Maktabgacha yoshidagi bolalarning intellektual qobiliyatilarini rivojlantirish istiqbollari


Download 10.06 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi10.06 Kb.
#1782891
Bog'liq
file


MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL QOBILIYATILARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI


Annotatsiya: Mаktаbgаchа уоshdаgi bоlаlаrning intеllеktuаl qоbiliуаtlаrini rivоjlаntirish ishlаri уuzаsidаn tаriхdа vа bugungi kundа turli хil munоzаrаli fikrlаr mаvjud bо‘lib, bu qаrаshlаr turli mаnbаlаrdа tаdqiqоtlаrdа, ilg‘оr реdаgоgikа vа рsiхоlоgiуа vаkillаrining ilmiу аsаrlаridа уillаr dаvоmidа sауqаl tорib kеlgаn. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb masalalari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: Maktabgacha yoshdagi bolalar, ta’lim jarayoni, intellektual qobiliyat, tarbiyachi-pedagog, mashg‘ulot.


Kirish. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim, kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, yoshlarning iqtidor va qobiliyatlarini vaqtli aniqlash, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyillari, bolalalarni ijodiy va intellektual rivojlanishini ertaroq, ya’ni u shaxs bo‘lib shakllanayotgan vaqtdanoq e’tibor berilishi lozimligi va buning uchun barcha kerakli sarmoya ajratilishi bilan bog‘liq xujjatlarni mustahkamlashga qaratilgan. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Resrublikasi Qonunini qabul qilinishi ham jamiyatda mazkur masalani nechog‘lik muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasi va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiu, shaxsiu, hissiu, nutqiu, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarda vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim [1].
Insoniyatning intellektual qobiliyatlarini o‘rganish bugungi kundagi fan oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmasdan, balki bu myammo qadimgi davrlardan buyon mutafakkir, ma’rifatparvar olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Antik yunon faylasuflaridan Platon va Aristotellar qarashlarida insonning aqliy qobiliyati olam hamda borliqni bilishning eng maqbul yo‘li ekanligini ta’kidlab o‘tganlar.
O‘rta aslarga kelib, “intellekt” tushunchasining mazmuni va mohiyati ilm-fan mahsullariga asoslangan holda yanada kengaydi, yangicha terminlar bilan boyitib borildi.
Intellektning mohiyati va taraqqiyotini tushuntirishda qadim zamonlardanoq turli turli xususiyatga ega bo‘lgan qarashlar ilgari surilib, ular ma’lum bir fikrlar, mulohazalar negizida birlashgan hamda huddi shu yondashuvlar bo‘yicha baxslashganlar. Olimlar o‘rtasida intellektning mohiyatini tushuntirish va talqin qilishda ikki xil qarash mavjud bo‘lgan:
1. Birinchi guruh vakillarining qarashicha, intellektual hususiyatlar odamlarga nasliy yo‘l bilan ota-onalar tomonidan beriladi.
2. Ikkinchi guruh namoyondalari esa intellektni bola idrokining tashqi qo‘zg‘atuvlarga nisbatani bilan bog‘lab tushuntirganlar.
Xozirgi davrga kelib esa insonning aqliy taraqqiyotin o‘rganish uchun xech vaqt kechiktirib bo‘lmaydigan qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Intellekt myammosi yurtimiz psixologiyasida xam, chet el psixologiyasida ham eng ko‘p o‘rganilayotgan mavzulardan biriga aylanib qolmoqda. Yurtimiz psixologiyasida va chet elda intellekt mohiyatini talqin qilishda turlicha yondashilsa ham, lekin umumiy maqsad bitta bo‘lib, u ham bo‘lsa, insonning intellektual taraqqiyoti, uning xususiyatlari o‘ziga xosligini ochib berishdan iboratdir.
Download 10.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling