Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar Reja
Download 37.33 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Ijtimoiylashuv” soʻzidastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan.
- Ijtimoiylashuv jarayoni
Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar Reja: 1. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar 2. Tashqi va ichki omillar 3. Mikro, mezo va makro omillar 4. Shaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri Tayanch tushunchalar: Ijtimoiylashuv, omil, mikro, mezjo, makro, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, Ijtimoiylashuv jarayoni, Ijtimoiylashuv vositalari, Ijtimoiylashuv agentlari, Megaomillar, Makroomillar Mezoomillar, Ijtimoiy omillar, biologik omillar. 1. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar “Ijtimoiylashuv” soʻzidastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan. “Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijtimoiy nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda qoʻllagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi - ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. XX asr oʻrtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida oʻrganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi: -subyektiv-obyektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons) -sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol oʻrni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi. Jamiyat vaijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgitalablariga ikkinchi yondashuv koʻproq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni oʻzlashtirish jarayonidagi rivojlanish va oʻzgarishi bilan aniqlanadi. Ijtimoiylashuv jarayoni Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga boʻlgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonidapaydo boʻladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bolaboshqa bir obyektiv ehtiyoj -oʻziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bolauni yuzaga chiqarish uchunturli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi roʻy beradi. Bu hodisa shunda namoyon boʻladiki, shaxsningijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon boʻladi, uningijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega boʻladi. Shunday qilib bolaningijtimoiy rivojlanishi ikki oʻzaro bogʻliq yoʻnalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni oʻzlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy oʻziga xoslikni qoʻlga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bogʻliq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv subyekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esaijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. Indivuallashuv insonning xali yoshligidayoq paydo boʻladigan obyektiv ehtiyojlari bilan bogʻliq jamiyatdagi oʻz-oʻzini egallashdir. Bu ehtiyoj: a) oʻz qarashlariga ega boʻlish; b) oʻziga xosliklariga ega boʻlish; v) ungategishli boʻlgan masalalarni hal qilish, uning oʻz darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon boʻladi. Agar shaxsning jamiyatga kirishidaijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari oʻrtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi roʻy beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning oʻzaro ta’sir etish ham sodir boʻladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuvmoslashuv va individuallashuv oʻrtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi: - faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qoʻlga kiritish, erkin moʻljal olish. - muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini oʻzlashtirish. - anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, oʻz ijtimoiy mansubligi va oʻrnini anglash, oʻziga baho berishni shakllantirish. Download 37.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling