Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari


Download 111.92 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi111.92 Kb.
#1629378
1   2   3   4
Bog'liq
maktabning-oquv-ishlari-boyicha-direktor-orinbosarining-vazifalari

Davlat ta’lim standarti – umumiy o’rta , o’rta maxsus , kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. DTSlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy me’yoriy hujjat.
O’quv reja- mutaxassis shaxsi bilishi va o’zlashtirishi zarur deb belgilangan o’quv fanlari, ularni o’qitish uchun ajratilgan soatlar va o’quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjati.
O’quv dasturi- aniq bir fan uchun fanning maqsadi, o’quv rejasi bo’yicha ajratilgan soat va bilimlar hajmidan kelib chiqib tuzilgan va mavjud jamiyatning g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini o’zida aks ettirgan davlat hujjati.
Darslik – bir fan doirasida belgilangan o’quv axborotlari, nazariy bilimlarning ilmiy-nazariy jihatdan yoritishga yo’naltirilgan me’yoriy hujjat.
MAKTABNING O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARINING VAZIFALARI
 Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari eng yaxshi va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabda ta’lim-tarbiya ishlarining barcha sohalarida rahbarning yordamchisidir. Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z ishi uchun bevosita maktab rahbari oldida javobgardir. U barcha ta’lim-tarbiya ishlarining to‘g‘ri olib borilishini, o‘quvchilar bilimining to‘g‘ri hisobga olinishini va o‘qitishning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, maktabning umumiy rejasini va maktab rahbari bilan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘rtasidagi ish taqsimotini ko‘zda tutib, o‘zining amaliy ish rejasini tuzib chiqishi kerak. Bu rejada aniq tadbirlar ko‘rsatiladi. Rahbar bu rejani tasdiqlaydi va bajarilishini kuzatib boradi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ham rahbar singari „ichki tartib qoidalar“ga binoan maktabning javobgar xodimi hisoblanadi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha dars beradi. Lekin darsi kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak. U o‘qituvchilarga berilgan barcha huquq va imtiyozlardan foydalanadi.

Download 111.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling