Maktablarda science fani joriy etiladi
Download 19.26 Kb.
|
Maktablarda SCIENCE fani joriy etiladi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tabiiy fan o‘quvchiga fanlarni o‘qish qiyin emas, qiziq bo‘lishiga yordam beradi...»
Maktablarda SCIENCE fani joriy etiladi Bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar taʼlim tizimida tabiiy fanlar (biologiya, geografiya, kimyo, fizika) 1-6-sinflarda SCIENCE dasturi asosida oʻqitiladi. Endilikda Oʻzbekiston taʼlim tizimida ham 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab 1-6-sinflarda tabiiy fanlarni oʻzida jamlagan Tabiiy (SCIENCE) fanlar joriy etiladi. Tabiiy (SCIENCE) fanlar ayni vaqtda oʻqitib kelinayotgan 1-2-sinfda “Atrofimizdagi olam”, 3-4-sinflarda “Tabiatshunoslik”, yuqori sinflarda esa 4ta alohida fanlar, yaʼni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7-sinfdan boshlab) fanlarini oʻzida birlashtiradi. Tabiiy (SCIENCE) fanlarning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali oʻquvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik koʻnikmalari rivojlanadi. Natijada PISA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi huzuridagi Respublika ta`lim markazi tomonidan Tabiiy (SCIENCE) fanlar boʻyicha Milliy oʻquv dasturi loyihasi yaratilib muhokama qo`yildi. 1–6-sinflarda bosqichma-bosqich tabiiy fan – SCIENCE joriy etilishi belgilandi. Bu – o‘qituvchilarda hozirgi dars soatlari qisqarishi xavotirini uyg‘otyapti, tabiiy fanlardan kim dars o‘tishi haqida savollar tug‘ilyapti. O‘zbekiston ta'lim tizimida ham 2021/22 o‘quv yilidan boshlab 1–6-sinflarda tabiiy fanlarni o‘zida jamlagan «Tabiiy fan» (SCIENCE) joriy etilishi haqida xabar berilgan edi. Kun.uz muxbiri mazkur mavzuga aloqador savollarga javob olish, yangi fanning qay tartibda joriy etilishi haqida ma'lumot olish uchun Respublika Ta'lim markazi direktori o‘rinbosari Mehriniso Pardayeva bilan bog‘landi. «Tabiiy fan o‘quvchiga fanlarni o‘qish qiyin emas, qiziq bo‘lishiga yordam beradi...» — Tabiiy fan (SCIENCE) amalga kiritilishidan oldin xalqaro amaliyot, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xususiy va xorijiy maktablar tajribasi o‘rganildi. Yangi fan o‘quvchilarni kichik yoshidan tabiiy fanlarni o‘qishga rag‘batlantirish, ularda olam haqida yaxlit tasavvur paydo qilishga yordam beradi. Buning bilan bola tabiiy fanlar, jumladan fizika va kimyo qiyin emas, qiziq fanlar ekanini anglaydi va uni o‘rganishga o‘zida rag‘bat sezadi. Tabiiy fan (SCIENCE) qaysidir fandan voz kechish yoki qaysidir fanning o‘rniga joriy etilayotgani yo‘q. Aksincha, u ta'lim sifatini oshirish uchun mavjud fanlarni integrativ tarzda o‘qitilishini ta'minlaydi. Tabiatda yuz berayotgan hodisalarni, masalan, yomg‘ir hodisasini o‘rganish jarayonida bola uning tarkibi (biologiyaga oid tushunchalar), fizik xususiyatlari, qaysi fasllarda va qayerlarda ko‘proq yog‘ishi (geografik xususiyati), yomg‘ir ta'sirida Yerda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi, o‘simliklar uchun foydasi haqida ma'lumotga ega bo‘ladi. Mazkur fan 1–2-sinflarda «Atrofimizdagi olam», 3–4-sinflarda tabiatshunoslik, 5–6-sinflarda esa 3 ta alohida fan – geografiya, biologiya va fizika fanlari mazmunini va kimyo fanining boshlang‘ich tushunchalarini uyg‘unlikda o‘qitadi. 7-sinfdan boshlab esa biologiya, geografiya va iqtisodiyot, fizika, kimyo fanlari alohida o‘qitiladi. Download 19.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling