Малакавий амалиёт 3 курс талабалари учун саволланомалар
kurs talabalarining o’quv amaliyoti
Download 104 Kb.
|
3-курс малакавий амалиёт1 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliy o‘quv yurti tayinlagan amaliyot rahbari
3 kurs talabalarining o’quv amaliyoti.
O’quv amaliyot asosiy vazifasi talabaning barcha ruhiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan turli xil topshiriqlarni tayyorlashdan iborat. Quyi kurslarda pedagogik amaliyotni tashkil qilishda talabalarning individual xususiyatlarini, ularning tayyorarlik darajasini hisobga olish zarur. Talabalarning pedagogik amaliyoti karantin qoidalariga amal qilingan holda umumiy o’rta ta’lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasasi tegishli kafedralarida o’tkaziladi. 1.Bakalavriat yo’nalishidagi malakaviy pedagogik amaliyot talabalari amaliyot o’tkaziladigan ta’lim muassasasining ijtimoiy va davlat buyurtmasi, o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda pedagogika oliy o’quv yurtlarining pedagogika, psixologiya va xususiy metodika kafedralari hamkorlikda ishlab chiqadi va oliy o’quv yurti tomonidan tasdiqlanadi. 2.Bakalavriat yo’nalishining ba’zi mutaxassisliklari o’quv rejalariga muvofiq talabalarning karantin qoidalariga muvofiq pedagogik amaliyoti o’tkaziladi. Mazkur amaliyot talabalarni o’quvchi yoshlarning jamoasi bilan ishlash, yozgi dam olish va bo’sh vaqtlarni mazmunli o’tkazish uchun o’tkaziladigan tadbirlar bilan tanishtiradi. Talabalar mazkur oromgohda guruh etakchisi, tarbiyachi, to’garak va sport-sog’lomlashtirish ishlari rahbari sifatida pedagogik faoliyat ko’rsatadilar. Mazkur amaliyotning maqsadi, mazmuni, talablari va dasturi pedagogik va xususiy metodika kafedralari tomonidan ishlab chiqiladi. Oliy o‘quv yurti tayinlagan amaliyot rahbari: Pedagogika, psixologiya, mutaxassislik va xususiy metodika kafedaralari bilan hamkorlikda talabalarning malakaviy pedagogik amaliyoti dasturi, talablari, amaliyot davomidagi pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholash mezonlarini ishlab chiqadi va rektor tasdig’iga kiritadi. Mazkur dastur va talablarning to’liq va talab darajasida bajarilishini nazorat qiladi; Mutaxassisliklar bo’yicha amaliyot ob’ektlari etib tanlangan ta’lim muassasalari bilan shartnomalar tuzadi. Malakaviy pedagogik amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalar amaliyotini o’tkazish dasturi va jadvalini mazkur ta’lim muassasalari bilan kelishib oladi; Talabalarning malakaviy pedagogik amaliyotining boshlanishi va yakunlanishiga bag’ishlangan kengashlarni tashkil etadi. Unda ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil etish va boshqarish yo’llari, pedagogika, psixologiya, mutaxassislik va xususiy metodika fanlarining eng dolzarb muammolari yuzasidan ma’ruzalar qilishni ta’minlaydi; Amaliyot boshlanishidan avval mutaxassisliklar bo’yicha amaliyot ob’ektlari etib tanlangan ta’lim muassasalari bilan zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etadi; Ta’lim muassasalari ma’muriyatini pedagogik amaliyot dasturi va talablari bilan tanishtiradi, amaliyot davomida bajariladigan tadbirlarni kelishib oladi; Malakaviy pedagogik amaliyotning hujjatlari (guruh jurnali, haq to’lash vedomostlari)ni rasmiylashtirish, amaliyotga rahbarlik qilgan barcha pedagogik xodimlarga me’yoriy hujjatlarda belgilangan tarif bo’yicha haq to’lashni nazorat qiladi; O’tkazilgan malakaviy pedagogik amaliyot yuzasidan oliy o’quv yurtining umumiy hisobotini tuzadi va o’quv ishlari bo’yicha prorektorga taqdim etadi; Pedagogik amaliyotning boshlanishi va yakunida ta’lim muassasasi rahbari ishtirokida yig’ilishlar tashkil etadi. Amaliyotchilarning amaliyot davomida bajargan ishlari yuzasidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, ularni yakunlaydi va ta’lim muassasasidan amaliyotga jalb qilingan pedagoglar, pedagogika va psixologiya o’qituvchilari bilan hamkorlikda amaliyotchilarni baholash mezoniga muvofiq baholanishini amalga oshiradi; Pedagogika, psixologiya o’qituvchilari va ixtisos metodistlari bilan hamkorlikda amaliyot davrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va dastur talablariga muvofiq talabalarning shaxsiy rejalarini tuzishda bevosita yordam uyushtiradi; Mutaxassislik bo’yicha o’quv dasturlari va taqvim-rejalariga asosan talabalarning amaliyot davomida o’tkaziladigan dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlari, sinf rahbari sifatida o’quvchilar jamoasi bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni talab darajasida o’tkazilishida metodik yordam uyushtiradi; O’tkazilayotgan har bir mashg’ulotlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, o’quvchilarning bilish faoliyatini faolashtirishga imkon beradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishni yo’lga qo’yadi va tegishli maslaxatlar beradi. Har bir mashg’ulotning reja va matnini ko’rib chiqadi va tsadiqlaydi. Mazkur mashg’ulotlarning talabalar tomonidan kuzatilishi, tahlil qilinishi va muhokama etilishini ta’minlaydi; Talabalar o’tkazadigan dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ishtirok etadi, kuzatadi, tahlil qiladi va muhokamasini uyushtiradi. Guruh rahbari, metodistlar va ta’lim muassasasidan belgilangan pedagoglar bilan hamkorlikda baholaydi; Talabalarning malakaviy bitiruv ishi mavzusiga binoan ilmiy-tadqiqot, tajriba-sinov ishlari o’tkazilishi va natijalarining tahlil qilishda metodik ko’rsatmalar beradi; Yuqorida qayd etilgan barcha ishlarni ta’lim muassasasi tomonidan malakaviy pedagogik amaliyotga biriktirilgan mas’ul rahbar, o’quv fani o’qituvchilari, ishlab-chiqarish ta’limi ustalari, tarbiyachilar bilan birgalikda o’tkazadi; Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling