. Mazkur jamg'arma mablag'lari maktabgacha ta'lim muassasalarini belgilangan tartibda maqsadli qurilishlar ro'yxatiga kiritib, ularning tarmog'ini kengaytirishga, yuqori malakali mutaxassislar, xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Vazirlikka ishlash uchun jalb qilish kabi maqsadlarga yo'naltiriladi. Qaror bilan 2019-yil 1-yanvardan maktabgacha ta'lim tizimining pensiya yoshidagi xodimlariga, ularning maktabgacha ta'lim tizimi muassasalaridagi faoliyati asosiy ish joyi bo'lgan taqdirda pensiya to'liq miqdorda to'lanishi belgilandi. 2018-2019 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Qishloq joylarda bir nechta ko'p qavatli turar joy uylari yoki uylar guruhlaridan iborat yangi qurilayotgan majmualardagi maktabgacha ta'lim muassasasining eng kam quvvati 50 o'rindan kam bo'lmasligi belgilandi. 2021-yil 1-yanvargacha maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan bolalar uchun jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo'yicha xizmat joriy etiladi va kompyuterlashtirish ishlari aniq davlat rejalari asosida amalga oshirilmoqda. O’zbekistonda maktabgacha ta‘lim muassasalarida bola shaxsining rivojlanishi va interfaol metodlarini amalga oshirishning metodik ahamiyati shakllantirish muammolarini Z.Rahimova, SH.Munavvarov, N.Egamberdiyeva, S.K.Annamuratova, S.Bulatov, F.B.Valixo’jayeva, H.Nurmatov, A.Sulaymonov va boshqa tadqiqotchilar o’rganganlar. Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy rivojlanishini umumiy tasir omillarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Umumiy manoda ijtimoiylashuv-bu o'quvchining jamiyatda mavjud bo'lgan ijtimoiy-axloqiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalarini o'zlashtirish jarayoni. Ijtimoiylashuv-bu butun hayot davomida davom etadigan doimiy jarayon. Maktabgacha yoshdagi bolalikda bu birinchi navbatda ijtimoiy hayot normalarini o'zlashtirishdir. Bolaning ijtimoiy rivojlanishida etakchi o'rinni o'z xalqining axloqiy qadriyatlarini o'zlashtirish va keyinchalik umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni bilish va egallash egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy xulq-atvori tajribasi kattalar bilan muloqot jarayonida shakllanadi va tengdoshlari bilan turli xil qo'shma tadbirlar va munosabatlarda mustahkamlanadi. Shaxsiyatning axloqiy va ijtimoiy rivojlanishi bolalar axloqiy munosabatlarga kirishish jarayonida sodir bo'ladi. Maktabgacha yoshda allaqachon ushbu munosabatlar kattalarning ma'lum qoidalari, ko'rsatmalari va talablari asosida qurilgan. Inson, uning har tomonlama uygun kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual me'rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va tehnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Masalaning asosiy jihatlaridan biri sifatida ushbu talim tizimining ijtimoiy funksiyalarini alohada sanab o’tish lozim. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish; maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash; bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish. bolalarning jismoniy va ruhiy sogligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi. Yuqoridagi tahlillar va dastur tarkibini o’rganish natijasida ushbu jihatlarni aniqladik: - Maktabgacha ta’lim tashkilotlarilari hududlarining demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. - Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga maqsad va vazifalarning bajarilishi “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” orqali nazorat qilinadi. - Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati sifatida e’tirof etiladi. Davlat talablari ko‘rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, ota-onalar, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog‘lomligi, qobiliyati, ruhiy rivojlanishi va imkoniyatlari, ya’ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqiladi. Bola kishilik jamiyatining sog‘lom va faol a’zosi bo‘lib yetishishi uchun odamlar orasida yashashi, insoniyat hayoti va mehnati jarayonida ko‘p asrlardan buyon to‘plab kelinayotgan bilimlarni egallab borishi, kattalar tarbiyasida bo‘lmog‘i lozim. Bolaning xotirasi va kuzatuvchanligi, diqqati va tafakkuri, histuyg‘ulari va irodasini mashq qildirish kabi faoliyatlar, odatda murabbiy va tarbiyachilar tamonidan amalga oshiriladi. Bir so’z bilan aytganda maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining ayrim ijtimoiylashuv xususiyatlarini rivojlantirishda bu faoliyatning mazmuni va uning qay darajada uyushtirilganligi katta ahamiyatga ega. Chunki to‘g‘ri tashkil etilgan faoliyat davomida, atrofdagi kishilar bilan kundalik munosabatda bolaning aqliy, jismoniy va axloqiy rivojlanishi takomillashib boradi. Shuning uchun ham bolalar ijtimoiy faolligini bilish, bolada foydali odatlarni shakllantirish, ijobiy xarakter belgilarini rivojlantirishda ota-onalar va muassasa tarbiyachilarning o’rni beqiyosdir. Download 31.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling