12- Amaliy mashg’ulot.
Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilishning qonun qoidalari. Maktab hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish
Mashg'ulotdan maqsad: Talabalarda Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilishning qonun qoidalari to'g'risdagi bilimlarini kengaytirish, Maktab hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish to'g'risidagi tasavvurlarini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’lim paradigmalari, ta’lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.
Mashg’ulot rejasi:
“Ta’lim olganlikni tashxis etish” mavzusiga bag’ishlangan keys
1-topshiriq. Quyida berilgan namuna asosida “Ta’lim olganlikni tashxis etish” mavzusiga bag’ishlangan keys annotatsiyasini tuzing.
Pedagogik annotatsiya (namuna uchun)
Mavzu: Innovatsion jarayonlarni boshqarish.
Keysning asosiy maqsadi: innovatsion jarayonlarni boshqarishga doir modellarni o’rganish, tahlil etish va pedagogika kollejlarida innovatsion jarayonlarni tizimli boshqarishning tashkiliy modelini ishlab chiqish.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
innovatsion jarayonlarni boshqarishning o’ziga xosliklarini ochib berish;
modellarga tavsifnomalar tayyorlash;
umumiyo’rtata’limda innovatsion jarayonlarni tizimli boshqarishning tashkiliy modelini ishlab chiqish;
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalar oldindan quyidagi bilim, ko’nikma va malakalrga ega bo’lishlari lozim:
O’quvchi quyidagilarni bilishi kerak:
innovatsiya, innovatsion jarayon, boshqarish, boshqaruv ob’ekti, boshqaruv sub’ekti, boshqaruv metodlari, boshqaruv funktsiyalari.
O’quvchi quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak:
tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish, abstraktlashtirish, loyihalash, modellashtirish.
O’quvchi quyidagi malakalarga ega bo’lishi kerak:
individual va hamkorlikda ishlash, kognitiv, evristik, kreativ faoliyat malakalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |