Malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari
Download 377.37 Kb. Pdf ko'rish
|
142146 221214 173137
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari. Tayanch so‘zlar
MA’RUZA-4 MAVZU:OG‘ZAKI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARI. YOZMA HISOBLASH ALGORITMINI O‘RGATISH. HISOBLASH MALAKALARINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT ISHLARI. Reja: 1. Og‘zaki hisoblash texnologiyalari. 2. Yozma hisoblash algoritmini o‘rgatish. 3. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari. Tayanch so‘zlar: Og‘zaki va yozma hisoblash, qo‘shish va ko‘paytirish jadvallari, ayirish va bo‘lish hollari, hisoblash ko‘nikmasi. 1.Og‘zaki hisoblash texnologiyalari. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma hisoblash ko‘nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri. Arifmetik amallarni o‘rganishda oldin bolalar ongiga uning ma`nosini, mazmunini yetkazish kerak . Bu ish predmetlarning har xil to‘plamlari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o‘tkaziladi. O‘quvchilarni qo‘shish va ayirish amallarining ma`nosi bilan tanishtirish ( bu “o‘nlik” mavzusi ustida ishlashda bajariladi.) ikki to‘plam elementlarini birlashtirishga oid va berilgan to‘plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy operatsiyalar asosida olib boriladi. Ko‘paytirish amalini o‘ganishda ish biroz boshqacha bo‘ladi . “Ko‘paytirish tushinchasini shakillantirishda tayanch sifatida ,--deb yozishadi M. I. Moro va A.M.Pishkalo, - bir nechta teng sonli to‘plamlarni amalda birlashtirish bilan cheklanish to‘g‘ri bo‘lmas edi. Shu vaqtga qadar yaxshi o‘zlashtirilgan sonlarni qo‘shish operatsiyasi bolalar uchun yangi bo‘lib, bundan oldin ish tajribalarida uchramagan amal - ko‘paytirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak. Ko‘paytirishni, uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish o‘z navbatida bo‘lish amalini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi . Bu misollarda biz shu narsalarni ko‘rib turibmizki, o‘qitishning bir bosqichida abstrakt bo‘lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakillantirish uchun konkret asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunday yangilanish o‘quvchilarning ham abstrakt ham konkret tafakkurlarini rivojlantiradi, bu esa o‘qitish protsesida bolalarning faoliyatlarini rivojlantirishda katta ahamyatga ega . Har xil (og‘zaki va yozma) hisoblash usullarining ongli o‘zlashtirilishi uchun dastur arifmetik amallarini ba’zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. I sinfda 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi bilan tanishdilar; 100 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganishda (I sinfda ) sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shish , shuningdek, ayirmaning asosiy xossalarida chiqadigan natijalar bo‘lmish yig‘indidan sonni ayirish va yig‘indini sondan ayirish bilan tanishadilar o‘rganilgan xossa va qoidalar hisoblashlarni soddalashtirish imkonini beradi. Qo‘shiluvchilar o‘rinlarini almashtirish usuli 3+6, 2+8 va h.k ko‘rinishidagi hisoblashlarni yengillashtiradi. Dastur arifmetik amallarining xossalarini o‘rgatishdan tashqari bolalarni arifmetik amallar orasidagi mavjud bog‘lanishlar va amal hadlari va uning natijalari orasidagi munosabatlar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Bu bilimlarning hammasidan hisoblashlarda va amallar to‘gri bajarilganini tekshirishda (shuningdek, algebraik materialni o‘rganishda: tenglamalar yechishda va amallarning noma’lumkomponentlarini topishga doir masalalar yechishda ) foydalaniladi. Arifmetik amallarni o‘rganishdagi navbatdagi juda muhim masalalar og‘zaki va yozma hisoblash usullaridan ongli foydalanish asosida o‘quvchilarda hisoblash ko‘nikmalarini shakillantirish bilan bog‘liqdir. Og‘zaki hisoblashlarning asosiy ko‘nikmalari I va II sinflarda shakllanadi. III sinfda “Minglik” mavzusida yozma hisoblashlar ustida ish boshlanadi va bu ish IV sinfda payoniga yetadi. Shu bilan birga yozma hisoblashlardagi og‘zaki hisoblash ko‘nikmalari takomillasha boradi, chunki og‘zaki hisoblashlar yozma hisoblash jarayoniga tarkibiy element sifatida kiradi. Og‘zaki hisoblash ko‘nikmalariga ega bo‘lish yozma hisoblashlarni ko‘roq muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlaydi. Og‘zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham, yuqorida ta’kidlanganidek amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Ammo og‘zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvch xossalari ham bor. Download 377.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling