Maktabning yangi o’quv yilidagi maqsad va vazifalari
Download 50.65 Kb.
|
MMIBDO\' ish reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab missiyasi
- Yangi o’qub yilida amalga oshirilishi lozim bo’lgan strategik rejalar
Maktabning yangi o’quv yilidagi maqsad va vazifalari 40-IDUMning 2021-2022-o’quv yiliga mo’ljallangan ish rejasi – maktab boshqaruvining asosiy hujjatlaridan biri hisoblanib, maktab faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab olgan. Mazkur rejada ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan barcha tadbirlar, ularni amalga oshirish muddatlari, mas’ullar oyma-oy bajariladigan ishlar belgilangan. Maktab-murakkab dinamik ijtimoiy tuzilma bo’lib, unda jami 2000 nafar shaxslar o’zaro muloqot qilishadi. Bular o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar, texnik xodimlar va boshqalar. Ularning har birining o’ziga yarasha dunyoqarashi, madaniyati, iqtisodiy darajasi, qiziqishlari, muammolari mavjud. Maktab ish rejasida yuqoridagi jihatlarning barchasini inobatga olishga harakat qildik. Maktab missiyasi – “Sifatli ta’lim berish orqali, har tomonlama rivojlangan muvaffaqiyatli shaxslarni tarbiyalash”. Maqsadimiz – har bir bolaning individual qobiliyatlarini aniqlab, uni rivojlantirishga, o’zini har tomonlama ko’rsata olishga qaratilgan ijodiy, qulay ta’lim muhitini yaratish. Yangi o’qub yilida amalga oshirilishi lozim bo’lgan strategik rejalar: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, DTS talablaridan kelib chiqib, sifatli ta’lim berishni tashkil etish; Barcha o’quvchilar tomonidan o’quv dasturlarining o’zlashtirilishiga erishish; Ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan barcha usullardan unumli foydalanish (mustaqil ta’lim olish, AKT, badiiy-ilmiy adabiyotlar, o’yin, muloqot, diskussiya va h).; O’quvchilar egallayotgan bilim, ko’nikma, malakalarni hayotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish (nazariya va amaliyotni 50x50); Bitiruvchilarni OTMga munosib tayyorlash (qo’shimcha darslar, repetititorlik kurslarini tashkil etish); O’quvchilarni xalqaro olimpiada, tanlovlarga munosib tayyorlash; Ustoz-shogird tamoyili asosida yosh o’qituvchilarga metodik ko’mak ko’rsatish; Boshlang’ich sinflardan boshlab ingliz tilini o’rgatish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish; O’qituvchilarning o’z ustida ishlashlarini tashkil etish orqali oliy va I toifali o’qituvchilar sonini keskin oshirishga erishish (har bir o’qituvchining faoliyatini yil yakuni bo’yicha reytingini aniqlash); O’qituvchilarning turli darajadagi tanlov, konferensiyalardagi ishtirokini ta’minlash, natijaviylikga erishish (Grantlar); Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari faoliyatini nazoratga olish. O’quvchilarning sport sohasidagi yutuqlarini e’tirof etib oorish; O’quvchilarning psixologik va jismoniy sog’lom bo’lishlarini mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish; Respublika miqyosidagi loyihalarda faol ishtirok etish; Iqtidorli o’quvchilar bilan alohida ishlash (Olimpiadalarga olib chiqish, tadqiqot ishlariga jalb qilish, turli mavzulardagi loyihalarga volontyorlik kabi chorlash); “E’tirof” maktab stendini tashkil etish (O’qituvchi, o’quvchilar, namunali oilalarni, rahbar xodimlarni e’tirof etib oorish); “Zamonaviy maktab” loyihasida maktabni jihozlab oorish; 5 muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etish; Oila va maktab hamkorligini kuchaytirish (Barcha tadbirlarda ota-onalar bilan hamkorlik qilish); O’quvchilar o’rtasida huquqbuzarlik, o’z joniga qasd qilish kabi salbiy illatlarning oldinin olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni doimiy tashkil etib borish (IIB va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda); Yoshlar Ittifoqi maktab boshlang’ich tashkilotini qo’llab – quvvatlash (Kelajak liderlarini tayyorlab borish). Download 50.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling