Malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari
O‘quvchilar yaxshi («4») baho olish uchun quyidagi
Download 377.37 Kb. Pdf ko'rish
|
142146 221214 173137
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchilar alo («5») baho olish uchun quyidagi xildagi topshiriqlarni bajara olishlari majburiydir
- Har bir ikkinchi sinf o‘quvchisi quyidagi ko‘rinishdagi topshiriqlarni bajara olishi shart (majburiy daraja)
O‘quvchilar yaxshi («4») baho olish uchun quyidagi
xildagi topshiriqlarni bajara olishlari majburiydir: 1.38 soniga teng bo‘lgan qo‘shishga doir ikkita misol tuzing va uni yozing. 2.Yechimi to‘g‘ri bo‘ladigan qilib, katakchalar o‘rniga «+» yoki «—» belgilami qo‘ying: 30 □ 5 □ 4 = 29 58 □ 2 □ 9 = 51 3.Yozuv to‘g‘ri bo‘ladigan qilib, «+» yoki «-» belgilarni qo‘ying: 72 □ 2 > 70 96 □ 94 < 90 4.Onam 6 banka bodring va undan 4 banka kam pomidor tuzladi. Onam hammasi bo‘lib nechta banka sabzavot tuzladi? 5.Archada 11 ta qizil va 5 ta yashil elektr chiroqlar yonib turgan edi. 4 tasi olindi. Nechta chiroq qoldi? O‘quvchilar a'lo(«5») baho olish uchun quyidagi xildagi topshiriqlarni bajara olishlari majburiydir: 1. Yozuvlar to‘g‘ri bo‘ladigan «+» yoki «—» belgilarni va kerakli sonni qo‘ying: 36 + 4 ... □ = 30 50 - 6 > 50 ... □ 47 ... □ = 47 2. Tushirib qoldirilgan raqamlarni qo‘ying: …5-23 = 12 6..-14 = 54 …7 – 1… = 42 3. Hisoblang: 10-3=…. Kamayuvchi 4 ta, ayriluvchini esa 1 ta orttirilsa, ayirma qanday o‘zgaradi? To‘g‘ri javobni tanlang: a)4 birlikka kamayadi; b)7 birlikka ortadi; d)2 birlikka kamayadi; e)3 birlikka ortadi. 4. Bitta qo‘g‘irchoq qancha tursa, mashina va piramidacha birgalikda shuncha turadi. Mashina 62 so‘m, qo‘g‘irchoq esa 80 so‘m tursa, piramidacha qancha turadi? 5. Ra'no va Gulnoraning bo‘ylari teng. Gulnora va Faridaning ham bo‘ylaii teng. Ra'no va Faridaning bo‘ylarining bir-biriga tengligi to‘g‘rimi? Har bir ikkinchi sinf o‘quvchisi quyidagi ko‘rinishdagi topshiriqlarni bajara olishi shart (majburiy daraja): 1. Sonlarni ustun qilib ko‘chirib yozing, ularning har birining yoniga ulardan oldin keluvchi va keyin keluvchi sonlarni yozing: 69, 74, 80. 2.1-topshiriqda berilgan sonlarning har birini 3 ta orttiringvajavoblarini yozing. 3.66, 39, 75, 8, 91, 16, 4, 57, 84, 8 va 99 sonlari ichidagi ikki xonali sonlarni kamayib borishi tartibida yozing. 4.72 soni 8 dan necha marta katta? 72 soni 8 dan nechta katta? 5.Ko‘paytma 36 ga teng. Birinchi va ikkinchi ko‘paytuvchilar qanday son bo‘lishi mumkin? Bitta misol yozing. 6.Tushirib qoldirilgan sonlarni qo‘ying: 9 + 8 = 7 + □ 7 + 5 = □ + 4 □ -3 = 12-6 13- □ =19-12 7. Og‘zaki hisoblang: 32 + 27 6 + 8 9 - 8 42: 7 89-44 12-7 6 - 9 63 :9 8. 7-topshiriqdagiifodani «yig‘indi», «ayirma», «ko‘paytma», «bo‘linma» so‘zlariniqo‘llabo‘qing. 9. Noma’lum qo‘shiluvchini toping: 35 + x — 60. 10. Noma’lum kamayuvchini toping: a — 5 = 39. 11. Amallarni bajaring: 37 + 48 71-43 57 _ 81 19 + 65 56-39 +2964 12.Taqqoslang va <, >, = belgilarini qo‘ying: 24 : 4 – 6 ... 24:6-4 16 + 7 + 8 ... 16 + 14 13. 87, 62, 25 sonlarini qo‘llab, qo‘shishga doir bitta va ayirishga doir ikkita misol tuzing va ularni yozing. 14.Amallarni bajaring: 30 - 42 : 7: 2 56 - 56 : 7 15. Bog‘chada 12 ta atirgul va undan 15 ta ortiq lola ochildi. Bog‘chada hammasi bo‘lib nechta gul ochilgan? 16.Vohidda 4 ta o‘n so‘mlik, Anvarda esa 24 so‘m ortiq pul bor. Anvarda necha so‘m pul bor? 17.Oshxonada tushlikdan so‘ng 25 kishilik sabzavotli taom, go‘shtli taom sabzavotli taomdan 30 ta ortiq, baliqli taom go‘shtli taomdan 19 ta kam qoldi. Oshxonada qancha baliqli taom qolgan? 18. Qanddonda 35 dona qand bor edi. 6 piyola choyga 2 tadan qand solindi. Qanddonda nechta qand qoldi? 19.Avtobusdan 32 yo‘lovchi tushdi va avtobusda tushgan yo‘lovchilarga qaraganda 4 marta kam yo‘lovchi qoldi. Oldin avtobusda nechta yo‘lovchi bo‘lgan? 20. Qo‘ylarga bir kunda 3 kg, sigirlarga esa undan 12 kg ortiq yem berildi. Sigirlarga qo‘ylarga qaraganda necha marta ortiq yem berilgan? 21. 3 ta sinfni yoritish uchun 27 ta elektr chirog‘i kerak bo‘ladi. Agar har bir sinfga teng miqdorda chiroq o‘rnatilsa, 6 ta sinfga nechta chiroq kerak bo‘ladi? 22.Traktor 6 soatda 42 l yoqilg‘i sarflaydi. 35 l yoqilg‘i unga necha soatga yetadi? 23.Polizdan 36 kg bodring va undan 6 marta kam pomidor terib olindi. Pomidorni 2 kg dan qilib bankalarga joylashtirildi. Nechta banka kerak bo‘ldi? Download 377.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling