Malakaning xarakterli belgilari


Download 197.5 Kb.
bet1/9
Sana19.04.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1362426
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HARAKAT MALAKALARINING TASHKIL ETISH QONUNIYATLARI




MUNDARIJA:
KIRISH ………………………………………………………………………………3
I-BOB. HARAKAT MALAKALARINING TASHKIL ETISH QONUNIYATLARI ……………...............………………………………………....5
1.1 Malakaning xarakterli belgilari …………….................................………….5
1.2 Malakaning fiziologik mexanizmi.………………………....................... ….9
II-BOB. JISMONIY MADANIYAT VOSITALARI PEDAGOGIK TUSHUNCHALAR SIFATIDA. ………………………………………………….18
2.1 Jismoniy madaniyat vositalarini turkumlarga ajratish, vositalarning turli-tumanligi, uning ta’sir ko‘rsatishi yaxlit tizimi sifatida. …………....................18
2.2 Jismoniy mashqlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi. ……………………22
XULOSA …………………………………………………………………………....34
FOYFALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………………..…35
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Yurtimizda o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib borayotgan, ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan navqiron o‘g‘il-qizlarimiz uchun chinakam chiniqish va mahorat maktabiga, katta hayot yo‘liga parvoz maydonchasiga aylanib ulgurgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada sport musobaqalarini o‘zida mujassamlagan uch bosqichdan iborat yaxlit tizim yaratildi. Mazkur tizim orqali bugungi kunda nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan mashhur sportchilar yetishib chiqmoqda. Eng muhimi, ushbu musobaqalar yoshlarimizni ommaviy tarzda sportga, sog‘lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.
Faqat so‘nggi besh yil ichida respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun budjetdan 1 trillion 230 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda aholining barcha qatlamini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan qamrab olish, mamlakatimizning barcha hududida jismoniy tarbiya va ommaviy sportning inson hamda oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlik hamda yetuklikning asosiy shartlaridan biri ekanligini faol targ‘ib etish, yoshlarga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish va maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish kabi masalalar tizimli asosdagi yechimini kutmoqda. Qator sport muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi, sport inshootlaridan samarali foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda.
Yosh avlodning aqliy va axloqiy sifatlarini rivojlantirishda jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardan birini egallaydi. O’zbеkiston Rеspublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunida ta'kidlab o’tilishicha:
«Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollik ehtiyojini shakllantirish maktabgacha tarbiya muassasalari va o’quv yurtlarining asosiy vazifasi hisoblanadi».
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga binoan o’sib kеlayotgan yosh avlodning jismoniy hamda ma'naviy salomatligini shakllantirish, unda sog’lom turmush tarziga intilish va sportga bo’lgan muhabbatini shakllantirishning eng muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportining rivojlanishini ta'minlash maqsadida O’zbеkistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tashkil qilindi1.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling