Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar Reja
Download 37.33 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiylashuv agentlari.
Ijtimoiylashuv vositalari Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos boʻlgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: goʻdakni emizish va gʻamxoʻrlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni oʻrab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi koʻp sonli munosabatlari-muloqot, oʻyinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shugʻullanish kiradi.
Har bir jamiyat, davlat,ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (oʻyin, oʻqish, ijod, sport)dir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan. Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yoshdavrlari qoʻllaniladi: -goʻdaklik davri-bevosita hissiy-ruhiy; -goʻdaklikdan keyingi davr-predmetlifaoliyat; -maktabgacha davr-rolli oʻyinlar; -ilk maktabdavri-oʻquv faoliyati; - oʻsmirlik davri-kasb ta’limi faoliyati; -oʻspirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati. Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda boʻlgan kishilar muhim oʻrin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli boʻladi. Bolalar va oʻsmirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qoʻshnilar agent boʻlishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib agentlar qatoriga turmush oʻrtogʻi, hamkasblari ham qoʻshilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan oʻrinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir koʻrsatmaydigan. 2.Tashqi va ichki omillar 3. Mikro, mezo va makro omillar Download 37.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling